Key words:
literature, modernity, enlightenment, enlightenment, madarsa,
school. education, upbringing, newspaper, freedom, theater, development.
XVI asrdan boshlangan inqiroz va turgʻunlik, oʻzaro janjal, mahalliy urugʻchilik
nizolari millatni holdan toydirgan, imkondan foydalanib oʻlkani zabt etgan Rusiya zoʻr
berib, uni turgʻun va tutqun saqlashga urinardi. Mana shunday bir sharoitda Vatanni
butunlay yoʻq boʻlish xavfidan saqlab qolish, avlodlarni erk va ozodlik, mustaqillik
ruhida tarbiyalash, maʼrifat va taraqqiyotta boshlash jadidlar nomi bilan tarixga kirgan
маърифатпарварлар boshliq fidoyilar zimmasiga tushdi.
Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar,
keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari,
birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada
qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar.
Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Bu vaqtga kelib mahalliy
aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari
bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori
boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy
adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy
nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar
boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi.
Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha
tabaqalari — hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi.
Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish —
siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday
tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.
Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy
bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1723
vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning
Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi
usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga
yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop
qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy
demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan
taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
1904—1905-yillardagi rus-yapon urushi, 1905—1907-yillarda boʻlgan 1-rus
inqilobi, 1905—1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908-yil Turkiyada boʻlgan Yosh
turklar
inqilobi jadidlar
dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar
oʻz gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar,
havaskor teatr truppalari tevaragida toʻplanishar edi. Ularning koʻpchiligi shu davrning
koʻzga koʻringan ijodkorlari — shoir-u yozuvchilar edi. Ular oʻz asarlari bilan tarixan
yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-
yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning markaziy mavzuiga aylandi.
Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat
kuchaydi.
Yangi
zamonaviy
dostonchilik
maydonga
keldi, publitsistika rivojlandi, realistik proza shakllandi. Shuning uchun ham bu davr
adabiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan
keyin milliy
uygʻonish
davri
oʻzbek
adabiyoti deb davrlashtirildi.
Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham
roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi.
Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila
boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek
anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-
yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da
jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar)
boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish,
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1724
sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. “Oʻzbekiston Respublikasi”
maxsus jildining tegishli boʻlimlariga adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning
aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni
oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli
va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy,
Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul
maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.
Jadidchilik
harakati
davomida
ularning
oʻz matbuoti shakllandi.
Jadidlar Toshkentda 1905—1906-yillarda “Taraqqiy”, “Xurshid”, 1907—1908-
yillarda “Shuhrat”, “Osiyo”, “Tujjor”, Buxoroda 1912-yilda “Buxoroyi sharif”,
“Turon”, Samarqandda 1913-yilda
“Samarqand”,
Toshkentda
“Sadoyi
Turkiston”, Qoʻqonda “Sadoyi Fargʻona” gazetalari va Samarqandda 1913—1915-
yillarda “Oyina”, Toshkentda 1915-yil “Al-isloh jurnallarini nashr qilishdi.
Shuningdek, 1917—1918-yillarda Toshkentda “Najot”, “Kengash”, “Turon”, “Ulugʻ
Turkiston”, “Shuroy Islom”, “Turk soʻzi”, “Turk eli”, Samarqandda “Hurriyat”,
Qoʻqonda “Tirik soʻz”, “El bayrogʻi” gazetalari va “Kengash”, “Yurt” jurnallari chop
qilindi.
Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay,
qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909-
yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy
yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar
tayyorlash, kambagʻal musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi
qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan
tadbirlar edi.
Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906—1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini
belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar
ekan, oʻzligini anglab, uyushishga chaqirdi.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1725
Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni “har vaqt gʻaflat
uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi” ekanligini namoyon etish bilan birga
Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi.
Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va
pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni
qoʻlga kiritishdi.
Mustaqillik
yillarida
Fitrat, Choʻlpon, Abdulla
Avloniyning 2
jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy ondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1
jildli,
shuningdek, Fayzulla
Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz
hoji
Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan
“Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari” (Toshkent, 1999)
albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.
1999-yil
16-18-sentabrda Toshkentda “Markaziy
Osiyo
20-asr
boshida:
islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik,
Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)” mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib,
unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston
va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik
harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan
oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati
jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ahmedov,
Sirojiddin;
Rajabov,
Qahramon
(2000-2005).
"Jadidchilik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi.
2.
Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, Toshkent, 2001;
3.
Markaziy Osiyo XX asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va
mustaqillik uchun kurash, Toshkent, 2001.
Достарыңызбен бөлісу: |