Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет207/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Maqsad va vazifalar: 
Yangi qabul qilingan qo’shimchalar bilan tanishar ekansiz, ularning ustida 
ishlashda huquqshunos-mutaxassislar blog o’zi nima va uning mazmun-mohiyati 
nimadan iborat ekanligini puxta o’rganib chiqmaganligi ayon bo’ladi. Shu sababli, 
avvalo, bloger o’zi kim ekanligiga qisqa to’xtalib o’tamiz. 
Bloger deb blogi bo’lgan kishiga aytiladi. Blog bu shaxsiy veb-sayt yoki veb-sayt 
sahifasi bo’lib, unda shaxs (ba’zan bir guruh shaxslar) ma’lum mavzu bo’yicha o’z 
fikr-mulohazalarini bildiradi. Masalan, Muallifning ishtirokiga ko‘ra, bloglar turli xil 
bo‘ladi: 
1. 
Shaxsiy blog – blog egasi orqali yuritiladi masalan, 
muxrim.livejournal.com,yusupov.uz, abror.uz, foziljonov.uz, nasimov.uz, 
gulruxsor.blogspot.com. 
2. 
Jamoaviy yoki ijtimoiy blog – bir nechta kishidan iborat guruh tomonidan 
yuritiladi:opennet.uz, playboys.uz. 
3. 
Korporativ blog – bir tashkilotning xodimlari tomonidan yuritiladi: ilike.uz. 
Shaxsiy bloglar, asosan, xususiy xarakterga ega bo‘ladi, lekin shaxsiy, jamoaviy, 
korporativ bloglar ichida shunday maxsus bloglar ham borki, hayotning ma’lum bir 
sohasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bloglar mavzular bo‘yicha xam turlicha bo‘lishi 
mumkin, masalan: 
• 
siyosiy (blog.kremlin.ru – Demetriy Medvedovning blogi), 
• 
maishiy (oshxona.uz, pazanda.uz, voqea.uz), 


619 
• 
sayohat 
(mytashkent.uz, 
www.nomadicmatt.com/travel-blog, 
www.traveldudes.org), 
• 
ta’lim (orbita.uz, www.ziyouz.uz), 
• 
moda (www.afisha.uz/fashion), 
• 
musiqa (www.sayyod.uz), 
• 
tahliliy va axborot (albl.ru), 
• 
sport (uff.uz sayti tarkibidagi bloglar: uff.uz/blogs hamda stadion.uz sayti 
tarkibidagi bloglar:stadion.uz/blogs), 
• 
kino (moviesblog.mtv.com, themovieblog.com, kamilburanov.com), 
• 
san’at (dna.uz, art-blog.uz), 
• 
salomatlik 
(tibbiyot.zn.uz, 
well.blogs.nytimes.com, 
tib.islom.uz, 
thehealthcareblog.com) va boshqa ko‘pgina mavzular bo‘yicha tashkil etilgan bloglar 
mavjud. 
Bloglar so’z erkinligidan foydalanishning eng zamonaviy va o’ziga xos usulidir. 
Fikrlash va so’z erkinligi esa konstitutsiyaviy huquqdir. Mazkur huquqqa ko’ra, har 
kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega bo’lib, faqatgina 
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan 
belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir (Qarang: O’zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi
,29-modda).
82
Ammo blogerlik, blogerlarning ba’zilari jurnalist bo’lsa ham, jurnalistika emas. 
Shuning uchun ularga jurnalistlarga qo’yiladigan talablarni qo’yish noto’g’ri. 
Blogerlar, asosan, turli mavzular haqida o’z fikr-mulohazalarini bildiradilar. Buning 
82
http://www.lex.uz/ pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti


620 
uchun professional jurnalist bo’lish talab qilinmaydi. Jurnalist esa materialni 
tayyorlashda, iloji boricha, ishonchli manbalardan foydalanishi, ularning to’g’riligini 
tekshirib ko’rishi kerak (Qarang: “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida”gi 
Qonun
, 11-modda). 
Jurnalistdan xolislik va masalani imkoniyat doirasida kengroq yoritish talab qilinadi. 
Blogerlardan esa bularning birontasi talab qilinmaydi, talab qilish esa so’z 
erkinligining jiddiy buzilishiga sabab bo’ladi. Chunki jurnalistikaning asosiy maqsadi 
ma’lumotni tarqatish, blogerlikda esa o’z fikrini ifoda etishdir.
83


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет