Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет308/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar 
1.Inklyuziv sinflarda o‘quvchilar extiyojlarini anglash va u ehtiyojlarni qondirish. 
Inklyuziv Ta’lim. Asosiy Ta’lim bo‘limi 75252 Paris 07. SP Franse 
2. Farg‘ona shaxar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 
Respublika kasb-hunar kolleji “Imkoniyati imkoniyati cheklangan shaxslar uchun 
ijtimoiy ish” uslubiy ko‘rsatma. Farg‘ona-2014y 
3. https://nsportal.ru/npo-spo/informatika-i-vychislitelnaya ekhnika/ library/ 2018/ 
07/26/obuchenie-lits-s-ogranichennymi 
4.https://nsportal.ru/download/#https://nsportal.ru/sites/default/files/2018/07/26/dokla
d_obuchenie_ovz_na_urokah_informatiki_2017_dlya_interneta.doc 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


926 
ФИО автора: Umirzaqova Xatichaxon Qo‘chqarovna,
Andijon viloyati Paxtaobod tumani
34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi 
Название публикации: «TA’LIM TIZIMINIDA ONA TILI FANINING 
AHAMIYATI» 
Annotatsiya: Maqolada ona tili fanining o‘qitilishida amaliy mashg'ulotlarning 
o‘rni va o‘quvchilarni ingliz tili va o‘zbek tilini o‘rganishdagi tafovut hamda ona tili 
faniga qiziqishni inobatga olish dolzarbligi haqida bayon etilgan
Kalit so‘zlar: PISA, kommunikativ, ko‘nikma, fanlararo, o‘zga tillar.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib 
o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy, 
ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib 
keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta 
o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan 
va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada 
rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy 
metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan 
berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik 
texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub 
burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va 
metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi - 
o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham 
o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi. Hozirgi kunda ta'lim 
tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak 
bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega 
bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda 
qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta 
o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim.


927 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi farmoniga 
muvofiq, Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va 
unda bir qancha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar 
belgilandi. Misol tariqasida shuni ta'kidlash joizki, 2030- yilga borib o‘quvchilar 
bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi 
yetakchi mamlakatlar qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun 
esa pedagoglar, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilgan vazifalar 
talaygina: o‘zbek tilining nufuzi, jahondagi o‘rni, boshqa tillar bilan bemalol bellasha 
oladigan qirralarini ko‘rsata olishi asosiy vazifadir. Avvalo, o‘quvchini ona tili faniga 
qiziqtirish, unda fanga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, ona tilining biz bilmagan sir 
- sinoatlarini ochishga o‘rgatish va, eng muhimi, amalda bajarish kerak. Shu bilan 
birga, Respublikamiz Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Erkin va farovon demokratik 
O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asari va "Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi" dan kelib chiqqan holda, bugungi kunda ona tili fanini o‘qitishda turli 
zamonaviy metod va usullardan foydalanish, foydalanilayotgan metod va usullarning 
o‘quvchilarga qay darajada samara berayotganini aniqlash hozirgi kunda muhim 
dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ona tili fanini o‘qitishdan maqsad - o‘quvchilarda 
mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyati, fikr mahsulini og'zaki hamda yozma shakllarda 
to‘g'ri va ravon ifodalay olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Afsuski, hozirgi 
kunda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati, adabiy til me'yoriga amal qilish va, 
eng asosiysi, fanga bo‘lgan qiziqish susayib bormoqda hamda buni inkor qilib 
bo‘lmaydi. Oxirgi yillarda ingliz, rus tillarini o‘rganishga bo‘lgan talab juda kuchli, bu, 
albatta, tobora jadal rivojlanib borayotgan jamiyat bilan bog'liq.
Til bilgan yaxshi, ammo o‘z ona tilisini mukammal bilmay turib boshqa tillarga 
mehr bilan qarash o‘zbek tilining nufuzini yanada pasayishiga olib kelyapti, nazarimda. 
O‘zbek xonadonlarining farzandini rus tili o‘rgatiladigan sinf yoki maktablarga qo‘yib 
bolani til o‘rganish bilan bog'liq muammoga duch qilishyapti. Bola nutqida turli xil 
tildan foydalanish kuzatilyapti. O‘zga tillarni o‘rganib boshqa millat urf - odatlarini 
egallashga bo‘lgan ishtiyoq, taqlid qilish kabilar kuchaymoqda. Pedagoglardan 
birinchi navbatda ona tilimizning jahondagi o‘rnini, nufuzini o‘quvchiga chuqur, juda 


928 
chuqur singdirib, mehr uyg'otib, sir - sinoatini o‘rgatib, boshqa tillar bilan bellasha 
oladigan qirralarini ko‘rsatib undan keyin o‘zga tillarni egallashdagi ehtiyoj nimadan 
iborat ekanligini tushuntira olish talab qilinadi. O‘quvchi yangilikka intiluvchan 
bo‘ladi. Har qanday fanni fanlararo bog'lab o‘rgatish maqsadga muvofiq. O‘quvchini 
fanga qiziqtirish, avvalo, pedagogning bilimi, malakasi bo‘lsa, undan keyin dars 
jarayonida qo‘llay oladigan zamonaviy metod va innavatsion texnologiyalardir. Ona 
tili fani o‘quvchi-yoshlar bilimining asosiy poydevorini tashkil etish bilan birga 
ularning nutq boyligini ta’minlashda ham muhum o‘rin egallaydi. Shiddat bilan 
rivojlanib borayotgan zamonda maktablarda ona tili va adabiyot fanining 
chuqurlashtirib o‘tilishini, sifatli dars mashg’ulotlari olib borilishini, fanlararo 
bog’lanishlarni kengroq ta’minlashga alohida ahamiyat berilishini talab etmoqda. 
Shunday ekan maktablarda o‘quvchi-yoshlar qiziqishi, fanga moyilligi asosiy 
masaladir. Kelajak yoshlarimiz qiziqishlarini to‘g'ri yo‘naltirish va amalaiyotga 
moslashtirish har bir pedagogning oldidagi mas’uliyatli vazifadir. Bilim beramiz, 
o‘quvchi test ishlay oladi va nazariy savollarga ham javob beradi, ammo amaliy bajarib 
berishga kelganida hatto texnik qoidalarini ham nazariy bayon etadi, amaliy bajara 
olmasligi isbotlangan. Ayniqsa, ona tili darsligidagi keyingi yillar bir qancha tanqidga 
uchrab tog'irlanib borilayotgan kamchiliklar o‘quvchining chalg'ishiga olib kelmoqda. 
Ingliz tilidagi barcha darslik-qo‘llanmalar esa suratlar, turli usul va metodlar bilan til 
o‘rganishning yengil usuli orqali o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. Har bir nazariy qoida 
amalda bajarilib ko‘rsatiladi. Bu har qanday o‘quvchini o‘ziga jalb qiladi va barcha 
darsliklarni suratlar bilan bezatilgan holda mavzuga doir metodlarga moslab chiqarilsa, 
maqsadga muvofiq bo‘lardi. Fanlarning o‘qitilishiga ijobiy ta’sirlar ko‘rsatish uchun 
metodlarning o‘rni juda katta. Hozirgi davrda ona tili fani bo‘yicha o‘quv dastur va 
rejalarni yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda.Maktab va akademik litsey til ta’limi jarayoni bugungi 
kunda birinchi navbatda kommunikativ yondashuv xususiyatlarini o‘zida aks 
ettirmog‘i darkor. Kommunikativ yondashuvga ko‘ra nutq muayyan nutqiy maqsadni 
ro‘yobga chiqarish, kimgadir axborot berib, kimdandir axborot olish, kim bilandir fikr 
almashish asosida harakatga keltiriladi. Buning uchun yoshlar nutq o‘stirish mashqlari 


929 
mobaynida muloqot madaniyatini o‘zlashtirishlari, suhbatdoshiga ta’sir ko‘rsatish 
layoqatini egallashlari lozim. Shuningdek, ushbu yondashuvning talabiga ko‘ra maktab 
va akademik litseyning o‘quvchilari ona tilini muomala-aralashuv taqozo etadigan, 
axborot olish ehtiyoji talab qiladigan darajada o‘rganishi va egallashi zarur, qolaversa, 
shu tilning chinakam sohibiga aylanishlari daralmas ommunikativ yondashuvning 
mazmun-mohiyati rus tili o‘qitish metodikasida yetarlicha o‘rganilgan. Keyingi 
paytlarda bosqichma - bosqich rivojlanib borayotgan ta'lim sohasida aynan ona tili 
fanining oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad o‘quvchi nutqini o‘stirishdan iborat. Aynan 
darsliklar ham so‘z boyligini oshirish bilan bog'liq turli mashq va topshiriqlarga urg'u 
bergan holda yaratilmoqda. Ya'ni so‘zlarning shakl va ma'no munosabati, iboralar 
ma'nodoshligi, o‘xshashligi, zid ma'noliligi, arxaik va tarixiy so‘zlarning qo‘llanilishi, 
matn ustida ishlash kabi mavzular rangbarangligidan iborat.
Ammo aksariyat o‘quvchilar bunday so‘zlarni nutqini o‘stirish maqsadida emas, 
test jarayoniga tayyorlanish uchungina ko‘r - ko‘rona yodlab olmoqda,xolos. 
O‘quvchilar nutqiga e'tibor bersak, ularda ko‘p hollarda parazit so‘zlarning 
ishlatilishini kuzatish mumkin, ya'ni haligi, nima edi, ok, good bay... va hokazo kabi. 
Darslikda keltirilayotgan ibora - yu nutqqa oid turli so‘zlarning gap tarkibida qanday 
holda, qay maqsadda ishlatilishini tasavvur ham qila olmaydi. O‘quvchi nutqini 
o‘stiradigan holatlarning birinchisi, so‘z boyligining ko‘pligi bo‘lsa, keyingisi shu 
so‘zlarni gap tarkibida o‘z o‘rnida qo‘llab ravon, to‘g'ri nutqni shakllantirishdir. 
Masalan, ona tili darslarida turli metodlardan:"Aqliy hujum "," FSMU", "Baliq 
skeleti", "Sarlavha bizdan, matni sizdan "va hokazolardan foydalaniladi hamda ayrim 
hollarda kutilgan natijaga erishish mumkin. Bu metodlarning ayrimlari qo‘llanilganda 
bir muddat o‘quvchi o‘ylashi uchun vaqt ham ajratiladi, ammo bu usullarning bari 
o‘quvchi nutqini to‘la shakllantirib bera olmasligi mumkin.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет