Kompleks texnik xizmat ko’rsatish tadbirlarining yagona tizimi– muayyan
namunaning ekspluatasiyasiga oid ko’rsatkichlar sarfining miqdori yoki uning
kalendar hisobidagi xizmat muddatiga bog’liq holda, shuningdek, ushbu namunaning
ekspluatasiya sharoitlar inobatga olingan tarzda texnik xizmat ko’rsatishning
belgilangan turlari majburiy ravishda amalga oshirilishiga asoslanadi.
Texnik xizmat ko’rsatish tadbirlarida ishtirok etayotgan ta’mirlash bo’linmalarining
shaxsiy tarkibi zaruriy tayyorgarlikdan o’tgan, muayyan ish turiga ixtisoslashgan
bo’lishi darkor bo’lib, zimmasiga tegishli ishlarning to’la-to’kis va sifatli bajarilishiga
oid mas’uliyat yuklanishi lozim.
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirdan chiqarish ishlari davrida ta’mirlash ishlari
mutaxassislari va raschyotlar tarkibini xo’jalik ishlari va boshqa tadbirlarga jalb etish
186
man etiladi. Biz tizimning tadbirlari haqida to’xtalmoqchi emasmiz. Bu haqda barcha
ma’lumotga ega, lekin bunugi kunda shtat struktura o’zgarishlaridan keyin
(birlashmalar naxarda tutilmoqda va ta’mirlash o’linmalarining qisqartirilib
yuborilgani nazarda tutilyapti) tizimda ancha o’zgarishlar bo’lgan. Shaxsiy tarkib
“yaxshi bo’lyapti“ degan fikrda. Lekin bu tizim yaxshi ishlayotganidan emas, balki
moddiy ta’minotning yaxshilangani va texnikamizning yangilanayotganidan dalolat
deb o’ylayman.
Masalan haydovchilardan ayrim hollarda qiziqib so’rayman: “Sening texnikang nosoz
holga kelib qolsa, qachon tuzatasan” degan savolga ko’pchilik aniq javob bera
olmaydi.
Chunki
park-xo’jalik
kunlarida parkda ishlar ko’ngildagidek
tashkillashtirilmayapti. Bu ishlar texnik va mahsus tayyorgarlik mashg’ulotlari
hisobiga amalga oshirilib kelinmoqda deb aytishim mumkin. Bu muammo shunday
katta muammo-ki, uning asorati qurol-aslaha va texnikamizda 5-10 yillar mobaynida
sezilib qoladi.
Bu katta qiyinchiliklar jarayoniga bugundan, hozirdan zamin yaratib borishimiz, bu
muammolarning yechimlarini doimiy ravishda topib borishimiz, ularning bajarilishini
nazorat qilib borishimiz lozim.
Bir eslab ko’raylik, TO-1, TO-2
texnik
xizmat
ko’rsatishlar
(rejalashtirilganlaridan tashqari) texnik xizmat ko’rsatish 1 oyda deyarli 52 soatni
tashkil qilgan: park kunlari 2 kun x 8=16 soat, har kuni QA va texnikaga xizmat
ko’rsatish va ertangi kunga tayyorlash 17.00-18.00 - 5 kun x 4 hafta =20 soat, park-
xo’jalik kunlari 4 kun x 4 = 16 soat. Jami: 16+20+16=52 soatni tashkil qilgan. Bugun
bu vaqtni ta’minlab bera olyapmiz-mi degan savolni o’rtaga tashlaylik va buning
yechimlarini topishda davom etaylik.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun butun bir tizim ishlashi lozim:
Rejalashtirish uchun:
formulyar, pasportlarda
defekt hurnallarida, tekshirish kitoblarida,
xizmatlardagi nosoz texnikalar hisobini yuritish kitoblarida ma’lumot yig’ishga katta
e’tibor qaratishimiz lozim. Bu muammo, ha buni muammo deb atashga jur’at
qilmoqdaman, chunki texnik hujjatlar bilan ishlash, texnikaning hayotiy siklini doimiy
ravishda kuzatib borish ishlari oqsab kelmoqda. Bu esa qurol-aslaha va texnikani
to’g’ri ekspluatasiya qilish, o’z vaqtida unga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirga
chiqarish ishlarini orqaga surmoqda yoki umuman nazardan chetda qolib ketishiga
sabab bo’lmoqda.
Texnika bugun yurib ishlab turibdi, lekin unga tizimli ravishda o’z vaqtida
texnik xizmat ko’rsatilmasa, eng karakli va muhim davrda u to’xtab qolishi va bizga
pand berishi mumkinligini xech qachon unutmaylik.
Oddiy, ammo bir chizmaga nazar solsak,
187
Достарыңызбен бөлісу: |