Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет155/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

ФИО автораAbduraximova Zebiniso Toshpulatovna 
Buxoro pedagogika kolleji 
Название публикации: «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING
MATEMATIK 
TA’LIMIDA 
MODELLASHTIRISH 
USULLARIDAN 
FOYDALANISH» 
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda modellashtirish metodlari va 
usullaridan matematik ta’limda foydalanishning ba’zi jihatlari yoritilgan. Maktabgacha 
ta’lim muas- sasalarida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning 
innovatsion texnologiyalarini qo‘llash, maktabgacha elementar matematik 
tasavvurlarni shakllantirish imkoniyatini yaratish hamda ularda ko‘rgazmali-obrazli 
fikrlash va mantiqiy operatsiyalar elementlarini shakllantirish masalalari muhokama 
qilingan. 
Kalit so’zlar: matematik tasavvurlar, didaktik talablar, mantiqiy operatsiyalar, 
matematik modellashtirish, to‘rtburchak, ko‘pburchak. 
Respublikaning maktabgacha ta’limi tizimidagi zamonaviy talablar doirasida mavjud 
metodika va texnologiyalarni boyitish va yangilash bo‘yicha yo‘nalishlar dolzarbliligi 
bolalarning yoshiga mos matematik modellash usullari bilan bog‘liq.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik modellashtirish tushunchasi pedagog 
tomonidan 
shakllantiriladi.Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
bilan 
matematik 
modellashtirish texnologiyasi quyidagicha qurilishi mumkin. 
Nazariy-ko‘plik mazmuni bo‘yicha: 
– butun berilgan shaklni topish, uning turli sinflarini bo‘laklash; 
– butun o‘zgaruvchan diskret shaklni topish, berilgan birlamchi shaklni konstant 
sinflarga bo‘laklash. 
Fazoviy orientatsiya bo‘yicha: 
– to‘g‘ri burchakni kesish negizida tekislikni loyihalash; 
– to‘g‘ri burchakli parallelepipedni kesish negizida fazoviy modellashtirish; 
– uzluksiz deformatsiyaga yo‘l qo‘yuvchi materiallar negizida; 
– mumtoz origami va fleksagon negizida.


447 
Bolaning predmet va ularning xususiyatlarini qabul qilishda namoyon bo‘luvchi 
sensorik qobiliyatlari atrof-muhitni bilish sohasining rivojlanishida o‘zgacha 
ahamiyatga ega.
Sensorik qobiliyatlardan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanish
tizimiga intellektual qobiliyatlar ham kiradi va ular turli xil masalalarni yechish uchun 
zarur, ya’ni ular fikrlash bilan bog‘liq. Ularning rivojlanish negizida yaqqol
modellashtirish harakati yotadi. Ularni uch xil tur ajratib turadi: 
● o‘rnini qoplash harakatlari (kichik va o‘rta yoshlarda – haqiqiy predmetlar, katta
yoshda esa shartli belgilar); 
● tayyor modellardan foydalanish (modelni yoshi katta (o‘qituvchi, ota-ona va h.k.) 
inson beradi va u yordamida bola intellektual masalani hal etadi); 
● bolalarning model qurish bo‘yicha harakatlari. 
Maktabgacha yoshda tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir masalalarni yechishga
qaratilgan ijodkorlik qobiliyatlari jadal rivojlanadi. Tasavvur qilish unumdor bo‘lib, u 
borliqni kengaytiradi, uni reallashtiradi. Tasavvuri yuqori darajada rivojlangan 
bolalarda faoliyat hosilalari unumdor bo‘ladi.
Sensorik, intellektual, ijodkorlik kabi dunyoni anglash qobiliyatlarini rivojlantirish 
ikki yo‘nalish bo‘yicha boradi: masalani hal etish bo‘yicha vositalarni qiyinlashtirish
hamda ma’lumotlar vositasini o‘zgartirish. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi 
bolaning dunyoni anglash qobiliyatlarini matematik modellar doirasida ma’lum bir 
mantiq asosida tekshirish mumkin. 
Maktabgacha yoshda matematik modellash ko‘nikmasini rivojlantirish negizidagi,
boshlang‘ich maktab o‘quvchilari yechishi mumkin bo‘lgan masalalar turlarini taqdim
etamiz. Ular MTM va boshlang‘ich maktablarning amaldagi ta’lim dasturlarining 
chambarchasligi tahlili asosida tuzilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik 
rivojlanganlik darajasini belgilab beruvchi diagnostik orientir bo‘lib xizmat qilishi
mumkin: 
1. Chizmada chizilgan shakl qanday geomet- rik sodda shakllardan tashkil topganligi,
tarkibida nechta to‘g‘ri burchakli uchburchak, uchburchak, doira va kvadratlar 
borligini aniqlash. 


448 
2. Geometrik shakllardan naqsh qurish. 
3. Rasmda tasvirlangan chizmalarning bir o‘qqa nisbatan simmetrikligini aniqlash. 
4. Berilgan o‘q simmetriyasiga nisbatan unga simmetrik shaklni yasash. 
5. Bir xil ko‘pburchaklarga taqsimlagan holda maydon yuzasining necha barobar 
kattaligini aniqlash. 
6. Berilgan kompozitsiyani ikki hajmli geometrik shakllar yoyilmasidan yasash (konus 
va silindrdan tashqari). 
7. Berilgan shakllar bir xilligi, simmetriya o‘qiga egaligi, qanday geometrik 
shakllardan tashkil topganligi, ular orasida bir xillari borligini aniqlash. 
8. Hajmli qutini berilgan geometrik shakllar orqali turli xil yo‘llar bilan to‘ldirish. 
Shundan so‘ng bolalar bilan matematik modellash texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. 
«Kvadratni yig‘». 
O‘yindan maqsad. Sodda geometrik shakl va uning bir necha qismlari 
kombinatsiyasidan kvadrat yasash kerak. 
O‘yinga tayyorgarlik. Tayyorgarlik jarayonida quyidagilar bajariladi: o‘yin kaliti 
bo‘ladigan varaq- jadval o‘ylab topish va uni yasash (u o‘z ichida 3-5 qismga bo‘lingan 
etalonlik kvadratlarini jamlab, 10 dan kam bo‘lmagan variantlarga ega bo‘lishi zarur); 
8x8 santimetrdan kam bo‘lmagan o‘lchamdagi turli xil rangdagi kvadratlarni tanlab, 
ularni qattiq kartonga yopishtirib, pressning ostiga qo‘yish; kvadratlarni o‘ylab 
topilgan jadvallar bo‘yicha joylashtirib, jadval raqamlariga muvofiq kvadrat qismlarini 
raqamlab, kesib, raqamlangan konvertlarga joylashtirish; balandligi bo‘yicha 
joylashadigan, bir-birining ustiga qo‘yiladigan quti yasash. 
Modellashtirish.Maktabgacha kichik yosh. 
1. Birlamchi kvadratning 3 qismga bo‘linishini aniqlab beradigan konvertlar taqdim 
etiladi. Bola turli xil rangdagi yo‘laklarni qo‘shishni uddalay oladimi? 
2. 4 qismga bo‘lingan kvadratlar qo‘shiladi, konvertlar soni tobora oshadi va o‘yin 
syujeti o‘zgarishi mumkin. 
Maktabgacha o‘rta yosh. 
1. Uch-to‘rt qismli konvertlar taqdim etiladi. Bola rang-barang to‘g‘ri burchakli 
uchburchakni yig‘ishi mumkinmi? 


449 
2. Konvertlar soni tobora oshib boradi hamda yig‘ish tezligi omili kiritiladi. 
geometrik shakllar yoyilmasidan yasash (konus va silindrdan tashqari).
3. Turli xil o‘yin syujetlari beriladi. Masalan: «Shamol bir necha kvadratning
qismlarini aralashtirib yubordi (4-5). Endi qanday qilib yo‘lakni qurish mumkin? Kim
raqamli yo‘lakchani rang bo‘yicha emas, balki raqam bo‘yicha qura oladi?» 
Maktabgacha katta yosh. 
1. Topshiriqlar bolani barcha kvadratlarni rang va raqamlar bo‘yicha joylashtirishga 
yo‘naltirib, ularni qisqa muddat ichida to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirishidan iborat 
(bola va yoshi katta inson o‘rtasida individual va o‘zaro aloqador). 
2. Kvadratni kesish va tayyorlash bo‘yicha yangi variantli topshiriqlar beriladi: bunda 
etalon kvadratlarni ajratishda bolalar muqaddam taklif qilgan variantlardan farqli 
o‘laroq, ular bergan takliflarni qo‘shishi kerak; bolalar qaychi bilan ishlaganlarida 
xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari lozim. 
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar 
matematik ta’limida modellashtirish usullaridan foydalanish ularning matematik 
bilimlarni osonlik bilan o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет