Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет21/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   328
    Бұл бет үшін навигация:
  • Keywords
Название 
публикации: 
«PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYADA 
QO'LLANILADIGAN USUL VA VOSITALAR» 
Annotation: in this article, we tried to give information about the methods and 
tools used in pedagogical technology. 
Keywords: pedagogical technology, educational process, educational style. 
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik texnologiyada qo'llaniladigan usul va 
vositalar xususida ma’lumotlar berishga harakat qilingan. 
Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiyalar, o'quv-tarbiya jarayoni, ta’lim uslubi. 
 
Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan 
ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik 
prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim 
jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat 
hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik 
prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta’lim jarayonini 
uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta’lim 
natijalarining 
jamiyat 
hayotiga 
ko'rsatadigan 
ta’sir darajasini oldindan 
loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi 
prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim sohasida islohotlami 
amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonini 
tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv-metodik majmualar tajribasinov asosida 
amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va 


85 
vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu 
jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta’lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta’lim 
jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning 
ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish 
darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan 
bo'lsa, kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik 
vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab 
etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani 
qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv 
materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba-sinov 
jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik 
jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va 
ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi 
mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. 
Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq 
belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predmeti, tadqiq etayotgan 
muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch 
metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining muhim tarmog'i sifatida namoyon 
bo'ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor sohasi sifatida davlat va jamiyat 
taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim tizimini yangidan-yangi pedagogik 
nazariyalar negizida vujudga kelgan ta'lim modellari va texnologiyalari bilan 
qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir. Pedagogik 
prognostika o'quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga 
olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta’lim 
texnologiyalari doirasida o'quvchilarga turli darajadagi tushunchalarni hamda 
mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. 
Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik 
prognostika o'quvchi hamda o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta’minlashga, 


86 
uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta’lim 
jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog'i lozim. 
Pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan 
uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va 
fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o'rinda ta'lim mazmuni shaxsning 
shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning uchun ta’lim mazmuni 
insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va me’yorlarni o'zida 
mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va 
demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga 
tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g'amxo'rlik, o'quvchi shaxsini 
hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit 
yaratadi. An’anaviy ta'limda o'qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining subyekti, 
o'quvchilar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, hamkorlik pedagogikasida 
o'quvchi o'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik 
pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiya 
vazifalarini hal etadi. Ushbu pedagogik texnologiyada ta’lim tizimi markazida 
barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik 
g'oyasi muhim o'rin tutadi. Bu g'oya qay darajada amalga oshirilganligi ta'lim 
jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining sifatiga berilgan baho 
asosida 
aniqlanadi. 
Pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish 
va 
demokratlashtirishda o'quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi muhim 
omil shaxsga bo'lgan munosabat hisoblanadi. Insonning boshqa mavjudotlardan farqi 
— o'z oldiga ma’lum bir maqsad qo'yib, so'ng unga tomon harakat qilishidadir. 
Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan tabiiy 
va sun’iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir 
va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to'siqni yengib o'tish uchun 
qo'llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi. 


87 
Usullarni ma’lum bir uslubda qo'llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan 
maqsad ko'rsatkichlariga bo'ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish 
jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. 
Ta’lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchilar orasida bilim berish va 
uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik 
tadbirdir. O'qitish uslublari o'quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli 
uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo'lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish 
va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazmali va amaliyga 
bo'linadi. Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning ta’lim faoliyatiga munosib 
ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, muammoli bayon, 
xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo'llaniladi. 
Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta’lim berishning namunaviy 
vaziyatdagi o'zlashtirish talab etiladigan mahsuldor, ya’ni reproduktiv darajasi uchun 
ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta’lim har qanday ta’limning zarur tarkibiy qismi 
hisoblanadi, u insoniyat jamg'argan tajribani aniq o'quv fani doirasida o'zlashtirish 
bilan bog'liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko'nikmalarning ma’lum «poydevori» hosil 
qilingandan keyingina, ta’limning natijali, ya’ni produktiv va ijodiy yondashish 
uslublariga o'tish mumkin. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет