«Проблемы и перспективы развития науки в начале третьего тысячелетия в странах СНГ»
7
Issiqlik va atom elektr stansiyalarining sovitish uchun ishlatiladigan iliq suvlardan foydalansa bo’ladi.
Masalan Angliyada Xatterson atom elektr stansiyasidan chiqqan iliq suv ulkan suv havzasiga oqizib quyilgan
va u yerda turli xil baliqlar boqilgan bu baliqlar o’zini yaxshi his qilib ochiq dengizga qaraganda ikki baravar
tez yetilgan.
Insoniyat jamiyati taraqqiyoti jarayonida tab
iiy suv tarkibini o’zgartirdi va tezlik bilan o’zgartirmoqda.
Shuning uchun suvni muhofaza qilishda, iflos suvlarni tozalashdagi muhandislik usullarini yanada
takomillashtirish lozim.
Suv quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib qo’yilishi natijas
ida qaytadan tozalanishi
mumkin. Turli bakteriya, zamburug’ va suvo’tlar suvning qayta tozalanishida faol agentlardan hisoblanadi.
Lekin suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to’yingan bo’lsa u holda uni tozalash uchun turli texnologik
usullardan foydalanish kerak.
Keyingi paytlarda suvni ko’p sarflaydigan sanoat tarmoqlari joylashgan sex va zavodlarda chiqindi
suvlarni tozalaydigan uskunalar qurilmoqda.
Sanoat va
qishloq xo’jaliklaridan chiqqan iflos suvlarni zararsizlantirib yana qaytadan ishlatish
mumkin. Masalan, hozirgi zamon neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari va sexlarida ishlatilgan
suvning 97%
qaytadan ishlatilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizni
ng bir qancha sanoat korxonalaridan ko’plab iflos chiqindi suvlar
chiqmoqda. Xo’jalik maishiy obyektlardan chiqan iflos suv ilgarigiga qaraganda endilikda 4 marta ko’p [6].
Iflos suvlarni tozalashda asosan uch usuldan mexanik, kimyoviy, biologik usullardan
foydalanilmoqda.
Iflos suvlarni mexanik usul bilan tozalaganda maxsus qurilmalar yordamida suvga qo’shilgan og’ir
zarralar, suv yuzasidagi moy-
yog’, neft va boshqa moddalar ushlab qolinadi.
Iflos suvlarni kimyoviy usul bilan tozlashda turli reagentlardan
foydalaniladi. Reagentlar ba’zi
birikmalar bilan reaksiyaga kirishsa, boshqalari esa zararsizlantirib turadi.
Iflos suvlarni biologik usulda sun’iy sharoitda tozalash mumkin, bundan tashqari mikrobiologik,
biokimyoviy jarayonda tozalash anchagina ahamiyatga ega. Tabiatda suvni biologik usul bilan tozalashda
daryo trassalari va tekis maydonlardan foydalaniladi. Chunki iflos suv tuproq orqali o’tganda zararli moddalar
tuproq qatlamida qoladi. Suvni tuproqlarda tozalashda kichik suv omborlaridan ham foydalaniladi. Bu holda
bir necha ming suv havzasi bir-
biri bilan tutashgan bo’lishi kerak. Chunki tinigan iflos suv bir havzadan
ikkinchi bir havzaga o’tganda tozlanib o’tadi. Iflos suvni biologik usulda sun’iy sharoitda tozalash uchun
maydonchalarga maxsus qurilma
lar quriladi. Yirik va o’rta kattalikdagi materiallar ustida turli qalinlikda aerob
mikroorganizmli biologik plyonka qoplanadi va iflos suv shu materillardan o’tkaziladi. Natijada biofiltr suvdagi
turli zararli moddalarni olib qoladi va suvni toza holda chiqaradi.
Oqova suvlarning suv havzalariga tushishi ularning kimyoviy, fizikaviy, bakteriologik tarkibini
o’zgartirib yuboradi. Natijada suvda yashovchi jonivorlar qirilib, suvdagi modda almashinuvi jarayoni izdan
chiqadi. Keyingi vaqtlarda suv hayvonlarini
ng bu omillarga sezgirligi ancha yuqori bo’lib qoldi. Masalan, 1litr
suvdagi 0,25-
2,5 mg margimush planktonlarni, mayda suv hayvonlarini o’ldiradi, 10
-20 mg margimush esa
katta baliqlarni nobud qiladi. Xo’jalik suvlarini suv havzalariga oqizish oqibatida suv o’simliklari o’lib, suv
yuzini qoplaydi. Natijada suvning mazasi, hidi va boshqa xususiyatlari o’zgarib, suv sasiy boshlaydi. Suv
o’simliklarining o’lishi natijasida zaharli gazlar ajralib chiqadi. Issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi
korxonalarning chiqindi suvlari suv havzasidagi suv haroratini 8-10
o
C ga ko’tarib, mikroorganizmlarning
o’sishiga imkon yaratadi. Radioaktiv moddalar saqlaydigan chiqindi suvlar eng xavfli suvlardir. Bunday suvlar
termoyadro qurolini suv ostida tekshirilganda, uran olinga
nda hosil bo’ladi [3, 4].
Suv havzalarini ifloslantiruvchi eng kuchli manbalardan biri hozirgi zamon qishloq xo’jaligi
ob’yektlaridir. Endigi muammo ifloslangan suvni tozalash. Suv havzalari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib,
unda vaqti-
vaqti bilan o’z –
o
’zini tozalash jarayoni sodir bo’lib turadi.Bunda quyosh nuri ta’sirida organik
moddalar parchalanib, mikroblar qirilib turadi. O’z
-
o’zini tozalash jarayonida bakteriyalar, bir hujayrali
hayvonlar, mog’orlar, suv o’simliklari faol ishtirok etadi.Bu jarayon
da ayniqsa, chiqindi suvlarning suyultirilishi
katta ahamiyatga ega. Suv ma’lum masofada o’z
-
o’zini tozalash imkoniga ega bo’lib, agar oqova suv miqdori
ko’p bo’lsa suv o’z
-
o’zini tozalay olmaydi. Suv havzalaridagi suvga qo’shimcha ifloslik tushmasa 24 to’
rt soat
ichida 50% atrofidagi bakteriyalardan o’zini tozalashi mumkin. 48 soat ichida faqat 0,5 % mikrob qoladi. Qish
kunlarida bu jarayon ko’proq davom etadi, shu sababli chiqindi suvlar avval tozalash inshootlaridan o’tkazilib,
so’ngra suv havzalariga oq
iziladi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1.
Родионов А. И, Клушин В.Н., Систер В.Г Технологические процессы экологичиской безопасности.
Основы энвайронменталистики − Калуга: Издательство Н. Бочкаревой, 2000.
2.
Марцул В.Н., Капориков В.П
Технические основы охраны окружающей среды. Минск. БГТУ, 2005.
3.
Аширов А. Ионообменная очистка
сточных вод, растворов и газов. М.: Химия, 1983.
4.
Чебакова И.Б Очистка сточных вод/ Учебн. Пособие. Омск: Изд
-
во ОмГТУ, 2001.
5.
Вурдова Н. Г. Фомичев В.Т. Электродиализ природных и сточных вод. М.: АСВ, 2001.
6. Ergashev S. A., Otaboyev Sh., Sharipov R. Suvning inson hayotidagi ekologik mohiyati. T.: Fan, 2009.