265
Chunonchi, “Monolog” hikoyasida shoir Akbar
Maxsumov tilidan butun bir
davr va ayni o`sha zamondagi jurnalistika-yu huquqshunoslik sohasida
ishlaganlarning antiqa qismlarini juda “qiziqarli” tasvirlangan. Huquqshunoslik
sohasida qavm-u qarindoshlari bilan katta-katta mansablarni “ishg`ol” etgan
Dadavoy so`tning oilasidan chiqib shoir nigohi bilan so`nggi ellik-oltmish yil
mobaynida yuz bergan voqealar, o`sha davrdagi jurnalistikaning ahvoli, huquq
posponlarining qiyofalari, ko`z o`ngimizda qayta-qayta jonlangandek bo`laveradi.
Bu hikoyani bo`lg`usi jurnalistlar-u ayrim “erkin ijodkor”man deb yurganlar
uchun o`ziga xos ajib saboq, degimiz keladi.
Sotsiolog Habibulla Shoumarov tilidan hikoya qilingan “Uy sotiladi” sarlavhali
hikoyada ayrim qishloq odamlarining ayanchli-roq turmush tarsi juda haqqoniy
tasvirlangan. Ya’ni azim shaharlar, yangi shaharlar va eski shaharlar degan
qismlarga bo`lingani kabi bir qishloqqa tutash Tatar mahallasidagi ajib manzaraga
havas bilan qaraysiz. Xayolan uni qishloqdagi holat bilan qiyoslaysiz. Ya’ni
“boshqa qing`ir - qiyshiq, tang-u tor ko`chalardan farqli ravishda uning hududida
hech vaqt tappi-tezak parchalari sochilib, pichan - somon to`zib, eshik oldiga
bog`langan mol - hollarni pashsha talab yotmas edi”.
Bir o`rinda “yo’llari ravon, ko`chalari charog’on, odamlari farovon bo’lgan
Tatar mahallasida yashashni orzu qilmagan o`zbek yo`q edi qishlog`imizda” degan
gap dilimizdagi orzularga payvasta bo`lib ketadi go`yo. 90-yillarda Qrimga ko`chib
ketgan “tatarlarning uylarini sotib olgan baraka topgur hamqishloqlarim ko`z
ochib yumguncha bu yerlarni ham qishloqning boshqa xarob ko`chalari qatoriga
tushurib” qo`yganini o`qib, ko`ksingning allaqayerida nimadir chirt uzilgandek
bo`ladi. Eng qizig`i shundaki, xuddi shunga o`xshash qator voqea-hodisalar juda
ko`p qishloqlarda yuz berganiga o`sha davr odamlari shohiddir. Ushbu birgina
hikoya orqali Xayriddin Sulton oddiy bir Tatar qishlog`i misolida o`sha davr
ijtimoiy tuzumini, odamlarning og`ir va mashaqqatli hayotini hamda shu kabi
qator ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotni o`z hikoyalari orqali haqqoniy va
ro`yirost ochib bera olgan. Bu hayotiy hikoyalar adib O`tkir Hoshimov iborasi
bilan aytganda, asar quvvati bilan yozilgan baayni haqiqatdir.
266
Xoh, bir kichik hikoya bo’lsin, xoh, katta roman barcha asarlarni tahlil
qilishda , albatta , davr ruhidan kelib chiqib yondashish kerak. Chunki qo’lingizdagi
asarda o’sha davr muhiti, yutuq va kamchiliklari, insonlarining qalb kechinmalari
hamda hayotiy orzulari aks ettirilgan bo’ladi. Istiqlol davriga kelib xalq hayotini
turg’unlik ma’lum
bir darajada tark etib, o’z o’rnini sezilarli ravishda rivojlanishga
bo’shatib berdi. Insonlar hayotida o’qish, intilish, tadbirkorlik kabi tushunchalar
asosiy o’rinni egallay boshladi. Shubhasiz, bu quvonarli hol. “Guruch kurmaksiz
bo’lmaydi” deganlaridek, jamiyatimizda katta bir mavqega ega bo’lgan, ammo
ma’lum bir marrani zabt etgandan so’ng, asli kelib chiqishini unutgan, insoniylikdan
yiroq insonlar ham yo’q emas. Bu kabi insonlarni hayoti davomida topganlaridan,
yo’qotgan narsalari ortiqroq ekanligini biz kitobxonlarga uqtirish uchun, “inson
ruhining muhandislari”
32
shu davrdagi oddiy inson, xalq obrazidan unumli ravishda
foydalanadilar. Ushbu obraz asarlarda asosan odamiylikni, asl insonlarga xos
bo’lgan ma’naviyatni bayroq qilib ko’targan holda tasvirlan-moqda. “Marks odamni
olijanob qilmoq uchun yashayotgan jamiyatni insoniy qilib qayta qurish lozimligini
aytgan bo’lsa, endilikda odamni yaxshilamay turib, jamiyatni yaxshi qilish mumkin
emasligi ayon bo’ldi. Yoki shoir aytmoqchi, “Odam tuzalmasa, olam tuzalmas”. Bu
shunchaki hikmatomus gap emas. Komillik yo’liga kirgan chin inson har qanday
bo’g’iq muhitda ham o’ziga gard yuqtirmay pokligicha qola bilishi lozim”.
33
Adabiyotshunos Abdug‘afur Rasulov esa 80-yillar hikoyachiligi to‘g‘risida fikr
yuritar ekan, O‘.Hoshimov, Sh.Xolmirzaev, O‘.Usmonov, S.Nurov, A.Ibodinov,
X.Sulton kabi yozuvchilarning hikoyachilikdagi izlanishlari samarali bo‘lganini qayd
etadi. Olim bu davr hikoyachiligida ko‘zga tashlangan ayrim kamchiliklar,
shuningdek, yutuqlarni ham ko‘rsatib o‘tadi : «
Yoshlar hikoyalarida samimiy,
Достарыңызбен бөлісу: