Ko‘rinib turibdiki, “Venn diagrammasi” asosiy tushunchalarning 2-3 va
undan ortiq o‘ziga xos jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish, taqqoslash,
farqli jihatlarini ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bu usul o‘quvchiga o‘tilgan
mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, mavzuga taalluqli bo‘lgan obyekt, jarayon
va hodisalarni taqqoslashga, ularni baholashga, umumiy va farqli tomonlarini tahlil
qilishga qaratilgan.
“Venn diagrammasi” o‘quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlashga, o‘z
fikrlarini mustaqil ravishda bayon etishga, yakka va kichik guruhlarda ishlashga,
boshqalar fikrini hurmat qilishga o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu metoddan geometriya
fanini o‘qitishda foydalanish geometrik shakllarni bir-biriga solishtirish, ularning
o‘ziga xos tomonlarini va o‘xshashliklarini aniqlashga, mavzuning chuqur va puxta
o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usuli
o‘quvchilarni yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishga, mavzu yuzasidan mustaqil fikr
yuritishga undaydi.
220
Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usul va vositalari
o‘quvchilarni amaliyotda uchraydigan muammolarni ko‘ra olishga, ularning sababini
aniqlashga va hal qilishga o‘rgatadi.
Muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjirini tuzishda “Nima
uchun?” sxemasidan foydalanish mumkin. Bu grafik organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy
fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
“Nima uchun?” chizmasi muammoni shakllantirishdan boshlanadi. “Nima uchun?”
savoli bilan ko‘rsatkich chiziladi va undan keyin o‘quvchi miyasiga kelgan javobni
yozadi. Ushbu jarayon berkitilgan sabab aniqlanguncha davom etadi.
Bu grafik organayzer turli muammoli masala va vaziyatlar yechimini to‘g‘ri topishga
o‘rgatadi, o‘quvchilarda muammo mohiyatini aniqlash bo‘yicha ko‘nikma va
malakalarini rivojlantiradi. Bu organayzer yordamida o‘quvchilar muammoli
vaziyatlarni kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qiladilar, ularning oqibatlarini
o‘rganadilar.
Grafik organayzerni tuzish kichik guruhlarda amalga oshirilsa, yaxshi samara beradi.
O‘quvchilar A4 formatidagi qog‘ozda berilgan muammoni kelib chiqish sabablarini
“Nima uchun?” savoli orqali har tomonlama tahlil qiladilar. Har bir qichik guruhga bir
xil muammo berilishi ham mumkin. Bu holda kichik guruhlarda izlab topilgan sabablar
oxirida jamoada muhokama qilinadi, har xil g‘oyalar o‘rganiladi. Bu organayzerni
tuzish ko‘p vaqt talab etganligi uchun amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshirish
maqsadga muvofiq.
Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchakning diagonallarining o‘zaro tengligi muammosiga
keladigan bo‘lsak, bu grafik organayzerni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:
Mashg‘ulot jarayonida shu kabi grafik organayzerlardan foydalanish orqali
muammoli vaziyatni hal etish bilan birga o‘quvchilarni kelgusi hayotga tayyorlash va
ularga o‘z bilim va ko‘nikmalaridan amaliyotda foydalanishni o‘rganish uchun
imkoniyat yaratgan bo‘lamiz.
Shunday qilib, 8-sinf geometriya kursidan “To‘g‘ri to‘rtburchak va uning xossalari”
mavzusi misolida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda
interfaol metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, matematika fani bo‘yicha tashkil etiladigan
mashg‘ulotlar jarayonida interfaol metodlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchini fanga bo‘lgan qiziqishini oshiradi
va mustaqil izlanishga undaydi. Chunki bu metodlar o‘quvchilarni olayotgan bilimlarni
o‘zlari qidirib topishga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishga, hatto xulosalarni ham o‘zi
keltirib chiqarishga o‘rgatadi.
221
Достарыңызбен бөлісу: |