449
2. Konvertlar soni tobora oshib boradi hamda yig‘ish tezligi omili kiritiladi.
geometrik shakllar yoyilmasidan yasash (konus va silindrdan tashqari).
3. Turli xil o‘yin syujetlari beriladi. Masalan: «Shamol bir necha kvadratning
qismlarini aralashtirib yubordi (4-5). Endi qanday qilib yo‘lakni qurish mumkin? Kim
raqamli yo‘lakchani rang bo‘yicha emas, balki raqam bo‘yicha qura oladi?»
Maktabgacha katta yosh.
1. Topshiriqlar bolani barcha kvadratlarni rang va raqamlar bo‘yicha joylashtirishga
yo‘naltirib, ularni qisqa muddat ichida to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirishidan iborat
(bola va yoshi katta inson o‘rtasida individual va o‘zaro aloqador).
2. Kvadratni kesish va tayyorlash bo‘yicha yangi variantli topshiriqlar beriladi: bunda
etalon kvadratlarni ajratishda bolalar muqaddam taklif qilgan variantlardan farqli
o‘laroq, ular bergan takliflarni qo‘shishi kerak; bolalar qaychi bilan ishlaganlarida
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari lozim.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar
matematik ta’limida modellashtirish usullaridan foydalanish ularning matematik
bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Достарыңызбен бөлісу: