948
Geometriya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda
mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish
imkoniyatlarini beradi. Asosiysi, axborot texnologiyalari - chizma, diagramma,
jadvalko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil o‘qish
va o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
axborot texnologiyalari orqali yangi pedagogik texnologiyalarni kiritilishi, o‘quvchi va
o‘qituvchi faoliyati, ularning darsdagi o‘rni va vazifalarini keskin o‘zgarishiga olib
keladi. Shu bilan birga darsning samaradorligi ortadi, o‘quvchilar bilimlarini
o‘zlarining kuchi, qobiliyati va tempiga asosan qabul qilishi va ularni mustaqil ravishda
o‘zlashtirishiga olib keladi. Geometriya fanida axborot texnologiyalari AKT dan talim
jarayonida foydalanish, talim samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat
hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi
farqni mazkur slayddan bilb olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki o’quvchilar bir dars jarayonida mustqail
ta`lim olish, olingan nazariy bilimni amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi
yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Yuqori sinf matematika dasturida
geometrik material katta o‘rinni oladi. Geometrik materialni o‘rganishning asosiy
maqsadi fazoda to’g’ri chiziq va tekislikning o’zaro vaziyatlari, fazoviy jismlar,
ularning elementlari, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to‘la tizimini
tarkib toptirishdan iborat.Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar, geometrik
figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning
yordamisiz o‘lchash va yasashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda
chizish va hokazo) tarkib toptiriladi, o‘quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda
rivojlantiriladi.
Достарыңызбен бөлісу: