Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет180/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Adabiyotlar 
1. 
N. Joʻrayev. Mustaqillik Oʻzbekiston tarixi. Toshkent -2013 270-bet  
2. 
Narzulla Joʻrayev. Oʻzbekiston tarixi (mustaqillik davri). Toshkent 2018. 61, 
64-betlar 
3. 
Q. Usmonov, A. Vahobov, S. Burhonov. Bunyodkorlik yillarida -tarixiy 
yutuqlar. Toshkent 2011 
4. 
Men Oʻzbekiston fuqarosiman. Toshkent 2010 


543 
ФИО автора: Azizov Usmonjon Abdulxamidovich 
Andijon viloyati Andijon shahar 39-maktab geografiya oqituvchisi 
Название публикации: «DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI VA 
UNING TAKOMILLASHUVI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada geosiyosiy tizim va geosiyosat takomillashishida
dunyo geostrategik holatini tubdan o‘zgartirishi bilan bog'liq ekanligi,geografik 
determinizm,makon ustidan nazorat,geosiyosiy davlar va geosiyosiy yondashuvlar
haqida to'liq so'z yuritiladi.  
Kalit so'zlar: geosiyosat,geosiyosiy tizim,harbiy-strategik yondashuv,sivilizatsion 
yondashuv, geografik determinizm,geosiyosiy kategoriya,Vestfal, Vena, Versal, 
Potsdam va Belovej davrlari. 
Ma'lumki,geosiyosat tushunchasi geografik siyosat — siyosatshunoslikdagi nazariya 
hisoblanadi.Geosiyosiy termini bu aniq bir davlatning oʻrni, tabiiy boyliklari, ob-
havosi,ya'ni iqlimi va boshqa geografik sabablarining mamlakat tashqi siyosatiga 
(geografik-siyosiy strategiyasiga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun foydalaniladi. 
"Geosiyosat” tushunchani esa fanga ilk marta shvetsiyalik olim Rudolf Chellen 
tomonidan olib kirilgan bo‘lsa-da, fanga doir ilmiy manbalarda fanning "otasi” sifatida 
nemis olimi Fridrix Ratsel nomi qayd qilinadi.
Fanning takomillashuvida geografiya, siyosatshunoslik, tarix, etnogeografiya, 
sotsiologiya kabi bir qator fanlarning ahamiyati juda katta. Fanning obyekti bo‘lib, 
dunyoning geosiyosiy tuzilishi va xalqaro dunyoviy targ‘ibot tushunilsa, jamiyatda
bo'layotgan turli xil darajadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ularning paydo bo'lishi,
harakatlanishi va o‘zgarib borishini o‘zida aks ettiruvchi hodisalar rivojini tahlil qilish 
uning predmetini tashkil qiladi.
Geosiyosatda mavjud bo'lgan barcha qarashlar hudud(makon) ustidan nazorat fikrini 
shakllantirishga qaratilgan. Ushbu predmet aynan mamlakat yoki mamlakatlar ittifoqi 


544 
tomonidan hudud ustidan nazorat qilishning muhim yo‘nalishlari va shakllarini tadqiq
qilishi bilan ajralib turadi. Nazorat qilinayotgan yoki nazorat qilinishi 
rejalashtirilayotgan makon geosiyosiy maydon deb ataladi. Bundan tashqari kuchlar
nisbati, siyosiy makon, chegara, geosiyosiy qiziqish kabi geosiyosiy qarashlar ham 
mavjuddir.
Geosiyosat takomillashuvida dunyo geostrategik holatini tubdan o‘zgartirishi bilan 
ifodalandi. Mazkur bosqichda ikki muhim yo‘nalish ajratiladi. Birinchi yo‘nalish — «bir 
quli dunyo» klassik, global geosiyosat sxemalarining davom etishi bilan, ikkinchi 
yo‘nalish esa boshqa tartibga tayanuvchi «asosiy geosiyosat paradigmalari»ga bog‘liq 
holda takomillashadi. 
Geosiyosat nuqtayi nazaridan insoniyat tarixi har xil geosiyosiy davrlarning qat’iy 
ketma-ketligidan iborat. Dunyo geosiyosiy tizimining rivojlanishida Vestfal, Vena, 
Versal, Potsdam va Belovej davrlarining ahamiyati juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. 
Shuning uchun ham ularning nomi geosiyosiy tizimi orqali taniqlidir.
Geosiyosat fani, muhim, uch xil ilmiy yondashuv ta'sirida shakllangan. Sivilizatsion 
yondashuv tarafdorlari insoniyat tarixini mamlakatlar yoki katta imperiyalar emas, 
balki turli xil madaniy-diniy jamoalar sivilizatsiyalar shakllantiradi degan g'oyani 
bildiradilar. N. Y. Danilevskiy, K. N. Leontyev, P. N. Savitskiy, L. N. Gumilyov, A.Toynbi, 
S. Xantington kabilar mazkur oqim fikrlari shakllanishiga katta hissa 
qo'shganlar.Garvard universiteti professori S. Xantingtonning 1993-yil nashr etilgan 
"Sivilizatsiyalar to'qnashuvi" deb nomlangan kitobida,XXI asrning muhim muhokamali 
to'qnashuvlar negizi boʻlib iqtisod yoki mafkura emas, balki sivilizatsiyalar chegaralari 
kesishgan makonlar hisoblanishini ta'kidlab o'tadi. 
Harbiy-strategik yondashuv tarafdorlari N. Makiavelli, K. fon Klauzes, X. I. Moltke, A. 
Mexen, D. A. Milyutin kabilar dengizbo'yi mamlakatlarining tarixi geografik joylashuvi, 
qirg'oq chegara chiziqlarining uzunligi va ko'rinishi, istiqomat qiluvchi aholi 


545 
soni,shuningdek ularga mos bo'lgan xususiyat kabi omillar ta'sirida rivojlanadi degan 
g'oyani bildirganlar. Mana shu oqim vakillarining fikrlarj umumiy tarzda dengizbo'yi 
mamlakatlarining kontinental mamlakatlarga nisbatan jahon siyosiy sahnasida 
yetakchilikka erishish uchun amalga oshirilishi shart bo'lgan, harakatlar yoʻnalishini 
ko'rsatib berishdan iborat bo'lgan, deb hisoblash mumkin. 
Geografik determinizm geosiyosatda bor boʻlgan eng qadimiy yondashuv hisoblanadi. 
Ushbu fikr tarafdorlari tabiiy muhit (iqlim, tuproq, daryo, dengiz va b.) jahon 
tarixi,shuningdek odamlar turmush tarziga ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydilar. Bu 
g'oyalar qadimiy dunyo olimlaridan Gerodot, Gippokrat, Polibiy,Aristotel kabilar 
tomonidan rivojlantirilgan, keyinchalik esa uning shakllanishida J. Baden, Sh. 
Monteskye, A. fon Gumboldt kabilarning mehnatlari juda katta bo'lgan. Ular 
tomonidan ko'rsatib berilgan tabiiy muhit unsurlari orasida aynan iqlim insonlar 
atvorining rivojlanishi va davlatlarda mavjud siyosat xususiyatlarni paydo kelishida 
sababchi boʻlgan muhim omil sifatida qaralgan.Geosiyosiy ta'limotning mumtoz 
tadqiqotlariga bir nazar tashlansa, yer yuzidagi strategik raqobat asos e`tibori bilan 
Yevro Osiyo qit`asining qirg`oq hududlaridan uning markaziy hududini egallashga 
e'tibor qaratilgan. Bu xartland va rimland o`rtasidagi raqobat, tellurokratiya va 
talassokratiya o`rtasidagi kurash tarzida sodir bo'lib kelgan.
Markaziy Osiyo «xartland» uchun olib boriladigan kurashda Janubiy Osiyodan kirib 
boriladigan yoki «rimland»ning Janubiy Osiyodagi qirg`oqlarini egallash uchun eng 
qulay yo`l hisoblanadi. G`arbiy Yevropa, Rossiya hamda AQSh geosiyosatchilarining 
tadqiqotlarida ko`rsatilishicha, Markaziy Osiyo hududi albatta u yoki bu geosiyosiy 
yetakchi mamlakatning milliy va iqtisodiy manfaatlari doirasiga kirgan. Shu nuqtai 
nazardan ham mazkur mintaqada sodir bo'layotgan geosiyosiy jarayonlar, 
mamlakatlarning tashqi siyosatlari albatta yetakchi mamlakatlarning tashqi 
strategiyasini hisobga olgan holda talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir. 


546 
1991-yil 8-dekabr kuni Belarusdagi Belovej Pushchasi qo'riqxonasida SSSR davlati 
rasman yakunlanishi munosabati bilan Belovej shartnomasining imzolanishi bugungi 
vaqtda eng oxirgi geosiyosiy bosqichning boshlanishiga sabab bo'ldi. Uning o'rnida 12 
ta mustaqil davlatning paydo bo'lishi va ularning MDH tarkibida birlashuvi; jahonda 
sotsialistik tuzumning yemirilishi; Yevropaning ko'pgina davlatlarida sodir bo'lgan 
siyosiy yangilanishlar; NATO harbiy bloki mavqeyining ko'tarilishi kabilar davrga xos 
muhim siyosiy o‘zgarishlar hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu davr hali 
o'z nihoyasiga yetgan emas. Bundan kelib chiqadiki, Belovej davriga xos bo'lgan yana 
bir qator siyosiy o'zgarishlar sodir bo'lishii mumkin. 
Izlanishlar mobaynida mintaqaviy osoyishtalikning asrlardan buyon rivojlanib 
kelayotgan geosiyosiy qoidalarga tayangan taqdirda mustahkam asosga ega bo`lishiga 
to'liq ishonch hosil qildik. Sababi har bir mintaqa o`zining geosiyosiy mavqeiga bog`liq 
tarzda juda tez yoki nistabatan past geosiyosiy ta`sirlashuvlar doirasida bo`ladi. 
Shuningdek,dunyo mintaqasi o`zining geosiyosiy ahamiyatiga ko`ra, qadimdan u yoki 
bu strategik kuchlarning geosiyosiy doirasida bo`lib kelgan. Dunyo davlatlari ichidagi
geomafkuraviy jarayonlarning shakllanishi va taraqqiy etib borishida barqarorlik 
kuzatilganini ko'rishimiz mumkin.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет