Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Pdf көрінісі
бет8/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. 
Mieder, Wolfgang; Litovkina, Anna (2002). Twisted Wisdon: Modern Anti-
Proverbs. DeProverbio 
2. 
O`ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 


46 
3. 
Premyakov G.L. Strukturaviy paremiologiya asoslari- 1988.-236. 
4. 
Velichko. A. V. Tilning turli darajalaridagi frazeologik birliklar. (Величко 
А.В. Фразеологические единицы разных уровней языка. Универсальное и 
специфическое // Язык, сознание, коммуникация: Сб. статей / Отв. ред. серии 
В.В. Красных, А.И. Изотов. М.: МАКС Пресс, 2016. Вып. 53. С. 62-77.) 
5. 
Bredis. M.A. Paremiyalarning lingvo-kulturologik munosabatlari (Бредис 
М.А. Лингвокультурологическая парадигма денежных отношений в паремиях 
(на материале русского, латышского, литовского, немецкого и английского 
языков) // Паремиология в дискурсе: Общие и прикладные вопросы 
паремиологии. Пословица в дискурсе и в тексте. Пословица и языковая картина 
мира / Под ред. О.В. Ломакиной. М.: Ленанд, 2015. С. 191-213.) 
6. 
Google.com


47 
ФИО автора: Sattarova Moxiraxon Djo'rabayevna
Andijon viloyati Andijon shahar
39- maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
Название публикации: «ERTAKLAR KO’MAGIDA O’QUVCHILARNI 
IJODKORLIK VA MA’NAVIY KAMOLOT SARI YO’NALTIRISH» 
Annotatsiya: maqolada ertaklar yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilarida 
O’zbek va jahon xalqlari ertaklari qahramonlari va undagi voqea-hodisalar orqali 
mehr-shafqat, ezgulik, mardlik, go’zallik hissini uyg’otish. 
Kalit so’zlar: ertak, yaxshilik, ezgulik, xayoliy uydirma. 
Ertak atamasi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydi 
va biror voqeani og‘zaki hikoya qilish ma’nosini bildiradi. 
Xalq og‘zaki ijodida eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. 
Ertaklar xalq hayoti, milliy ma’naviyati, urf-odatlari, udumlari, an’analari, orzu-
umidlarini aks ettirib, bolalarga ma’naviy, axloqiy va badiiy oziqa beradi.
Xalkimiz “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” deb bejiz aytmagan. Ular har bir 
xalqqa xos va mos bo‘lgan hikoyatlardir. Xalk ertaklari tarbiyaviy jarayonni 
yaxlitligicha tashkil etish, ya’ni axloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy 
rivojlanish chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Ayni paytda ular 
tinglovchining ko‘pgina yaxshi xotiralarini yodiga soladi. Inson bolaligidan boshlab 
yaxshilikka, ezgulikka doimo intilib yashaydi. Har bir bola ertak tinglayotgan chog‘ida 
qahramonlardan biriga o‘xshashni, ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Kitoblardagi
rasmlarni qiziqish bilan tomosha qilish, kattalarning nutqini qanday maroq bilan 
tinglash bolalarning ertaklarga ijobiy munosabatda ekanligidan dalolat beradi. 
Ertaklardagi obrazlar his-hayajonga boy, rangdor va shu bilan birga kichkintoylarning 
tushunishlari uchun sodda bo‘lib, haqiqatga yaqinligi bilan ularni o‘ziga rom etadi. 
Ertaklar yordamida bolalarning xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va 
fantaziyalari uyg‘otiladi. Fantaziyaning uyg‘otilishi har xil hayvonlarning kesilgan 
tanalarini birlashtirish orqali turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol ko‘rinadi. Shu bilan 
birga bolaning nutqi, tafakkuri o‘sishi bilan bir qatorda dunyoqarashi ham kengayib


48 
boradi. Ertaklar tinglash, o‘qish - ona tilida til va nutqning taraqqiy etishini belgilab 
beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning 
paydo bo‘lishida qadimiy urf-odat, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim 
o‘rin tutgan. 
Hayot haqiqat bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga 
qurilgan didaktik g‘oya tashuvchi og‘zaki hikoyalar ertak deyiladi. Ertakning ba’zi bir 
viloyatlarda boshqacha atamasi ham uchraydi. Masalan, Surxondaryo, Samarqand, 
Farg‘onada — matal, Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda - ushuk, Xorazmda - 
varsaki, Toshkent shahri va uning atrofida cho‘pchak atamasi ham ishlatiladi. 
Ertaklarda xayoliy uydirmalar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular o‘ziga xos qurilishi 
bilan ham ajralib turadi. Ertak kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanmadan tashkil 
topadi. Ba’zi ertaklar «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan 
ekan», «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot» kabi qisqagina boshlamalar bilan boshlansa, 
ba’zi boshlamalar ancha uzun bo‘ladi. Ertaklar mavzu jihatidan hayvonlar haqidagi 
ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklar kabi turlari bor. Bu 
ertaklar orasida hayvonlar haqidagi ertaklar ham o‘z o‘rniga ega. 
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqib tinglaydigan va o‘qiydigan fantastik 
hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy tarzda tasvirlanadi, asar qahramonlari 
hayvonlar bo‘lsa-da, voqealar odamlar turmushi kabi kechadi. Hayvonlar haqidagi 
ertak personajlari - bo‘ri, tulki, sher, turli parranda va hasharotlar xuddi odamlarday 
harakat qiladilar, gapiradilar. Bunday ertaklarda Tulki — ayyorlik va munofiqlik. Ayiq 
— go‘l, laqmalik, Bo‘ri — qonxo‘rlik, Chumchuq — chaqimchilik ramzi sifatida 
xayolimizda muhrlanib qolgan. Xalqimizda birovning salbiy qilig‘i, muomalasi 
hamisha ham yuziga aytilmaydi, aniqrog‘i. birovning aybini ko‘rsatib tanbeh berishdan 
ko‘ra, uni yomon odatlardan ogoh etish, qaytarish millatimizga xos xususiyatdir. 
Bema’ni xulqli odamni yaxshi yo‘lga boshlash, tarbiyaga muhtoj insonni ezgu ishlarga 
undashda xuddi shu hayvonlar haqidagi ertaklar, ulardagi majoziy qahramonlar (bo‘ri, 
tulki, eshak, xo‘roz kabi) qo‘l keladi 
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarixida ertaklarning badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi 


49 
va bugungi kungacha saqlanib qolishida Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoyberdi 
o‘g‘li, Haydar Baychi o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, Husanboy Rasul o‘g‘li kabi 
ertakchi, matalchilarimiz katta xizmat qilganlar. Ular og‘zidan yozib olingan o‘zbek 
xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma’naviy zavq berib kelyapti.
O’quvchilar ijodiy ishining yaratuvchilik jihati shundaki, ijodkorlik faoliyatida 
bolalar o’rganilayotgan material mazmuniga mustaqil ravishda chuqurroq kirib 
boradilar, tahlil qilishda, xulosalar chiqarishda erkin bo’ladilar. Ularning bilim 
olishdagi yaratuvchanligi va ijodkorligi ta’limda bir-birini rad etmaydi, faqat har xil 
darajada aks etadi. O’quvchilarning bilim olishdagi yaratuvchanlik xarakteri milliy 
ta’lim tizimiga endi kirib kelayotgan hodisa. O’quvchilar tomonidan bilimlarning 
ijodiy va yaratuvchanlik shaklda o’zlashtirilishi ta’lim samaradorligi uchun ham, 
tafakkurining mustaqil bo’lishi uchun ham muhim.
O’quvchilarning ijodkorlik va yaratuvchanlik ishlari ularni bir-biriga qarshi 
qo’yish yoki birini ikkinchisi bilan almashtirish maqsadida emas, balki ular orasidagi 
umumiy xususiyatlar, farqli jihatlar, munosabatlar, aloqalarni ta’minlash maqsadida 
yo’lga qo’yilishi kerak. O’quvchilarning yaratuvchilik faoliyatida ijodkorlikning 
belgilari yashiringan bo’lsa, ularning ijodiy ishlarida yaratuvchilik faoliyatining 
belgilari mavjud bo’ladi. Har ikkala holat asosida ham o’quvchilarning mustaqil fikri 
yotadi. O’quvchi mustaqil ravishda ishlar ekan, demak u bu jarayonda o’z-o’zidan 
mustaqil fikr yuritadi. Bu ishlarning har ikkisi ham bugungi adabiy ta’lim va bu 
jarayonda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun o’ta dolzarb usullardan 
sanaladi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет