151
vositalari shunday yo'l tutyapti? Bu tasodifmi yoki uning zamirida uzoqni ko'zlagan
maqsad yashirinmi?
Beixtiyor, rus shoiri V.Mayakovskiyning "Modomiki, osmonda yulduzlar
charaqlab turgan ekan, ular kimgadir kerak" degan satrlari esga tushadi.
Bunday holni, afsuski, ayrim chet el radiolari tarqatayotgan xabarlarda ham
ko'rish mumkin. Ularni sinchiklab kuzatgan kishi g'alati "mehnat taqsimoti"ning
guvohi bo'ladi.
Axborot
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
Aloqa, axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshiriladi:
-Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot
tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish
bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
-Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining
yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
-Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot
xavfsizligini ta’minlash;
-davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini
ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
-davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan
monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston
Respublikasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga
belgilangan tartibda taqdim etish;
-telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik
qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish
152
sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi
ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot
xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish,
shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
-qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi
ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va
vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish
bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Xulosa
Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda
ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi
ustuvorlik qiladi. Bizning
birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz
haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, birinchi
prezidentimiz Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri
savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda:
"Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas,
balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim".
Достарыңызбен бөлісу: