52
qarasak, u bir nechta darslarning o`zaro bog`liqligi o`qitilishi natijasida hosil bo`ladi.
Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning o`zida hosil
qilinmasdan, balki o`zaro aloqada bo`lgan bir qancha darslarni o`tish
jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o`qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni
mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak.
Eng katta talab darsning o`quv tarbiyaviy maqsadini e`tiborga olish, o`qitish
tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu
bo`yicha yaxshi o`ylangan darslar tizimining o`quv vaqtini mavzularga to`g`ri
taqsimlashga bog`liq. Unda o`quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy
misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga
olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib,
mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta`minlashi kerak. Undan
keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan
bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham ta`minlash
kerak.Matematika o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va
matematikaga bo`lgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri o`quvchilar bilan olib
boriladaigan mustaqil ishlardir.
Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga
tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va
malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga
oshiriladi.
Достарыңызбен бөлісу: