Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет6/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   328
Key words: paremiology and paremias, jocular paremias, scientific paremias, said 
paremias, advertising paremias, chivalric paremias, fables 
Kalit so`zlar: paremiyalogiya va paremiya, hazil-mutoyiba paremiyalari, ilmiy 
paremiyalar, odob-axloq paremiyalari, savdo-sotiq paremiyalari, ritsarlik 
paremiyalari, masal 
Kirish
Til va adabiyot insoniyatning asrlar davomida erishgan buyuk tajribalari bilan 
yo`g`rilar ekan, shundagina u mazmundor va go`zaldir. Ilk adabiy birliklar ham 
avvalambor xalq og`zaki ijodi ya`ni folklyor bilan chambarchas bog`liqdir. Ushbu 
mustahkam aloqalar adabiyotning rivojlanishi hamda folklyor na`munalarining 
bugungi kungacha o`z mazmun va maqsadini yo`qotmagan holatda, aslicha saqlanib, 
yetib kelishida muhim ahamiyat kasb etdi. Folklyor atamasi avvalambor maqol, 
matal va ibratli hikoyalar tushunchasini eslatishi tabiiy holdir. Folklyor- xalq og`zaki 
ijodi yaratilishi va ijodiy jarayonida ko`pchilikning ishtiroki orqali dunyoga kelgan 
va ma`lum bir xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, urf-odatlari, muqaddas 
tushunchalar va an`analar va ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda shakllanib, 


42 
avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o`tib, uzuq davrlar mobaynida sayqallashib 
brogan. Shu sababdan ham xalq og`zaki ijodining bir qator go`zal namunalarini
qadimgi yozma manbalarda, tarixiy qo`lyozmalarda, qoyatoshlarda, tarixchi va 
yozuvchilarning asarlarida, arxeologiya yodgorliklarida uchratish mumkin. Inson 
nutqining shakllanishi ya`ni tillarning yuzaga kelishi bilan kishilik badiiy 
tafakkurining turli shakllarini o`z ichiga olgan, qadimgi davrlardan to hozirgi 
zamonga qadar odamalarning diniy e`tiqodlari va mifologik qarashlarini, ilk bilim va 
ko`nikmalarining mazmun-mohiyatini o`zida aks ettiradigan folklyor na`munalari, 
xususan, maqol, matal, afsona, rivoyat, hikmatli so`z va iboralar, ibratli voqealar, 
diniy va muqaddas kitoblar mazmunini o`zida jamlagan, hadis va oyatlarning
muborak ma`nolarini anglatuvchi lingvo-didaktik birliklar yuzaga keldi va bugungi 
kunga qadar o`z go`zalligini va mazmunini saqlagan holatda yetib keldi. Yuqoridagi 
folklyor birliklar ichida maqollar o`zining ma`no va mazmundorligi, ta`sir kuchining 
yuqoriligi, eslab qolish uchun osonligi, turli millatlarning madaniyatini o`zida 
mujassam etganligi bilan ahamiyatga molikdir.


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет