Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет7/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Asosiy qism 
Maqol va folkor tushunchalari bevosita tilshunoslikning paremiyalogiya yo`nalishi 
bilan uzviy bog`liqdir. Avvalambor, maqollar insoniyatning kundalik turmush 
natijasida to`plagan tajribalari va kuzatuvlariga asoslangan mazmuniy va shakliy
maqsadlarni o`zida mujassam etadi. Ular bir necha asrlar davomida dunyoga kelib, 
og`izdan-og`izga ko`chib yurdi va avloddan-avlodga donolik va odillik 
tushunchalarini yetkazib berishda ulkan vazifani ado etdi. Bugungi kunga kelib 
maqol, matal, hikmatli so`z va iboralar olimlar va tilshunoslarning alohida e`tiboriga 
sazovor bo`ldi va ularni turli jihatdan tadbiq etish boshlandi. Misol tariqasida,
paremiyograflar maqollarni to`plash va tasniflash bilan shug`ullanayotgan bo`lsalar, 
paremiyologlar o`z e`tiborlarini ularning izohi, uslubi, mazmun-mohiyati, funksiyasi, 
ma`nosi va albatta ahamiyatiga qaratadilar. Bu sohadagi eng mukammal natijalarni
“Yearbook of International Proverb Scholarship” (edited by Wolfgang Mieder.)-
“Xalqaro maqollar stipendiyasi yilnomasi” yillik bibliografiyalarda ko`rishimiz 


43 
mumkin. Aslida paremiya bu qanday lingvistik birlik? Paremiya- bu te`ran ma`noga 
ega, tinglovchida axloqiy mulohazalarni uyg`otadigan, mazmunida ibratli xabarni 
yetkazadigan qisqa va aniq bayonotdir. Ularning kelib chiqish tarixiga qaraydigan 
bo`lsak, paremiologiya bu – yunoncha “paroimia” maqol, masal va logos so`z va 
ta`limot degan ma`noni anglatadi va tilshunoslik, frazeologiya va adabiyot bilan 
chambarchas bog`liq tushunchadir. Ba`zi manbalarda esa “para” old qo`shimchasi 
“yonma-yon yoki yarmi” , “oimos” esa “yo`l” degan ma`nolarni anglatishi hamda
“yo`lchining donoligi” sifatida tushinilishi qayd etib o`tilgan. Uning tub ma`nosida 
tinglovchiga dono maslahat berish, yo`l korsatish, ta`sir etish maqsadlari ko`zda 
tutilgan. Paremiyalar o`zining turli xususiyatlari bilan ahamiyatga molikdir. 
Avvalom mavzuning xilma-xilligi juda muhim yo`nalishdir. Matn mazmuniga ko`ra 
paremiyalar turli xil mavzularni o`z ichiga qamrab olishi hamda turli masalalarni 
maqsad qilishi mumkin. Masalan saboq berish, to`gri yo`lga solish, yomon yo`ldan 
qaytarish, inson xulq-atvori kabi turli yo`nalishlardagi paremiyalar juda ko`p 
uchraydi. Paremiyalarning yana bir asosiy belgisi uning o`ta qisqa nutqiy birliklardan 
tashkil topishi va bir vaqtning o`zida to`liq mustaqil gap ham bo`lib kelishi mumkin. 
Demak u oddiy yoki murakkab gapga asoslangan kompozitsiya bo`lib, u muloqot
davomida so`zlovchi va tinglovchilar orasidagi suhbat orqali mustahkamlanib boradi. 
Bu esa bevosita paremiyalarning avloddan-avlodga yetib borishida va tarqalishida 
juda muhim rol o`ynaydi. Paremiyalarning turlari haqida so`z borganda, quyidagilarni 
ta`kidlab o`tish lozim: axloq-odob yoki ma`naviy paremiyalar, hazil-mutoyiba 
paremiyalari, ritsarlik yoki bahodirlar haqidagi paremiyalar, savdo-sotiq haqidagi 
paremiyalar, ilmiy paremiyalar. Eng dastlabki tur ya`ni odob-axloq haqidagi 
paremiyalar odatda inson xulq-atvori, ma`lum bir xalq yoki millatga taalluqli urf-
odatlar, ma`lum bir geografik hududdagina uchraydigan tarbiya talablari haqida 
so`zlab beradi. Ular odatda tanqidiy mazmunda bo`lib, aynan qandaydir bir 
ideyallashtirish normalarini talab etadi. Hazil-mutoyiba paremiyalari o`z mazmunida 
yumaristik yoki istehzoli xarakterga ega bo`lib, odatda dialoglardan tarkib topadi va 
nutq so`zlovchi o`z-o`zi bilan, biror-bir suhbatdosh yoki majoziy obyekt bilan 
suhbat olib boradi. Ammo bu turning asosiy maqsadi dialogda qatnashmayotgan 


44 
ma`lum-bir shaxsga qaratilgan bo`ladi. Reklama paremiyalari ya`ni savdo-sotiq 
sohasi bilan uzviy bog`liq bu birliklar xaridorning e`tiborini tortish yoki ma`lum bir 
mahsulotni maqtash orqali sotishga erishishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi va uni 
ishlatgan shaxs bu turdagi paremiyalar orqali o`z maqsadiga erishadi. Bu esa o`z 
navbatida so`zlovchi auditoriyasning ishonchi, hayrati ortishiga sabab bo`ladi va 
nutqning ta`sirchanligini oshiradi. Ilmiy paremiyalar o`z nomidan kelib chiqib, 
asosan ilm-fan doirasida qo`llaniladi va aynan o`sha ilmiy soha yoki fan 
doirasidagina tushinilib, o`sha yo`nalishdagina ma`noga egadir. Bugungi kunda 
paremiologiyani tilshunoslikning mustahkam bir bo`limi deb aytish biroz qiyin 
bo`lsada, uning bir qancha muhim birliklari, xususan, paremiyalar haqida asosiy 
konsept sifatida so`z yuritishimiz mumkin. Ammo paremiyalogiya nafaqat maqol, 
matal yoki masallarni balki, ibratli so`zlar, hikmatlar, hadislar, vallerizmlar, shiorlar, 
aforizmlar, topishmoqlar, jumboqli vaziyat aks ettirilgan ibratli hikoyatlar va 
kelajakdan bashorat qiluvchi donolar so`zlarini ham o`z ichiga oladi.
Xulosa
Umumiy olib qaraganda, paremiya insoniyat o`rtasidagi muloqotda ishlatiladigan 
muhim element sifatida ma`lum bir tilning maxsus birlik va belgilarini anglatadi. 
Demak har bir til paremiyalogiyasi o`zgacha xususiyatga egadir. Biroq ularning 
asosiy maqsad va vazifasi bir- biror bir xalq guruh yoki millatning asrlar davomida 
erishilgan hayotiy ulkan tajribasiga asoslangan an`anaviy qadriyatlari va o`zaro 
munosabatlarining qisqacha obrazli og`zaki ifodasidir. Ular o`z navbatida, avloddan-
avlodga tarbiyaviy ahamiyatga ega ma`lumotlarni yetkazish vazifasini ado etadi. 
Dunyo xalqlariga nazar soladigan bo`lsak, ularning masal yoki maqollari tili, shakli, 
tasvir tafsilotlari yoki tarkibidagi obrazlari bilan farq qilsada, bir xil tipik vaziyatlarni 
ifodalashi va mazmunida aynan bir xil mantiqqa ega ekanligi bilan ahamiyatlidir. 
Ushbu jihatdan paremiyalarni o`rganish bilan qiyosiy paremiyalogiya shug`ullanadi. 
Rus adabiyotining mashhur paremiyologlari Grigoriy Lvovich Permyakov va 
Sergey Danilovich Mastepanovlar bu borada ulkan muvaffaqiyatlarga erishganlar. 
O`zbek adabiyotiga nazar soladigan bo`lsak , maqol va masallar borasida ish olib 


45 
borgan va o`z asarlarida ulardan mahorat ila foydalangan ijodkorlar juda ko`p. bu 
borada so`z borganda masalga alohida to`xtalish juda muhimdir. Masal arabcha- 
“namuna, misol” degan ma`nolarni anglatib, ta`limiy xarakterdagi, aksariyat kichik 
she`riy, ba`zan nasriy shakldagi asarni bildiradi va didaktik adabiyot janri 
hisoblanadi. Uning mazmuni majoz asosiga quriladi va unda ijtimoiy tanqid ruhi 
ustun bo`ladi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki 
latifalarga yaqin bo`lib,xotimasi, ta`limiy xulosasi maqol, hikmatli so`z va iboralar 
tarzida bo`ladi. Masal janri unsurlari juda qadimdan ma`lum. Uning dastlabki 
namunalari “Kalila va Dimna” tarkibida uchraydi. Masallar xuddi shuningdek, 
Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy 
o`zining “Zarbulmasal” asarida masallardan mohirlik bilan foydalangan. Qadimgi 
yunon adabiyotida Ezop, Rim adabiyotida Fedr, Fransuz adabiyotida Lafonten, rus 
adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyondalari sifatida shuhrat qozonganlar.
Quyidagi paremiologik namularda turli tillardagi yaqin mazmunni ko`rish mumkin: 
Though a monkey may wear a silk, a monkey stays.(Eshshak shoyi matodan libos 
kiysa hamki, u eshshakligicha qolaveradi. )
Navoiy ijodidan: It-birla eshshakni qancha qilma tarbiyat, It bo`lur eshshak bo`lur, 
Bo`lmas aslo odamiy! 
Bu ikkala paremiologik birlikning umumiy xususiyatlari juda ko`p, xususan ulardagi 
majoziy ma`no, didaktik maqsad va ramziy obrazlar. Demak paremiyalar qaysi til va 
yo`nalishda bo`lishidan qat`iy nazar, ular insonni tarbiyalash va jamiyatdagi 
muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi va shu sababli ham ular ulkan 
ahamiyatga ega. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет