Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Integrativ yondashuv imkoniyatlari yuzasidan umumiy o‘rta maktablarning ona tili va adabiyot fanlari



Pdf көрінісі
бет323/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328
Integrativ yondashuv imkoniyatlari yuzasidan umumiy o‘rta maktablarning ona tili va adabiyot fanlari 
dastur va darsliklari tahlili 
Ona tili va adabiyot fanlari dastur va darsliklarini tahlil qilar ekanmiz, umumta’lim tizimida o‘qitiluvchi 
barcha fanlar xronologiyasi bir-biriga mutanosib ekanligini kuzatdik. Bu esa o‘z navbatida o‘qitishga 
yangicha yondashuvni tatbiq etishga monanddir. Ona tili va adabiyot fanining uzviy aloqadorligi bois 
o‘qitilayotgan mavzular ham mutanosib bo‘lishi lozim. Davlat ta’lim standarti talabiga ko‘ra umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarida ona tili fanidan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar uch 
yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar asosida tekshiriladi va aniqlanadi. Birinchi ko‘rsatkich o‘qish texnikasi bo‘lib, bu 
orqali o‘quvchining notanish matnni ifodali o‘qiy olish ko‘nikmasi aniqlanadi. Ikkinchi ko‘rsatkich o‘zgalar 
fikrini va matn mazmunini anglash malakasi bo‘lib, bu talab bolaning og‘zaki bayon qilinayotgan fikrni 
hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Uchinchi ko‘rsatkich 
esa fikrni yozma shaklda bayon etish malakasidir. Ta’kidlash lozimki, ona tili ta’limining maqsadi shu 
yo‘nalishda mujassamlashadiDarsni darslikka asoslanib tashkil etish degani darslikda berilgan o‘quv 
topshiriqlaridangina foydalanishni anglatmaydi, albatta. O‘qituvchi darslikdan ijodiy foydalanishi, ya’ni 
zarurat tug‘ilganda mashq shartiga qo‘shimcha shartlar kiritishi, berilgan shartni yangi shart bilan 
almashtirishi, lozim topsa, darslikdagi mashq o‘rnida o‘zi tuzgan mashqdan foydalanishi mumkin. Darslik 
materialiga yordamchi vosita sifatida turli jadvallardan, rasmli albomlar va tarqatma materiallardan, 
diapozitiv va diafilmlardan, ovozni yozib olish vositalaridan foydalanish mumkin15 . Ta’lim jarayonida 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etishi 
barchaga yaxshi ayon. Ammo dars jarayonida kompyuter texnikasidan hamma vaqt ham foydalanish 
imkoniyati bo‘lavermaydi va bu metodik jihatdan to‘g‘ri ham emas. Shunga ko‘ra ona tili fani to‘garak 
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning dars jarayonida o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini mustahkamlashda, og‘izaki 
va yozma nutqlarini rivojlantirishda o‘quvchilarning xohish-istaklari bilan kompyuter texnikasidan ijodiy 
foydalanish katta samara beradi. Ta’kidlash joizki, DTS va o‘quv dasturlari uzviylik hamda uzluksizlik nuqtayi 
nazaridan tahlil qilinib, optimallashtirilganidan amaliyotchilar xabardor. Xususan, ona tili fani bo‘yicha 10 
soat hajmdagi 10ta mavzu optimallashtirilgan edi. Shundan 5-sinfda 4 soat, 8-sinfda 1 soat hajmdagi 
mavzular murakkab deb topilib, ularga takrorlash darslaridan 1 soatdan qo‘shib berilgan. 9-sinfda esa 5 soat 
hajmdagi 5ta mavzu murakkab deb topilib, kasb-hunar ta’limi dasturiga o‘tkazilgan. Optimallashtirilgan 
mavzular bo‘yicha tayyorlangan tavsiyalar risola holida hamda elektron nusxada joylarga yetkazilgan. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 


982 
2. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 
2017.
3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Алишер Навоий номидаги Тошкент давлат ўзбек тили 
ва адабиёти университетини ташкил этиш тўғрисида” ги ПФ-4797 сонли Фармони. 2016 йил 13 май. 
4. Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligining garovi. – T: O‘zbekiston, 2017.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017- yil 7- fevraldagi farmoni. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет