Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет324/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


983 
ФИО автора: Doliyeva Dilnura Alisher qizi 
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti
Neft va gaz fakulteti, Gaz jihozlaridan foydalanish yo'nalishi 
2-kurs talabasi 
Название 
публикации: 
«GAZ 
BALLON 
BILAN 
JIHOZLANGAN 
AVTOMOBILLARGA XIZMAT KO‘RSATISH USTAXONASIDA MEHNAT 
XAVFSIZLIGI» 
ANNOTASIYA: Ushbu maqolada transport vositalarida ishlatiladigan gaz 
balonli ichki yonuv dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida agregat va 
uskunalarga qo‘yiladigan talablar, mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha bajariladigan 
ishlar va ustaxonada mehnatni muxofaza qilish, ustaxonani yoritish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar keltirilgan. 
 Kalit so‘zlar: ichki yonuv dvigateli, yonilg‘i turlari, gaz yonilg‘isi, yoritish, 
ustaxona maydoni, solishtirma quvvat, yoritilganlik koeffisiyenti. 
O‘zbekistonda bugungi kunda dunyo hamjamiyatini xavotirga solayotgan va 
barqaror 
rivojlanishga 
atrof-muxitga 
munosabatlarni 
yaxshilanishiga 
xavf 
tug‘dirayotgan, global iqlim o‘zgarishi ta’siri kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli 
ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston 1993 yilda BMT ning iqlim 
o‘zgarishi haqidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Uni bajarish bo‘yicha ishlar 
doirasida toza rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqarishga joriy etishga, avtomobil 
transportini ekologik toza yonilg‘iga o‘tkazishga, transport vositalarining ekologiyaga 
zararli ta’sirini kamaytirishga doimiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013-
2017 yillarda atrof-muhitni muxofaza qilish bo‘yicha harakat Dasturi haqida”gi qarori 
bu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Ushbu 
qarorga muvofiq atrofmuhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan issiq gazlar chiqindisini 
kamaytirish, neft-gaz, kimyo va energetika tarmoqlarining korxonalarini qayta qurish, 
ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha qator 
loyihalar amalga oshirildi.
2019 yil 18 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2035 
yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi” da mavjud ekologik muammolarga 
alohida to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining oldini olish 


984 
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida avtotransport vositalarining ekologiyaga ta’sirini 
kamaytirish masalasi yechimi sifatida, avtotransport vositalarining standartlarini joriy 
etish hamda Yevro-6 motor yonilg‘isi standartlarini kiritish belgilab qo‘yilgan. Global 
iqlimni 1,5 0S darajasida cheklash yer, energetika, sanoat tizimlariga va binolar, 
transport va shaharlarga tegishli “tezkor va uzoqqa boradigan” o‘tish jarayonlarini 
talab qiladi. Insonning faoliyatidan chiqqan karbonat angidrid (SO2) chiqindilari 2030 
yilga kelib 2010 yilga qaraganda taxminan 45% ga qisqartirilishi kerak, ya’ni 2050 
yilga qadar “aniq nol” ga erishish kerak deb ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, texnika 
fanlari doktori, prof. T.S.Xudoyberdiyev raxbarligida ichki yonuv dvigatellarni O‘rta 
Osiyo sharoitida ishlatish samaradorligini oshirishga katta xissa qo‘shdi. Hozirgi 
kunda uning rahbarligida O‘zbekistonning yangi avtomobillarini yaratish, dvigatellarni 
silindr- porshen guruhi detallarining issiqlikka bardoshliligini orttirish, ularni gaz 
ѐnilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar davom ettirilmoqda. S.M.Qodirovning 
“Traktor dvigatellarini unumli ishlatish” nomli kitobida avtomobillar, traktorlar va yo‘l 
qurilish mashinalari dvigatellarining ishlash jarayoni, dvigatel detallarining issiq iqlim 
sharoitida zo‘riqishi, dvigatel ko‘rsatkichlarini belgilovchi ekspluatatsion omillar 
atroflicha o‘rganilgan.
B.I.Bozorovning “Ekologicheskaya bezopasnost avtotransportnix sredstv” 
nomli kitobida avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini belgilovchi asosiy 
xususiyatlari 
keltirilgan. 
Q.M.Siddiqnazarov, 
U.V.Axmedov 
“O‘zbekiston 
avtotransporti o‘tmishda va istiqlol yillarida” ushbu kitobda avtotransport va 
ekologiya, avtotransportni paydo bo‘lishi, mustaqillik yillarigacha O‘zbekiston 
avtotransporti kabi ma’lumotlar keltirilgan [9]. N.G.Pevnev, A.P.Yelgin, 
L.N.Buxarov, “Texnicheskaya yekspluatasiya gazobalonnix avtomobiley”. Ushbu 
kitobda gaz ballonli avtomobillarni ishlatish va gaz yonilg‘isidan avtomobillar uchun 
yoqilg‘i sifatida foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan [10]. Panov Yu.V. 
“Ustanovka i yekspluatasiya gazoballonnogo oborudovaniya avtomobiley” [11]. 
Ushbu qo‘llanmada avtomobillarga gaz ballon uskunalarini o‘rnatish usullari va 
jihozlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. B.I.Bazarovnig “Nauchniye osnovi energo-
ekologicheskoy effektivnosti ispolzovaniya alternativnix motornix topliva” nomli 
dissertasiya ishida transport vositalari uchun alternativ yoqilg‘ilardan foydalanishning 
ekologik samaradorligi asoslari keltirilgan va asoslab berilgan [12]. Avtotransport 
korxonalarida servis xizmat ko‘rsatish jarayonida mehnatni muxofaza qilish jarayoni 
Respublikamiz olimlari tomonidan atroflicha tahlil etilgan.
Sanitariya-maishiy binolar qurish, yakka tartibdagi himoya vositalaridan 
foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda kasbiy kasallanishlarni 


985 
hamda zaharlanishlarning oldini olish, mehnatkashlar sog‘lig‘ini saqlash masalalarini 
hal etadi, shuningdek mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va ishlab chiqarish 
madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqadi.
Mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasining hamma talablari 
bajarilishini nazorat qilish Respublikamiz sog‘likni saqlash vazirligiga qarashli 
sanitariya epidemiyaga qarshi xizmatlari tashkilotlari hamda muassalari zimmasiga 
yuklatilgan. Ular avtoservis korxonalarini loyihalash, qurish yoki rekonstruksiya qilish 
yoki texnik qayta jihozlash va ulardan foydalanish bosqichida sanitariya nazoratini 
amalga oshiradi.
Avtotransport korxonalarida ishlayotgan ishchilar va xodimlar yaxshi ishlari 
uchun avvalo uni qurshab turgan muhitni muayyan sharoiti zarur bo'ladi.Tashkil 
etilayotgan yoqilg‘i apparaturalarini ta’mirlash korxonasida inson organizmiga ishlab 
chiqarishni har xil zararli omillari ta’sir ko‘rsatadi. Zararli omillar fizik, kimyoviy, 
biologik va psixofiziologik bo’lishi mumkin. Ularning hammasi inson organizmiga 
bevosita texnologik jarayonlar, mehnat tartibotlari hamda atrof-muhit orqali ta’sir 
qiladi. Barcha zararli omillar ishchilar organizmining tashqi ta’sirlariga qarshilik 
ko‘rsatilishini susaytiradi, mehnat qobilyatini kamayishi yoki butunlay yo‘qolishiga 
olib keladi.
Mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi ishlovchilarga zararli 
omillarni yo‘qotuvchi yoki kamaytiruvchi tashkiliy hamda sanitariya texnik tadbirlar 
va vositalar majmuidir. Agar ishlab chiqarish omillarining ta’siri muayyan sharoitda 
ishchilarning kasallanishi va mehnat qobilyatini yo‘qolishiga olib kelsa, ular 
hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisalar va kasbiy kasallanishlar ishchilarning sog‘ligiga 
zarar yetkazibgina qolmasdan, balki iqtisodiy ziyon ham yetkazadi: ish vaqtini 
yo‘qotilishiga, jihozlarni va asbobuskunalarni to‘xtab qolishiga, mahsulot ishlab 
chiqarishning kamayishiga, shuningdek ijtimoiy sug‘urta va zararlar o‘rnini qoplashlar 
bo‘yicha to‘lovlar ko‘rinishidagi bevosita harajatlarga olib keladi. Bu zararlarni 
Respublika miqyosida hisoblaydigan bo‘lsak, har yiliga bir necha milliard so‘mni 
tashkil qiladi. Mehnat gigiyenasi ishchilar organizmiga mehnat jarayonini atrofdagi 
ishlab chiqarish muhitining ta’sirini o‘rganadi hamda mehnatning sanitariyagigiyena 
sharoitini yaxshilashga doir tavsiyanomalarni ishlab chiqadi. Bu tavsiyanomalar 
ishlovchilar sog‘ligini saqlash va yaxshilash haqidagi fan bo‘lsa, sanitariya amalga 
oshirishga yordam beradigan amaliy faoliyatdir.
Gaz apparaturalarini ta’mirlash ishlarini detallarini qismlarga qo‘l kuchi bilan 
ajratganda birinchidan ishchilar ko‘p kuch sarflashadi, ikkinchidan gaz apparatularini 
ta’mirlashda extiyot bo‘lish kerak aks xolda atrofdagilarga va ishchilarga shikast 
yetkazishi mumkin. Shuning uchun qismlarga ajratishda stendlardan foydalaniladi, bu 


986 
stendlardan foydalanilgan elektr uzatmalari, elektrodvigatel va boshqa elektr jihozlari 
izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim. Gaz apparatularini ta’mirlash vaqtida stenddan gaz 
balonlarini va apparatlarini chiqib ketmasligini ta’minlovchi yordamchi jihozlarni 
ishlatish lozim, yordamchi jihozlarsiz ishlash mumkin emas. Gaz balonlarni stentdan 
otilib ketishini oldini olish uchun ularni mahkam qotiradigan to‘siqlar o‘rnatilgan 
bo‘lishi lozim. Ta’mirlanadigan detallarni dastgohida doimiy maxkam ushlab turish 
uchun turli xil moslamalardan foydalanish kerak. 
Xulosa o‘rnida quyidagilarni aytish mumkin:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi korxonalar, ishlab chiqarish binolari va 
xonalarning hududini sanitariya jihatidan obodonlashtirish, sanitariya texnikasi 
uskunalarini o‘rnatishdir.
2. Gaz apparaturalarini ta’mirlash ustaxonasida tortuvchi shamollatish 
qurilmasi, payvandlash dastgohi ustida va misgarlik dastgohi ustida tortuvchi zont 
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
3. Gaz apparaturalarini ta’mirlash ishlarini qilish apparatlarini ishlatishda ruxsat 
etilgan elektr toklarini ishlash kerak bo‘ladi. Shuning uchun apparatda ampermeti, 
xamda ko’rsatish jixozlari bыlishi lozim. Ampermeti nosoz bo‘lganda apparatni 
ishlatish qat’iyan ta’qiqlanadi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет