Мавзу; Давлат таълим стандартлари.
Режа;
Кириш.
Асосий қисм.
Стандартлаштиришнинг меъёрий элементлари. Стандартлаштириш турлари.
ЎМКХТ давлат таълим стандартларининг функциялари.
ЎМХТ ДТС мақсади. Функциялари вазифалари таъмойиллари.
ЎМКХТ ДТСга ишлаб чиқиш ва амаллар қўллашга қўйиладиган талаблар.
Хулоса.
Фойдаланилган адабиётлар.
Kirish:
Standart, standartlashtirish me`yorlari tushunchalari
DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta’lim mazmunini o`zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko`rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o`z mohiyatiga ko`ra o`quv dasturlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, nizomlar, o`quv rejasi va boshqa meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. DTSni, uning talablarini bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o`quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o`quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo`luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta’minlashga asos bo`luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o`quv rejasi o`quv predmeti bo`yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun ajratilgan o`quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? – Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
ta’limning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
ta’limning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko`rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
ta’lim jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash;
mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash. Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:
ta’lim sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko`rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo`yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo`yiladigan tegishli talablarni belgilovchi meyoriy negizni yaratish;
xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’limning barcha turlarida ular mazmunini hamda olib boriladigan ta’lim va tarbiyani kelishib olish ularning o`zaro bog`liqligini, uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
o`quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan meyorlar va talablarni belgilash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
milliy standartlar talabini ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga nisbatan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
7-moddasida davlat ta’lim standartlari yoritilgan:
Davlat ta’lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim mazmuniga xamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Достарыңызбен бөлісу: |