Атты III халықаралық ғылыми-тәжірибелік конференция жинағЫ


"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD



Pdf көрінісі
бет284/418
Дата24.09.2022
өлшемі8,11 Mb.
#40095
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   418
Байланысты:
III TOM

"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD:
CHALLENGES OF THE XXI CENTURY" 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019
 
274 
qayrag‘och», «Sochim uchi qo‘ngiroq», «Toychog‘im». Ushbu o‘yinlar orqali bolalarda 
tabiatga muhabbat hissi uyg‘onadi.
Xulosa qilib aytganda, Bolani tarbiyalashda tabiatning barcha jabhalarini tanishtirish 
bolalarga estetik zavq berishni asosini tashkil qiladi. Bolalarga tarbiya berishda nafaqat tabiatga 
katta e‘tibor berish,balki boshqa narsalar, masalan, nutq, rivojlanish kabilarni ham e‘tiborga 
olsak, kelajakda buyuk, komil insonlar yetishib chiqishiga bemalol ishonch bildirishimiz 
mumkin. Bu bolalar hayotidagi dastlabki qadam, fundament hisoblanadi. 


"SCIENCE AND EDUCATION IN THE MODERN WORLD:
CHALLENGES OF THE XXI CENTURY" 
NUR-SULTAN, KAZAKHSTAN, JULY 2019
 
275 
УДК: 372.8 
 
BOLALARNI MA’NAN YETUK QILIB SHAKLLANTIRISHDA TABIATNING 
O’RNI 
 Topvoldiyeva Z. 
FarDU talabasi 
Maktabgacha talim muasssalarida bolalarni ma‘naviy etuk, axloqli, pok insonlar qilib 
voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning 
maqsadi, maktabgacha talim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish 
jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik 
ta‘lim-tarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni 
tarbiyalashdir. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish 
usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning 
inson qayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan 
iborat. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan 
tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh 
xususiyatlari, fiziologik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladi. Shu bilan birga turli 
yosh guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, harakter hislatlari, iste‘dodlari 
hisobga olinadi. 
Bola a‘zolarining tuzilishi-oliy nerv sistemasi, ichki a‘zolari, tana tuzilishi, ishlashiga 
qarab hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog‘langan. 
Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz 
bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz. 
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, 
fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib, mustahkamlaydi. 
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi 
tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish hamda boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish, 
hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta‘lim berishning asosiy 
vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va 
mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi. Bolalarda 
mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va hayvonlarni asrash, ularni parvarish 
qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish 
orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. 
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni 
jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin 
emas. Bolalarni har tomonlama rivojlantirish. Ularni barkamol qilib o‘stirish tug‘ilgan kunidan 
boshlab amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonda olib borilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlarning 
bosh maqsadi aynan mana shunga yaratilgan. Ya‘ni o‘sib kelayotgan yosh avlod, mustaqil 
O‘zbekistonimizning kelajagini, taraqqiyotini kafolatlaydi. Mana shu ustuvor yo‘nalishlardan 
kelib chiqqan holda, bolalar bog‘chalarida farzandlarimizga beriladigan har qanday bilim
ularda Vatanga sadoqat o‘z o‘lkasini sevish, Vatan bilan g‘ururlanish ruhini tarbiyalashi lozim. 
Shunday ekan tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat 
bo‘lishi lozim; 
-bolalarni o‘z o‘lkasini sevishga o‘rgatish,
-tabiat bilan tanishtirish orqali bolalarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, 
-bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirish, 
-o‘zining , tengdoshlari va kattalarning mehnatini qadrlashga o‘rgatish, 
-tabiat orqali psixik jarayonlarni rivojlantirish (sezgilar, idrok, xotira, qayol, tasavvur, 
nutq, diqqat), 




Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   418




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет