Мулло Олим Махмуд Хожа. Тарихи Туркистон



бет3/6
Дата11.02.2022
өлшемі28,4 Kb.
#25284
1   2   3   4   5   6
2-masala

Norbo’tabek vafotidan so’ng taxtga o’tirgan Olimxon (1798—1810) hukmronligi yillarida Qo’qon xonligining siyosiy mavqei ancha oshdi. Olimbiy dastlab harbiy islohotlar o’tkazib, qo’shinni ancha kuchaytirdi. Harbiy yurishlar qilib, Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o’ziga bo’ysundirdi. Bu hududlarni qo’lga kiritgach, Qo’qon xonligi bevosita Rossiya bilan tashqi savdo aloqalari uchun yo’l ochildi. Qo’qon xonligi kuchayib borishi bilan uning siyosiy maqomi ham o’zgardi. Dastlabki vaqtlarda «biy» yoki «bek» unvonlarida davlatni boshqargan Qo’qon hukmdorlari 1805 yilda Olimxon tomonidan joriy etilgan «xon» unvoni bilan yuritiladigan bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab Olimxon «xon» deb e’lon qilindi va davlat ham Qo’qon xonligi deb yuritiladigan bo’ldi. Markaziy hokimiyatni kuchaytirishga bo’lgan intilishi yo’lida Olimxon birqancha yirik amaldorlar va xon xonadoniga mansub kishilarni qatl qildirdi, xon hokimiyatning cheksizligini ta’minladi. Bu esa xondan norozi bo’lgan amaldorlar va beklarning Olimxondan noroziligi ortishiga olib keldi. Olimxonga «Zolimxon» degan laqab berildi. Olimxon o’z ukasi Rustambekni va bir qancha dinpeshvolarini o’ldirib yuborgach, undan norozi bo’lgan kishilarning soni yanada ortdi, manbalarda ta’kidlanishicha, bu odamlarga xonning ukasi Umarbek boshchilik qilgan.

1810 yilda Olimxon o’tli Shohruxxon bilan Toshkentga qaytayotgan vaqtda Oltiqush mavzesida andijonlik Qambarmirzo tomonidan otib o’ldiriladi va taxtni ukasi Umarbek egallaydi.

O’zini «amir» deb atagan Umarxo ndavlat tepasiga kelgach, mamlakatda ko’plab g’alayonlar va isyonlar avj oldi. Chimkent va Turkistonda g’alayonlar ko’tarildi. O’ratepa hokimi unga bo’ysunishdan bosh tortdi.

Ammo davlatni boshqarishda katta ta’sirga ega bo’lgan din peshvolari va harbiy sarkardalar bilan ittifoq bo’lib ish tutgan Umarxon bu g’alayonlarni bostirib, xonlik hududlarini bo’linib ketishdan saqlab qoldi.



1818 yilda Qo’qonda katta jome masjidi qurish haqida farmon berib, Umarxon din homiysi sifatida ham o’z mavqeini oshirib yubordi va «Amir ul —muslimin» unvonini ham qo’lga kiritdi va amalda diniy va dunyoviy hokimiyat egasi bo’lib qoldi. Amir Umarxon Toshkentga ham yurish qildi va uni egasi bo’lib qoldi. Amir Umarxon Toshkentga ham yurish qildi va uni egallab (1811). Lashkar qushbegini shaharga hokim etib tayinladi va Rajabqushbegini Turkistonga jo’natdi. Turkiston egallangach, unga Shayx Bedildodxohni hokim etib tayinladi. Amir Haydarga qarshi Jizzax uchun olib borilgan kurashlar Umarxonga muvaffaqiyat keltirmadi. Umarxon davrida Qo’qon xonligida adabiyot va she’riyat ancha yuksaldi, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilandi.

«Jannatmakon» nomini olgan Amir Umarxon 1822 yilda kasallanib vafot etdi va taxtni o’g’li Muhammad Alixon egalladi. Madalixon davrida (1822—1842) Qo’qon xonligi iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha yuksaldi va bir qancha hududlarni, jumladan, Dorboz, Qorategin, Qulob kabij oylarni qo’lga kiritdi. 1826—1831 yillarda Qashg’arda xitoyliklarga qarshi kurash olib bordi va halq unga «G’ozi» laqabini berdi.

Madalixon davrida Buxoro amirligi bilan ham tez — tez to’qnashuvlar bo’lib turdi. Bu urushlarning hammasi mehnatkash halq zimmasiga yangis oliqlar solinishi va aholi turmushining og’irlashuviga olib keldi. Halq g’alayonlari kuchaydi. Hukmronligining so’nggi yillarida davlat ishlariga e’tiborini susaytirgan Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar unga qarshi fitna tayyorlaydilar. Davlat boshqarishda katta tajribaga ega bo’lgan va xonning yaqin maslahatchisi Mingboshi haqqulining o’ldirilishi ularga yanada qo’l keldi. Fitnaga bosh qo’shgan QoziKalon Toshkent hokimi va boshqalar Madalini taxtdan ag’darib tashlamoqchi bo’ldilar. Ular Buxoro amiri Nasrulloga elchi yuborib, o’z niyatlarini amalga oshirishda undan yordam so’radilar. 1842 yil aprelda katta qo’shin bilan Qo’qonga bosib kelgan Nasrullo shahar yaqinida joylashdi.

O’ziga qarshi norozolikning kuchayib borishidan havfsiragan Madalixon 1841 yil noyabrь oyida ukasi Sulton Maxmud foydasiga taxtdan voz kechgan bo’lsada, sulh so’rab Nasrullo huzuriga elchi yuboradi. Biroq uning barcha takliflari rad etiladi va Madalixon oilasini va o’zigas odiq ming kishini hamda xazinani olib, Namangan tomonga qochadi. Biroq ular Amir Nasrullo farmoni bilan tutib keltiriladi va Madalixon, uni onasi Nodirabegim, Sulton Maxmudxonlar qatl etiladi. Qo’qonda 12 kun turgan amir Nasrullo bu yerda Ibrohim dodxohni qoldirib o’zi Buxoroga qaytadi.

Ibrohim dodxohning shahar aholisiga zulmni – haddan oshirib yuborganligi bois, 3 oy o’tgach unga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi va Ibrohim dodxoh va uning ukasi Isxoq Xo’jand orqali Buxoroga qochadi. Qo’zgolonchilar tomonidan Sheralixon Qo’qon xoni deb e’lon qilinadi.

1842 yil kuzida Nasrullo Qo’qonni egallash maqsadida katta qo’shin bilan Qo’qonga keladi. Qo’qonliklar unga qarshi qattiq qarshilik ko’rsatadilar va qamal cho’zilib ketadi. Bu orada esa Xiva xonligi lashkarlarining Buxoro amirligi hududlariga hujum haqida habar keladi va Nasrullo qamalni to’xtatib ortga qaytishga majbur bo’ladi.



Qo’qonni himoya qilishda katta jonbozlik ko’rsatgan Musulmonqul qipchoq mingboshi unvoniga sazovor bo’ladi. Davlat boshqaruvida asta — sekin qipchoqlarning mavqei ortib boradi, 1845 yilgacha xonlikda biroz tinchlik hukm suradi.

1845 yil yozida Murodbek Sheralini taxtdan tushirish maqsadida Buxoro amiri qo’shinlari yordamida Qo’qonga bostirib keladi. Musulmonqulning shaharda yo’qligi sababli Murodbek Sheralixonni o’ldirib, taxtni egallaydi va o’zini Buxoroning vassali deb e’lon qiladi. Bundan habar topgan Musulmonqul darhol qo’shin bilan keladi va bor — yo’g’i 8 kun taxtda o’tiradi Murodbekni taxtdan tushirib, qatlqiladi.

Taxtga SHeralixonning 13 yoshli o’tli Xudoyorxon o’tkaziladi va hokimiyat amalda Musulmonqul qipchoq qo’liga o’tib qoladi. Bu holat 1850 yilning oxirigacha davom etdi. Musulmonqulning cheksiz hokimiyat egasi bo’lib qolganligi
va qipchoqlarning mavqei oshganidan norozi bo’lgan amaldorlar birlashib, Musulmonqulga qarshi kurashlarga tayyorlana boshladilar, 1852 yil xazinani talon —taroj qilishda ayblangan dasturxonchi va risolachi Toshkentga qochib ketganligi uchun 40 ming kishilik qo’shin bilan Toshkentga yurish muvaffaqiyatsiz tugadi.

1852 yilning iyunь oyida Musulmonqul yana 30 ming kishilik qo’shin bilan Toshkentga yurish qiladi. Lekin shu vaqt Xudoyorxon Chirchiq bo’yida jang bo’layotgan vaqtda Toshkentlar tomonta o’tib ketadi. Musulmonkul tor —mor etiladi. Kuz oyilarida butun qipchoqlarga qarshi qirg’in boshlanib ketadi. 1853 yil kuzida esa Musulmonqulning o’zi tutib olinadi va Qo’qonda dorga osiladi. Xudoyorxon o’z hokimiyatini mustahkamlaydi.

Bu vaqtda esa tashqi dushman Rossiya imperiyasi Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytira boshlagan edi.



Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет