Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет66/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   328
Kalit 
so’zlar: 
elektron 
hukumat, 
innovatsiya, 
blokcheyn, 
biznes 
fakultet, 
telekommunikatsiya, aqlli texnologiyalar, elektron xizmatlar, IT texnologiyalar, Alibaba. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va 
sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq 
xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron 
hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash 
O‘zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o‘rin olgan. Bu, 
birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat 
xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-
bosqich 
ravishda 
elektron 
shaklga 
o‘tkazish 
vazifalariga 
tegishlidir. 
Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. Raqamli 
iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar 
tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, 
hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga 
korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, 
shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. 
Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo 
bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan 


209 
Murojaatnomasida 2020 yil — “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
yili” deb e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomani nafaqat joriy yilga qo‘llanma va 
yo‘llanma sifatida, balki yaqin o‘rta muddat uchun O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini 
belgilab beruvchi dastur, fundamental ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat sifatida baholash 
mumkin. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish 
mushkul. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilik” asarida “Bilimsiz kishi mevasiz 
daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!”, deb ilm-ma’rifatning o‘rni 
naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-
ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
masalasi kun tartibiga qo‘yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor 
iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan 
muhim qadam ifodasidir. Ta’kidlash lozimki, so'nggi yillarda iqtisodiyotni 
rivojlantirishda ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalaming ahamiyati oshib bormoqda. 
Eng yangi texnologiyalar ishlab chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini 
oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalari 
va sohalariga kirib borishi bilan an'anaviy yondashuvlar va ish uslublari o'zgaradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo'lishi va tarqalishi 
global iqtisodiyotga shu qadar ta'sir ko'rsatdiki, yangi bir hodisa - raqamli iqtisodiyot 
paydo bo'ldi. Аqlli texnologiyalari ta'siri ostida odamlaming turmush tarzi o'zgara 
boshladi, foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqalar o'zgardi - turli jug'rofiy mintaqalar, 
faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar o'rtasida aloqa o'rnatish imkoniyati paydo 
bo'ldi. Bu raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan axborot aloqalarining jadal o'sishi. 
Raqamli texnologiyalarning ta'siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham 
seziladi. Raqamli iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlaming kombinatsiyasi sifatida 
global iqtisodiyotning tez o'sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi 
tashkil etilgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ba'zi jihatlariga 
o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsatadi, bu asosan ishlaydigan mexanizmlarni - aloqa 
vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli mexanizmlarga 
almashtirish, shuningdek ulami yanada modernizatsiya qilishdan iborat. Raqamli 
iqtisodiyotning o'sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog'liq bo'lgan 


210 
bir qator bozorlaming o'sishi bilan bog'liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi 
bosqichida va bozorlaming hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad 
sifatida emas, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko'rib 
chiqish kerak. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va 
boshqaruv mexanizmlarini o'zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o'zgartirish 
zarurligini ta'kidlaydi. 
Yaqin yillarda O'zbekiston iqtisodiyoti tub o'zgarishlarga uchradi. Iqtisodiyot 
ochiq, jadal, innovatsion rivojlanishga aylandi. Biroq, tan olish kerakki, jahon 
iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik taraqqiyot sharoitida O'zbekistonning 
keyingi iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan tasavvur qilish 
qiyin. Afsuski, Respublikada bu sohada ikkita katta muammo mavjud: 
telekommunikatsiya 
infratuzilmasi 
va 
mutaxassislarning 
yetishmasligi. 
Bu 
Respublikamiz iqtisodiyotining raqamli aylanishiga jiddiy to'sqinlik qilishi va natijada 
raqamli iqtisodiyot sohasidagi sustlashishi mumkin.
• Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlami yaratish, 
shuningdek, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-
tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 3 iyuldagi PQ - 3832-sonli Farmoni.
• O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish 
maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modemizatsiya qilish chora-tadbirlari 
to'g'risida» 2018 yil 21 noyabrdagi PQ - 4022-son qarori.
• O’zbekiston O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.03 yildagi PQ-3832- 
sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari 
to'g'risida» 
hamda 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan holda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lgan blokcheyn texnologiyalarini 
ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishi bo'yicha 
Harakatlar strategiyasining maqsadlariga muvofiq quyidagilar qabul qilindi:
• An'anaviy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirishda muvaffaqiyatga erishish 
uchun malakali kadrlar tayyorlashsiz muammoli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shuning 
uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sh.M. Mirziyoyevning 


211 
2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli Qarori asosida Toshkent davlat iqtisodiyot 
universitetida bakalavrlarni tayyorlash uchun raqamli iqtisodiyot fakulteti ochildi va 
Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti negizida raqamli 
iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha magistratura ochildi. 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 5 oktyabr kuni “Raqamli O‘zbekiston – 
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, unda ko’ra quyidagilar tasdiqlandi: 
• “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha 
“yo‘l xaritasi”; 
• 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish 
dasturlari. 
Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish 
dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli 
sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy 
mahsulotlar joriy etiladi. 
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin: 
a)Raqamli 
iqtisodiyot 
deganda, 
faqatgina 
Blokcheyn 
(Blockchain) 
texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki 
kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, 
kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot 
(Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib 
boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish 
vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar 
elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, 
ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va 
xizmatlarning tannarxi pasayadi.Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli 
tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning 
naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko‘rsatadi. Xususan, internet tezligining 
10 foizga o‘sishi mamlakat YaIM o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu 
ko‘rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. 


212 
Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo‘lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga 
erishish mumkin. 
b)Raqamli iqtisodiyotning eng faol drayveri – bu davlatdir. U raqamli 
iqtisodiyotning asosiy buyurtmachisi va iste'molchisidir. Masalan, Xitoy bu maqsadlar 
uchun 9 mlrd dollar atrofida mablag‘ sarflagan. Bozor kapitalizatsiyasi 210 mlrd 
dollardan ziyod bo‘lgan Alibaba internet resursi ushbu sarmoyalarning to‘g‘ri 
yo‘naltirilganini isbotladi. 
Xulosa o’rinida aytish mumkinki,
Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‘zbekiston 
iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlash bilan birga, aholi ilmini, 
qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro 
maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‘zbekistonni demokratik, 
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shishdan iboratdir.Bu inqilobiy 
yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning turmush darajasini 
oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida qarash — haqiqiy 
xalqparvar yetakchiga xosdir.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет