219
texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba
asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda
3, 9
.
Mazkur maqolada ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan ayrim unterfaol
metodlarni matematika fanini o‘qitishda qo‘llash borasida so‘z yuritamiz.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda ma’lumotlarni
tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash, muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish
va rejalashtirish usul va vositalari hisoblangan grafik organayzerlardan foydalanish
maqsadga mufoviq. Ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va
vositalariga “Venn diagrammasi”, “T-jadval” kabi, muammoni aniqlash, uni hal etish,
tahlil qilish va rejalashtirish usul va vositalariga “Nima uchun?”, “Baliq skeleti”,
“Nilufar guli” sxemalari kabi interfaol metodlar kiradi.
Masalan “Venn diagrammasi” metodi yordamida to‘g‘ri to‘rtburchak va
parallelogrammning o‘ziga xos va umumiy tomonlarini ko‘rsatish mumkin:
Достарыңызбен бөлісу: