Standartlashtirishning me`yoriy elementlari. Standartlashtirish turlari
Davlat ta’lim standarti (DTS) – 1) bu davlatning ta’lim darajasiga qo`ygan meyori sifatida qabul qilinadigan asosiy parametrlar tizimi bo`lib, muayyan shaxsning ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlari va ularni ideal darajaga yetkazishga erishishni anglatadi; 2) ta’limning zarur, yetarli darajasi va o`quv yuklamalari hajmiga qo`yiladigan asosiy davlat talablari majmuasidir.
Standart qanday ma’noni anglatadi? – muayyan hodisaning etaloni, namunasi, modeli, meyorlari, qoidalari, talablarini belgilovchi meyoriy hujjat.
Ta’limni standartlashtirishning obektlari quyidagilar:
ta’lim fanlarining tuzilmasi, mazmuni, o`quv yuklamasi hajmi, ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning malaka darajasi va tayyorlash sifati;
talablar, meyorlar, qoidalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim usullari va vostalari, shuningdek, ta’lim tizimida foydalaniladigan atamalar, tushunchalar, kategoriyalar;
ta’lim oluvchilar bilim darajasiga va kasbiy malakasiga tashxis qo`yish tartibi, bitiruvchilar sifatini, ta’lim faoliyati, pedagog va ilmiy-pedagog xodimlar sifatini baholash
Ta’limning umumiy shrta ta’lim, shrta maxsus, kasb-=unar ta’lim, oliy ta’lim uchun DTS belgilanadi.
Oliy ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. Klassifikator – bu oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lm yo`nalishlari va mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ruyxati. U 8 ta bilim sohasidan iborat (ta’lim, gumanitar fanlar va
san’at, ijtimoiy fanlar, biznes va huquq, fan, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlar, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, xizmatlar). Oliy ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori O`zbeikston Respublikasida texnikaviy-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo`yicha yagona tuzilma tarkibiga kiradi va vazirlar mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to`g`risida”gi 1998 yil 5 yanvar 5- son qarori asosida tayyorlangan.
Достарыңызбен бөлісу: |