Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет41/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   328
Umumiylik va o'zizga xoslik: 
5
http://www.lex.uz/ pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti
6
http://www.lex.uz/ pages/getpage.aspx?lactjd=2456411 sayti


144 
Demak, blog - bu, onlayn-kundalik. Blogger esa uni yuritadigan odam. Oʻz- 
oʻzidan, 
bloggerlik 
degani 
blog 
yuritish 
ekanligi 
kelib 
chiqadi.6 
Jastin Xoll va Yoren Barger ("weblog" soʻzini o'ylab topishgan) oʻzlarining 
onlayn-kundaligini yuritishni boshlaganida, oradan bir necha yil oʻtib, blog yuritish 
shunchaki qiziqish yoki xobbi emas, balki biznes, hatto alohida kasbga aylanishi 
mumkinligi haqida oʻylab ko'rmagan ham boʻlsa kerak. Buning ustiga bloggerlik juda 
ajoyib kasb. Balki, dunyodagi eng yaxshi kasbdir. 
1. Bloggerlar - kuchli raqobatchilar. Internetda millionlab bloglar mavjud. 
Birgina WordPress platformasida ishlovchi bloglarning soni 76.5 millionga yaqin 
(2019-yil holatiga). Bundan tashqari yana Blogger, Tumblr va boshqa yirik blog 
platformalari ham mavjud. Misol uchun Civil.uz sayti ham WordPress platformasida 
ishlaydi. Agar dunyodagi eng mashhur bloglar haqida bilishni xohlasangiz, unda 
nufuzli 
Technorati 
reytingiga 
murojaat 
qilishingiz 
mumkin. 
Blogger juda tor sohada ijod qilgan taqdirda ham, unga albatta raqobatchi 
topiladi. Ularning orasida eng yaxshisi boʻlish uchun tinmay mehnat qilish lozim. 
Lekin, yaxshi yangilikdan biri shuki, Oʻzbekiston sharoitida hali yoritilmagan sohalar 
juda ko'p. Borlari ham talabga javob beradigan darajada emas. Bu esa yangi blogerlar 
uchun juda yaxshi imkoniyat, negaki ularga raqobatdoshlar deyarli mavjud emas. 
2. Bloggerlar - universal odamlardir. Mualliflik blogi – bu, mini-gazeta 
demakdir. Unda faqatgina bitta xodim ishlaydi xolos. Bloggerning o'zi ham muallif,
ham tuzatuvchi, ham muharrir, ham dizayn bilan ishlovchi bo'ladi. Ko'p hollarda, 
maqolani o'qigan o'quvchi uning ortida qanchalik mehnat yotganini his qila olmaydi, 
xatto bittagina "layk"ni ham qizg'onadi. Grammatika, uslubshunoslik, HTML, SEO, 
dizayn va hatto, psixologiya – yaxshi blogger bu sohalarning har biridan oz-moz 
bilimga ega boʻlishi lozim. 
3. Bloggerlar — yuqori kompyuter savodxonligiga ega odamlardir. Agar blog 
muallifi uchun eng asosiysi — yaxshi yozish, deb o'ylasangiz, adashasiz. To'g'ri, 
orfografik va tinish belgilari bo'yicha savodxonlik ham kam ahamiyatga ega emas, 
lekin bundan tashqari blogger texnikani ham yaxshi tushunishi lozim. Agar gap 


145 
shaxsiy blog haqida ketsa, bloggerning oldiga hech kim kelib, uning blogini tekinga 
sozlab bermaydi. Shuning uchun ham blogger dasturlash, veb-dizayn, qidiruv tizimlari 
va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash sohalarida ham yetarlicha bilimga ega bo'lishi 
lozim. Bundan tashqari, bloggerga oʻz blogini spam yoki fishing-hujumlardan ham 
himoya qilishni bilishi ham zarar qilmaydi. Bloggerlar – marketing guruhlaridir. 
Maqola yozildi, blogda e'lon qilindi, boʻldimi? Aslo unday emas! Blog moʻljallangan 
auditoriya uni o'qishi uchun blogger internetmarketing strategiyalarini o'rganadi: 
qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish, matnli 
reklama... Bularni maktabda yoki universitetda oʻqitishmaydi. Dunyoning qaysidir bir 
burchagida yashovchi hamda kulinariyaga oid blog yurituvchi uy Bekasi 
yuqoridagilarni o'zi oʻzlashtirishi lozim.
7
Xulosa qiladigan bo'lsak, bloggerlik faqat jamiyatdagi kamchiliklarni topib 
tanqid qilish emas, balki juda keng qamrovli faoliyat hisoblanadi. Blogger bo'lish 
uchun sizdan professional yozuvchi bo'lishni talab qilmaydi. Shunchaki ozgina 
kompyuter savodxonligi va yozadigan sohangizga qiziqish boʻlsa, kifoya.7 
“Bloggerlikka kimning qiziqishi qanday qilib bilmadim-u, lekin men oxirgi bir 
yil davomida bu sohaga asosiy ishlarimdan ham vaqt ajratish darajasida qiziqayapman. 
Saytim orqali fikrlarimni minglab o'zbekistonlik o'qishlari, yozganlar hech qanday 
cheklovlarsiz butun dunyoga bir zumda tarqalishi meni alohida ilhomlantiradi. Saytim 
bilan men o'zimni jurnalistdek his etaman. Saytim o'zim uchun mening shaxsiy 
televideniyam, yoki radio kanalimdek tuyuladi. Uning efirida o'zim xohlagan kuy 
taraladi, o'zim qiziqqan ma'lumotlar uzatiladi. TV yoki radio efirdan farqli ravishda 
7
«Jurnalistik faoliyatni ximoya kilish tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi konuni. 
Ommaviy axborot vositalari faoliyati soxasidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar to’plami. 
- T„ 2009. - B. 57. 


146 
boshqarilishi bilan saytim orqali muloqotga kirishish va kirish faoliyatining yanada 
jonli bo'lishini ta'minlash. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет