Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


KIRISH  «Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda «to‘rtinchi hokimiyat»



Pdf көрінісі
бет49/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   328
KIRISH 
«Ommaviy axborot vositalari so‘zda emas, amalda «to‘rtinchi hokimiyat» 
darajasiga ko‘tarilishi zarur. Bu — zamon talabi, islohotlarimiz talabi». 
Shavkat Mirziyoyev. 
Butun dunyoda, hurmat va ehtirom yuzasidan ommaviy axborot vositalarini ko‘pincha 
«To‘rtinchi hokimiyat» degan atama bilan atashadi, bu abstrakt va lirik tushuncha. 
Chunki ommaviy axborot vositalarida kimningdir qilgan xato-kamchiliklarini tuzatish 
uchun qo‘llanadigan buyruq mexanizmi yoki vakolati yo‘q. Masalan, qaysidir tashkilot 
odamlarning oylik ish haqini bermayotgan bo‘lsa, mehnat kodeksidan chetga chiqib 
ketgan bo‘lsa yoki kimdir qonunni buzayotgan bo‘lsa uni jazolay olmaydi, xato-
kamchilikni tuzatish uchun buyruq ham bera olmaydi. Lekin muammoga, masalaga 
yoki qandaydir voqeaga qonunchilik hokimiyati, ijro hokimiyati, sud hokimiyatining 
diqqatini jalb qilishga matbuotning haqi bor. «Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga ko‘ra, davlat 
ommaviy axborot vositalarining faoliyati va axborotdan foydalanish erkinligini, mulk 
huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor 
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini 
kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki 
aralashish taqiqlanadi.
Shuningdek, «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 5-moddasida jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga 
oshirish chog‘ida jurnalist tekshiruvi o‘tkazish; davlat organlarining ochiq hay’at 
majlislarida va ommaviy tadbirlarida hozir bo‘lish; jurnalistlik faoliyatini amalga 
oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo‘lish; ma’lumotlarni belgilangan 


163 
tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib 
olish va boshqa bir qator huquqlarga ega ekani belgilab qo‘yilgan.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет