Keys topshiriqlari:
1. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, matnni davom
ettiring, xulosalang.
2. Tugallangan matnga mos sarlavha tanlang.
3. Matn olib borilayotgan mashg‘ulot mavzusiga mos
ravishda tahlil eting. Masalan: reja bo‘yicha «Morfemik tahlil»
mavzusi o‘rganilayotgan bo‘lsa, matn morfemik jihatdan
tahlilga tortiladi.
Talabalar ushbu keysni o‘z tafakkur doiralaridan kelib
chiqqan holda davom ettirishlari, bugungi kun bilan bog‘lab,
xulosalashlari ham mumkin.
Topshiriqning javobi:
—
Ey Temur, agar sen jallod bo‘lsang, jonimizni ol, agar
qassob bo‘lsang, mayli bizni so‘y, agar sen adolatli shoh bo‘lib
kelgan bo‘lsang, bizga adolatingni ko‘rsat!
Bu so‘zlarni eshitgan buyuk sarkarda o‘ylanib qolibdi. Axir
«Kuch adolatdadir» shiori uning bir umrlik hayot maslagi
emasmi? Temur butun lashkari bilan hech qanday o‘ljasiz
qabilani tark etibdi. Oqsoqolning o‘ta tadbirkor va donoligi
qabilaning omon qolishiga sabab bo‘libdi.
Sarlavha «Dono oqsoqol»; «Adolatparvar shoh» tarzida
bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda dunyo adabiyotida, shu bilan birga o‘zbek
adabiyotida har qanday insonni ta’sirlantira oladigan, o‘zi
atigi bir nechta so‘zdangina iborat qisqa hikoyalar yozish
tajribasi amalga oshirilmoqda. Bunday hikoyalar tafakkurni
charxlashga, talabalarning mustaqil fikrlash doirasini
kengaytirishga xizmat qiladi.
|