Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Jurnalistikaning dastlabki ko‘rinishlari



Pdf көрінісі
бет50/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   328
Jurnalistikaning dastlabki ko‘rinishlari. Jurnalistika paydo bo‘lishining 
quyidagi konsepsiyalarini bilish lozim: 
Birinchisi, ijodiy konsepsiya. Ya’ni, jurnalistika qaysidir davrlarda ma’lum bir 
ijodkorlar faoliyati natijasida asta-sekin shakllanib kelgan. 
Ikkinchisi, kasbiy konsepsiya. Turli kasb egalarining har qaysi, masalan, jarchilar, 
yozuvchilar, shoirlar, choparlar, kotiblar, xattotlar, naqqoshlar va boshqalar o‘z 
faoliyatini rivojlantirib, uning doirasini kengaytirgan. Ushbu hunarlar uyg‘unlashib 
borib, bosma matbuot san’atiga zamin tayyorlagan va uni vujudga keltirgan. 
Uchinchisi, texnikaviy konsepsiya. Insoniyat ishtirokida texnika taraqqiy etgan sari 
turli asbob–uskunalar kashf qilinib, yagona nusxalar bosiladigan vositalardan ko‘proq 
adadlashtirishga o‘tila borilgan. Bunday jarayon asrlar osha mukammallashuvda 
davom etib, bosma stanokning kashfiyoti bilan tugallangan. 
To‘rtinchisi, tarixiy konsepsiya. Kishilik jamiyatining rivojlanishi o‘z-o‘zidan bosma 
uskuna yaratilishiga olib keldi. Ertami-kechmi, bu albatta amalga oshirilar edi. 
Odamlar tomonidan uzoq tarix davomida kashf etilgan juda ko‘p ixtirolar, o‘sha 
vaqtlarda ularga zarurat sezilmaganligi sababli, barbod bo‘lib ketgan. Lekin, shunga 
qaramasdan, har bir kashfiyot tarixning hosilasi o‘laroq, jamiyat taraqqiyotning 
taqozosi bilan dunyoga kelgan. 
Beshinchisi, tashkilotchilik konsepsiyasi. Kimdir jurnalistika belgilari va 
xususiyatlari vujudga kelishini boshqalar oldida vazifa sifatida qo‘yib, ularning 
ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratgan, mehnatini taqdirlagan, yangi izlanishlarga 
safarbar etgan va natijada jurnalistikaning dastlabki va asl ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. 
Bunday konsepsiyalar ro‘yxatini davom ettirish (qobiliyatlilik va hokazo 


164 
konsepsiyalar) mumkin. Fikrimizcha, ulardan har biri jurnalistikaning asosiy 
ma’nosini, mag‘zini emas, balki bor haqiqatning qaysidir bir qirrasini aks ettiradi. 
Jurnalistika yaxlit bir tizim sifatida qaysi tarkibiy qismlardan tashkil topgan va 
Gutenberg ular rivojiga qanday hissa qo‘shgan? Fikrimizcha, mazkur tizim to‘rtta 
asosiy bo‘g‘indan iborat: mualliflar guruhi, jurnalistik matn, bog‘lanish kanali va 
auditoriya. Ushbu qismlarsiz jurnalistika paydo bo‘lishi mumkin emas edi. Ular tarixan 
har xil davrlarda vujudga kelgan va har biri o‘z yo‘nalishida rivojlangan. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет