Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет322/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


979 
ФИО авторов: Buxoro tumani 6-maktabning boshlang’ich ta’lim fani o’qituvchilari: 
Jalilova Gulshod 
Jalilova Hamida 
Название публикации: «ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI FANINING 
O‘QITILISHDA 
INTEGRATIV 
YONDASHUVNING 
ILMIY-METODIK 
ASOSLARI» 
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda mustaqil respublikamizda ta’lim sohasi o‘ziga xos rivojlanish davrini 
boshdan kechirmoqda. Bu o‘ziga xoslik, eng avvalo, ta’lim-tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya’ni 
o‘zimizning juda boy o‘tmishimiz tariximiz, madaniyatimiz, fanimiz, tilimizda o‘z mohiyati bilan yuksak 
insoniy-axloqiy mazmuniga ega bo‘lgan jarayonda yosh avlodni o‘qitishga baxtiga muyassar bo‘ldik. 
Davrimizning hayotiy ehtiyojlari maktablarda ta’lim-tarbiya ishlari darajasini yuqori bosqichga kо‘tarishni, 
har tomonlama puxta bilim olgan, fan va texnika asoslari bilan qurollangan kelajak avlodni tarbiyalab 
voyaga yetkazishni talab qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va 
ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat'iy amalga 
oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat'iyat bilan 
harakat qilishimiz zarur”1 deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Negaki, taraqqiyotga erishishda mamlakat jtimoiy 
tizmining barcha sohalari faol bo‘lmoqliklari shart. 
Mavzuning o‘rganilishi. Ona tili darslarining metodik jihatlari ko‘plab metodist olimlar tomonidan tadqiq 
etilgan. Xususan, A.G‘ulomov4 , H.Ne’matov, B.Ziyomuhammadov5 , B.Abdullayeva6 singari olimlarning 
ishlarida fanlararo integratsiyaning ona tili ta’limidagi o‘rni xususida qimmatli fikrlar uchraydi. Til ta’limiga 
integrativ yondashuv xususida pedagoglar U.Musayev7 , D. Yo‘ldosheva8 larning ilmiy izlanishlaridan ham 
ma’lumotlar olish mumkin. Ona tili darslarini adabiyot darslari bilan badiiy matn orqali integratsiyalash 
masalalari K.Mavlonova tomonidan tadqiq etilmoqda9 . Ishning maqsadi ona tili darslarini 
integratsiyalashga oid metodikani takomillashtirish. Ishning vazifasi quyidagilardan iborat: fanlararo 
integratsiya haqidagi ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganib chiqish; ona tili darslarida integratsiyadan 
foydalanish bo‘yicha ta’lim metodlarini aniqlash; fanlararo integratsiyalab o‘qitish usullarini ishlab chiqish 
va takomillashtirish; integratsiyaga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga 
yo‘naltirilgan dars ishlanmalar tayyorlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ona tili 
darslarida integratsiyadan foydalanish bo‘yicha ta’lim metodlari aniqlandi; fanlararo integratsiyalab o‘qitish 
usullari takomillashtirildi; integratsiyaga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishga 
yo‘naltirilgan dars ishlanmalar tayyorlandi. Ishning obyekti. Ta’lim bosqichlarining ona tili darslarida 
integrativ yondashuv asosidagi dars jarayoni. Ishning predmeti. Ona tilini o‘qitishda integrativ 
yondashuvning mazmuni, usullari hamda uslubiy tavsiyalar. Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ushbu 
tadqiqotda berilgan ilmiy ma’lumotlardan oliy ta’lim muassasasining filologiya fakultetida tahsil oluvchi 
talabalar, o‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi fani o‘qituvchilari, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi pedagoglar 
foydalanishlari mumkin. Ma’lumki, o‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija 
beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat 
o‘zgarishlarining ham bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu jihatdan rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayanmoq 
lozim. Ularning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan 
foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, 
Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv fanlari, 


980 
Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi 10 . 
A.G‘ulomov hamda H.Ne’matovlar ta’kidlashicha, boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanib, 
o‘quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoq lozim. O‘quvchilar badiiy uslubni 
adabiyot, ilmiy uslubni biologiya, kimyo, fizika, matematika, ish qog‘ozlari uslubini huquq asoslari fanlaridan 
olingan materiallar asosida o‘rganishlari zarur11 . Ta’lim samaradorligini oshirish uchun integratsiya 
holatidagi dastur va darsliklar yaratilishi lozim. Pedagog U.Musayev integratsiyaning quyidagicha turli 
darajalarini taklif etadi12. Mavzularni ketma-ket taqdim etish asosidagi integratsiya; bunda o‘quv 
materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi, ya’ni oldingi o‘quv-materiali keyingisini 
to‘ldiradi. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, 
kashfiyotdir. Alohida sistemalarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir. 
Integratsiya – differensiatsiyaning aksi bo‘lib, unga teskari bo‘lgan jarayondir. Uni quyidagi yo‘nalishlarda 
tatbiq etish maqsadga muvofiq: a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab 
o‘rganish; b) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratsiyalash; v) ta’lim-
tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash. Tadqiqotchi B.S.Abdullayeva ham 
fanlararo aloqadorlikni quyidagi turlarga ajratadi: 1) mazmunli; 2) operatsion; 3) metodik; 4) tashkiliy13. 
B.Abdullayeva ta’kidlaganidek, ko‘nikma, malakalar fikrlash operatsiyalari orqali o‘quv-tarbiya jarayonini 
tashkil etadi. Integratsiya Farididdin Attorning quyidagi fikrlariga hamohangdir: bu ro‘yi zaminda mayda 
narsaning o‘zi yo‘q, hamma narsa bir-biriga bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi14 . Dars faqat ta’limiy bo‘lib 
qolmasdan, o‘quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavzuni 
mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar, o‘quv 
respublikamiz kelajagiga ishonch va e`tiqodni shakillantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda 
integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Maktablarda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammolari nazariy va amaliy jihatdan hozirgi zamon 
nuqtayi nazardan juda muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi. Bugungi 
kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi 
oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirgi zamon ilm berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini 
o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda 
bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularni mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan. Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli 
(fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilmfanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy 
fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq holda o‘rgatilishi, 
ularni bir-biriga uzviy bog‘liqlikda o‘rgatilmasligi o‘quvchilar bilimini to‘la bo‘lishi va butun borliqni bir butun 
holda anglashlariga to‘sqinlik qilib, o‘quvchilarda qiyinlik uyg‘otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya 
didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Bunday tushuncha ta’lim tizimida 
integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini 
yuzaga keltiradi. Ta’lim sistemasiga integratsiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va 
tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Integratsiyalashtirilgan darslar bolalar 
dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Shuni 
alohida hisobga olish kerakki, maktablardagi boshlang‘ich sinflarda darslarning integratsion bog‘lanishlari 
ilmiy jihatdan kam ishlab chiqilgan. Mavjud turli fiklar va qarashlar esa bir-biriga zid va uzviy bo‘lmaganligi 
sababli integratsiya muammosi hamon olimlarimiz o‘rtasida bahsli masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy 
va muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differensiya bilan uzviy bog‘liqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda 
olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari sistemasini barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Integratsiya – bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya 
jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori 


981 
ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi 
xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik 
asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan. 
Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini umumiy o‘quv predmetlari mazmuni va maqsadlarini ma’lum 
uzviylikda va o‘zaro mantiqiy bog‘langan holda tashkil qilish ta’limni sifat va samaradorligini oshirish bilan 
bir qatorda o‘quvchi yoshlarni dunyoqarashini kengaytirib, ularni fikrlash olamini yorqin obrazlar bilan 
boyitishga xizmat qiladi. Ta’lim mazmuni va ko‘lamini optimallashtirish, o‘quv jarayonini zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnalogiyalari bilan boyitish, ta’lim mazmunini 
o‘quvchi yoshlar ongi va tafakkurida hayotiy obrazlar vositasida gavdalantirishda ham predmetlararo 
aloqaning imkoniyatlari cheksiz. Ona tili darslarini har bir mavzu doirasida o‘zaro turdosh va boshqa fanlar 
bilan bog‘langan holda tashkil etish, o‘quv jarayonining mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi. Axborotlar 
ko‘lamining kengayishi, o‘quvchilar bilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar hajmining oshishi, integratsion 
jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет