Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет91/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

beg‘araz, nari borsa raqibidan arazlab ketadigan ijobiy tiplar ko‘payib bormoq-da… 
X.Sultonovning «Qog‘oz gullar», A.A’zamning «Odamning olasi», N.Qobulning 
«Do‘stmurod bobo», G‘.Hotamovning «Qilko‘prik», M. Hazratqulovning 
32
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – Tosh.: “Ma’naviyat”, 
2008. - B 136.
33
Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. – Tosh.: “Yangi asr avlodi”, 2006. - B 84. 


267 
«Momaqaldiroq», Z. A’lamning «Kiyik ko‘zlari», N.Qilichevning «Yugan» hikoyalari 
mahorat bilan yozilgan, kitobxon diqqatini jalb qiladi. Mazkur hikoyalarda ijobiy 
qahramonlarning samimiy kishilar, hayotning tirgagi ekanini his qilasiz». 
34
O‘sha davr adabiyotshunosligida biron-bir asar tahlil etilib, adabiy - estetik jihatdan 
baholanar ekan, avvalo, uning munda-rijasi, obrazlarning qaysi ijtimoiy toifaga 
mansubligi, qahramonning ijobiy yoxud salbiy ekaniga asosiy e’tibor qaratilar, 
hayotdagi dolzarb masalalar, yetakchi qahramonlar qalamga olinishi badiiy
yuksaklikning muhim sharti deb hisoblanar edi. Badiiy asarning qiymatini
belgilashda undagi har bir katta-kichik tasvirda yozuvchining dalillash mahorati
ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda asar syujetining markaziga hayotda bo’lib
o’tgan voqealarning olinishining o’zigina kifoya qilmaydi. Yozuvchi asardagi 
voqealar oqimiga kiritayotgan har bir harakatni, har bir badiiy tasvir vositasini va har 
bir detalni o’z o’rniga qo’yishi, uning aynan shu joyda kelishi zarurligi va shartligini
chuqur asoslashi lozim. Boshqacharoq aytilganda, asarda yozuvchi tomonidan 
kiritilayotgan har bir unsur o’zaro birikib, yaxlit bir manzarani, hayotning muyyan bir 
parchasini ko’z oldimizga joylashtirib berishi kerak. Bu manzara yana ko’zga 
ko’rinmas ichki kichik xalqalar bilan ham bir - biriga mustahkam bog’lanib ketadi. 
Agar asarda ana shunday xususiyatga ega tasvir yaratishga erishilgan bo’lsa bu jihat
yozuvchining mahoratidan, iste’dod darajasidan dalolat beradi. Bu dunyoda bir-
biriga o’xshash xarakter egasi bo’lmaganidek, asar yozish undagi obrazlarni
yaratishda bir xil usul va uslubni qo’llovchi yozuvchilarni ham uchratish mushkul.
Aniqroq qilib aytganda, yozuvchilarimiz istiqlol davri o’zbek hikoyachiligida 
ijtimoiy-siyosiy davr hamda shaxs obrazini yaratishda o’ziga xos individual 
usullardan foydalanmoqdalar. So’z o’rnida Abdulla Qahhorning yosh yozuvchilarga 
maslahat ma’nosida bergan interviyusidagi quyidagi so’zlarni eslash o’rinlidir : 
“Kitobxonga bir fikrni anglatish yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining
boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kishi
suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo’r berib, o’zining tabiiy holatini 
34
Расулов А. Саксонинчи йил ҳикоялари // Ўзбекистон маданияти. – 1981 йил. 
– 17 март. 


268 
buzganday, yozuvchi chiroyli va “qoyil qilib yozishga” behuda zo’r bersa, adabiy asar 
uchun zarur bo’lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi ”. 
35
Chunonchi, Xayriddin Sulton ijodini o`rgana turib, Abdulla Qahhor ta’kidlab
o`tgan “kishining boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til”ni yaqqol
kuzatishimiz mumkin. U xalqona va sodda ruhda asarlar yozgan. Xususan, 
“Odamlardan tinglab hikoya” to`plamida keltirilgan har bir hikoyasida har bir
inson obrazining ism-familiya va martabalarini to`liq va aniq ko`rsatgan holda
qog`ozga tushirib, ular til va uslub jihatdan yuksak mahorat ila badiiy qiyomiga
keltirgan.Aytaylik, “Omad” sarlavhali hikoyani Toshkent shahrining sobiq imom-
xatibi Anvar qori Tursunov so`zlab bergan. Unda bayon etilgan omadli voqea
chindan ham dunyolarga tatiydigan taassurot qoldiradi. Anvar qori Tursunov
Qirg`izistonning Qorasuv shahrida yashayotgan ustozi Alouddin Mansurni ziyorat
qilib borganida o`sha yerlik Botirbek ismli bir yigitga ish topishga yordam
berishiga to`g`ri keladi. Xullas, Botirbek o`n ming aholi yashaydigan Oqyor
qishlog`i qabristoniga go`rkovlikka joylashtiriladi. Oradan biror yil o`tib Anvar
qori yana o`sha tomonlarga ziyoratga borsa, huzuriga Botirbek keladi. “ Xo`sh, 
mulla Botirbek, o`zingizning ishlaringiz qalay ? Xizmatga ko`nikib qoldingizmi ?” 
deb so`raydi undan. Go`rkov yigitning gapi ajoyib-u g`aroyib bo`ladi : “ Endi , 
sizga qanday tushuntirsam ekan … Endi … shu, siz ishga qo`yib ketganingizdan
keyin ,,, qishlog`imizda birorta ham odam o`lmaydi-da …” Ana sizga omad-u,
mana omad !
Aslida Anvar qoridek tabarruk insonning shu ishga bosh qo`shgani Oqyor ahliga
katta odam keltirgandir, degan fikrlar xulosa o`rnida paydo bo`ladi.
Hayotda sodir bo’layotgan voqealarni, undagi tinim bilmas odamlarni hech 
e’tibor bilan kuzatganmisiz ?! Inson atalmish zot taniga jon tashrif buyuribdiki, u 
tinimsiz harakatda faoliyatda bo’ladi. Shu jarayonlarni o’zgacha nigoh bilan
kuzatgan, modern adabiyot vakili Xayriddin Sulton o`z hikoyalari hamda asarlari
35
Yoshlar seminariyasida so’zlangan nutqdan. 


269 
orqali novatorligini yana bir bor omma oldida isbotladi, xususan, biz yuqorida
fikr yuritgan “Odamlardan tinglab hikoya” to`plami orqali. 
Adibning «Tomosha», «Plastinka», «Olis «Artek» haqida xotiralar» singari hikoyalari 
bir qarashda bolalar hayoti, ularning muammolariga bag‘ishlangandek tasavvur 
uyg‘otadi. Mashhur rus hikoyanavis yozuvchisi Y.Kazakov «Shamchalar» 
(«Свечочки»), «Tushlaringda achchiq yig‘lading» («Во сне ты горько плакал») 
hikoyalarini bolalarga mo‘ljallab yozilgan emas, balki bolalar to‘g‘risidagi asarlar deya 
ta’riflagan edi.
36
Xayriddin Sultonning yuqorida zikr etilgan hikoyalari haqida ham 
xuddi shunday deyish mumkin. Chunki ularda bolalar hayoti kattalar nuqtai nazaridan 
tahlil qilinadi yoxud bolalikda, yoshlikda ro‘y bergan voqea-hodisaga hikoyachi-
qahramonning ulg‘aygach, teran yondashuvi asosida baho beriladi. Gap bola xarakteri, 
tuyg‘ulari, tarbiyasi xususida borar ekan, hikoyachi-qahramonning hayotiy tajribaga 
ko‘ra chiqargan mantiqiy xulosalari salmoqlidir. Ushbu hiko-yalarda ham inson 
ruhiyati qatlamlariga chuqur kiriladi, ma’naviy-axloqiy masalalar badiiy – estetik
rejada tahlil etiladi.
Badiiy adabiyotda ota - bola, avlodlar va ajdodlar o‘rtasidagi munosabatlar hamisha 
muhim mavzulardan biri bo‘lib kelgan, bu borada ko‘p va xo‘b asarlar yaratilgan. 
X.Sultonning «Nuqta», «Plastinka» hikoyalarida ko‘proq otaning farzandga 
munosabati tasvirlanadi. Bu munosabat, asosan, otaning botiniy kechinmalari tarzida 
ifodalanadiki,muhim ma`naviy-axloqiy ahamiyat kasb etadi. 
«Plastinka» asarida hikoyachi - qahramon – ota. Har qanday ota singari u ham hali 
go‘dak o‘g‘lining har bir gap-so‘zidan, qiliqlaridan zavqlanadi. Ko‘z o‘ngida o‘sib-
ulg‘ayayotgan farzandi esa o‘ziga yarasha o‘jar – aytganini qilmay qo‘ymaydigan 
xilidan. Bola-da, bola – podsho deyilishi shundan bo‘lsa kerak. Balki shu sababli ham 
o‘g‘li unga qadrli bo‘lgan «Sharq-u G`arbning ajib ohanglari» – plastinkalarni xona 
uzra yoyib, ustida «mashina haydagan»ida, gipslangan oyog‘i ostida plastinkalar qisir-
qisir singanida ota unga tanbeh berolmagan, og‘iz ochib biron narsa deyolmagandir. 
Ammo aynan shu manzara farzandi ulg‘ayganda qanday inson bo‘lishini o‘ylashiga, 
36
Казаков Ю. Две ночи. – М.: Современник, 1986. – С. 330.


270 
uning kelajagidan xavotir-lanishiga turtki bo‘ladi. Bu uning o‘g‘li haqida «Erta bir kun 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет