749
ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va
izlanishga majbur etilishi;
- o’quvchilarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ta‘minlanishi;
- o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy
yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagog va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil
etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba‘zi
o’qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya -
faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur
bo’lgan o’qitishning texnik vositatlari, kompyuter, proektor yoki boshqa texnik
vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi -
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish
jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir
ta‘lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta
olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar mustaqil
fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga,
guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu - o’qitish jarayonining
asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi
bor o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit
jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib
chiqqan holda bir maqsadga
yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga
qaratilgan pedagogik jarayondir.
750
Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishishi o’qituvchi
va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun,
uslub, shakl, vositaga, ya‘ni texnologiyaga bog’liq.
Достарыңызбен бөлісу: