Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет11/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   328
Adabiyotlar: 
1. Pedagogika / A.Q. Munavvarovning umumiy tahriri ostida./ - T.: 
O‘qituvchi, 1996. – 280 b. 
2. Adizov B.R. “Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy 
asoslari”, –Toshkent: «Fan», 2007. – 120 b. 
3. Tulenov J. Hayot falsafasi: T.: O‘zbekiston, 2013. – 340 b. 


58 
ФИО автора: Meliboyeva Muborak Mardanovna
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 18-maktab 
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Название публикации: «BOLALAR TARBIYASIDA XALQ OG'ZAKI 
IJODINING AHAMIYATI» 
Annotatsiya: Bugingi kundagi bolalarimiz ertangi kunning egalaridir. Bola
tarbiyasiga berilgan etibor ertangi kunimizni belgilab beradi. Bolalarning
tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining ahamiyati qanchalik muhimligini anglab yetishim 
lozimdir. 
Kalit so’zlar: Bola, ot-ona, tarbiya, bo g‘cha, doston, ertak, qo‘shiq, maqol, 
topishmoq, afsona va rivoyat. 
 
Bolalarning murg'ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta'sir etmaydi va barcha 
ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o'rin oladigan ibrat yo'q. 
(N.I.Novikov). 
Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga 
qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha yoshga 
kirganini so'rabdi. Bir yoshga to'lganini bilib onaga xitob qilibdi: 
— Tezda uyga qayt! 
Bola tarbiyasida eng kerak bo’lgan bir yilni sen boy berib qo'yibsan! Shunday, bola 
dastlabki yillarda tez va ko'p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy qismini qabul qiladi. 
Tarbiya keyin ham davom etaveradi. "Lekin siz mevani keyin ko'ra boshlaysiz, — 
deydi bir donishmand — bu o'zingiz bir vaqtlar, bolangiz besh yoshigacha bergan 
tarbiyangiz gulining mevasidir" bu davrda bolaning olamni bilishi odamni bilishi orqali 
kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta tushunchalar ota va onasining bir-biriga 
munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali borligiga singib boraveradi.
Donishmandlar kishi keyin umr bo'yi o'zi yashaydigan yaxshilik va 
yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli bala 
bilan keksalik o'rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi. 


59 
Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo'lishi ko'p jihatdan bolalik deb 
atalgan bu davrning qanday o'tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni 
olib kirganiga bog'liqdir.
Demak bola dunyoga kelgandan song bola gapira boshlaganda ular tomonidan 
beriladigan eng kop savol bu - u nima? Bu kim? Bunday berilgan savollarga ota-onasi 
tomanidan iloji borisha toliq va tushinarli qilib tushintirib berishi lozim. Chunki bolalar 
dunyoni organishga bolgan qiziqishini sondirmaslik kerak.
Bolaning 3 yoshidan 7 yoshacha bolgan bogcha yoshi bolalik davrining katta bir 
qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil foaliyatlari
rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (insoniy fazilatlari) tarkib topa
boshlaydi. Mashhur rus pedagoglaridan biri P.F.Lestgafning fikricha, insonning
bog‘cha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana chu mobaynida kelgusida qanday
xarakter hislari paydo bolishi belgilanadi va axloqiy sifatlarning asoslari yuzaga
keladi.
Endi bola tarbiyasida xalq og‘zaki ijodining o‘rni haqida gapirib o‘tamiz. 
O‘zbekistonda zavq bilan o‘qilayotgan, maroq bilan aytilayotgan doston, ertak, 
qo‘shiq, maqol, topishmoq, afsona va rivoyat, askiya va latifa, loflar o‘zbek xalq 
og‘zaki ijodining janrlari hisoblanadi. Xalqimiz yaratgan ana shu ma’naviy 
boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir. 
Ilmda xalq og‘zaki ijodi folklor atamasi bilan yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz 
olimi 
Vilyam 
Toms 
taklif 
qilgan 
edi. 
Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, 
o‘zbeklarda ham ommaviy janr sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan 
yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Bu janr o‘zbek folklorining epik 
turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro‘y bergan ibratli voqea hikoya 
qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to‘qima lavhalar 
qo‘shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma’naviyat xazinasidan o‘rin olgan. Bu orzu-
havaslar natijasiz bo‘lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o‘tish, dunyoning 
turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo‘lish niyatlari jam bo‘lib, bugungi kunda 


60 
raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; 
qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.
Boshqa xalqlar og‘zaki ijodidagi ertaklarda ham turli hayvon va boshqa 
jonzodlarning tashqi ko‘rinishi, ularning xususiyatlari haqida ana shunday ertaklar 
yaratilgani ma’lum. Jumladan, yoqut, tuva, qirg‘iz ertaklarida bunday holat alohida 
ko‘zga tashlanadi. Taxmin qilishimiz mumkinki, dono xalqimiz bu ertaklarni yosh 
bolalar tomonidan takror va takror aytiladigan «nima uchun?» savollariga javob tarzda 
ermak qilib yaratgan. Hayvonlar haqidagi ertaklarning aksariyati bevosita bolalarning 
yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda vujudga kelgan. Ularda bo‘rining vahshiyligi, 
tulkining ayyorligi, otning insonga do‘st ekani alohida bo‘rttirib ko‘rsatiladi. 
Ertaklardagi bunday xususiyat ko‘proq ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Biz bilamizki, yosh bolalar yovvoyi hayvonlarni faqat rasmlarda, hayvonot 
bog‘larida ko‘rganlar. Fikr yuritilayotgan asarlar bu hayvonlar haqida bola tasavvurini 
ke n gaytiradi, aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. «Ikki boyqush». 
«Ilonning ishi zahar solmoq», «Qarg‘a bilan qo‘zi» kabi asarlar shular jumlasidandir. 
Hayvonlar haqidagi ertaklarning ayrimlari majoziy mazmunga egadir. Bunda 
ertaklarda ishtirok etadigan qahramonlar hayvon, qush bo‘lsa ham, asar mazmuni 
bevosita insonlar o‘rtasidagi munosabatni izohlashga qaratilgandir. Jumladan, do‘stlik 
ning inson hayotidagi ahamiyati, yaxshilikka hayotda hamisha ham yaxshilik 
qaytmasligi yoki aql-idrok vositasida har qanday mushkul vaziyatning yechimini 
topish mumkinligi aks ettiriladi.
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan 
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so‘zlashuvlari ularni 
hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod 
qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar 
olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir. Sehrli ertaklar O‘zbek xalq 
ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli 
folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar 
orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday 
ertaklarni ko‘pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu 


61 
narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, havfli 
safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli 
mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi. 
Shunday qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar asosan, xalqimiz tomonidan 
to‘qimalar asosida yaratilgandir. Ertaklardagi hayvonlarning so‘zlashuvlari ularni 
hayotiylashtiradi. Bu ertaklar ko‘proq ma’rifiy maqsadni nazarda tutgan holda ijod 
qilingan. Ular qadim zamonlarda ham, hozirgi kunda ham yosh bolalarni hayvonlar 
olami bilan tanishtiruvchi ma’rifiy, tarbiyaviy asarlardir. Sehrli ertaklar O‘zbek xalq 
ertaklarining salmoqli qismi sehrli ertaklardan iboratdir. Mashhur va taniqli 
folklorshunos olimlarning ta’kidlashicha, turli xalqlar ijodida uchraydigan ertaklar 
orasida eng bir-biriga o‘xshash mazmunga ega ekani sehrli ertaklardir. Bunday 
ertaklarni ko‘pincha asar qahramoniga nimanidir yetishmasligi, qahramonning bu 
narsaga ega bo‘lishi, qandaydir ishni taqiqlash, kuchli raqibning mavjudligi, havfli 
safarga chiqish kabi lavhalar birlashtirib turadi. Eng muhimi sehrli ertaklarda turli 
mo‘jizalar, afsungarliklar, fantastik tasvirlar yetakchilik qiladi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет