Ключевые слова: веротерпимость, традиция, межнациональное согласие,
ценности, интернационал, стратегия, культурный центр.
The idea of interethnic harmony is the idea of peaceful coexistence of all ethnic
groups living on earth on the basis of equality, mutual respect and cooperation. It
ensures the development of the language, customs, traditions and holidays of all
nations and peoples. Interethnic harmony is the only enlightened idea that opposes
nationalism, chauvinist ideas, racism, and national and ethnic wars. The idea of
interethnic harmony is especially relevant today, in the context of neo-fascism and
inter-civilizational conflicts. We all know that such cases are not observed among our
compatriots. In particular, the article discusses the tolerance of the Uzbek people,
their centuries-old perseverance, generosity, hospitality in times of dependence,
eternal kindness, and the fact that the Uzbek people are an example of high tolerance
in the post-independence period.
Keywords: religious tolerance, tradition, interethnic harmony, values, international,
strategy, cultural center
“Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston
Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.”
Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 8-moddasi.
Har bir millatning turmush tarzi, anʼanalari urf-odatlari, qadriyatlari va mana
shunday jihatlari millat qiyofasini, uning shakl-u shamoyilini belgilaydi. Oʻzbek
xalqi rivojlanayotganda u bilan birga anʼana va qadriyatlari ham shakllanadi.
Asosiy qadriyatlari esa qatʼiylik va irodalilik, bagʻrikenglik va muruvvatlilik,
vatanparvarlik va kamtarlik, mehnatsevarlik va mehmonnavozlik kabilardir.
Xalqimizning feʼl-atvoridagi bagʻrikenglik va muruvvatlilik qadim-qadim
zamonlardan maʼlum. Yillar oʻtgan sari bu fazilatlar takomillashib, rivojlanib borgan.
538
Ilk xalq ogʻzaki ijodida ham bu fazilatlar, dushmanga ham muruvvat qilishi kabi
jihatlari aks etagan.
Bugungi kunda, yurtimizda 130ga yaqin millat va elat vakillari yashayotgani, 20ga
yaqin diniy konfessiyalar faoliyat koʻrsatayotgan, eʼtiqod va anʼanalar mavjudligi,
har qanday eʼtiqodning hurmat qilinishi, har bir millat vakiliga qadriyat sifatida
qaralishi, boshqa xalqlarga oʻz madaniyatlarini rivojlanishiga keng imkoniyat
yaratilganligi ana shu bagʻrikenglikning oʻziga xos bir koʻrinishidir.
Xalqimiz nafaqat mustamlakachilik davrida, balki eng sinovli davr boʻlgan
jahon urishi davrida ham oʻzlarining matonati, bagʻrikengligi bilan boshqalarga
oʻrnak boʻldi deb oʻylaymiz. Xususan, urish yillarida yurtimizda 1 million nafardan
ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Jumladan, 200 000 nafari bolalar edi. Turli millatga
mansub yetim bolalarni xalqimiz oʻz farzandiday tarbiyalab, voyaga yetkazdi.
Boshqa millatga mansub boʻlgan 15 nafar bolani oʻz tarbiyasiga olgan oddiy temirchi
Shoahmad Shomahmudov, urushdan nogiron boʻlib qaytgan Hamid Samadov 13
bolani bagʻriga oldi. 10 nafar bolani tarbiyalagan Fotima Qosimovalar oʻzbek
xalqining matonati, bagʻrikengligi va oliyhimmatligi namunalaridir. Bundan tashqari
urush yillarda, yurtimiz UzSSR deb atalgan davrda vatanimizga Qirimdan 151 604
nafar qirim tatari, Shimoliy Kavkazdan 175 000 nafar chechenlar, 20 000 nafardan
ortiq ingushlar, 4500 nafar bolqor va greklar, Gruzyadan 110 000 nafar mesxeti
turklar koʻchirib keltirildi. Xalqimiz ularga xayrixohlik bildirdi, oʻz yurtimizdan
boshpana berishdi. Oʻsha yillardagi urush - oʻzbek xalqi oʻzining bagʻrikengligi,
mehmonnavozligi, sabr-toqati va bardoshini yaqqol namoyon qildi. Haqiqatan ham,
xalqimizning bunday qadriyatlari asrlar davomida shakllanib, sayqallanib bormoqda.
Sobiq SSSR davrida Kommunistik partiya dasturida “barcha millat va elatlarni
oʻzaro yaqinlashtirish” asosida milliy madaniyatlarni parchalash, yoʻqotish va
“yagona madaniyat”li yasama xalqni vujudga keltirish tendensiyasi ishlab chiqilib,
siyosat darajasigacha koʻtarilgandi. Ayni oʻsha davrlarda “ulugʻ ogʻachilik” yaʼni
ruslashtirish siyosati hukmron edi[1.270-b]. (Hozirgi kunda yurtimizda millatlararo
totuvlik, oʻzga millat vakillarining anʼanalarini hurmat qilish, milliyligiga putur
yetkazmaslik, qadriyatlarini oyoq osti qilmaslik huquqiy kafolatdir).
539
Mustaqillikka erishgan vaqtda Oʻzbekistonda 120dan ortiq (hozirda 130ga
yaqin) millat va elat vakillari yashar edi. Yosh Oʻzbekiston millatlar oʻrtasidagi
totuvlikni taʼminlash, koʻp millatli jamiyat tizimini mustahkamlash yoʻlini tanladi.
Istiqlol yillarida koʻp millatli mamlakatda fuqarolar orasidagi millatlararo totuvlikni
va tinchlikni saqlaganligi rivojlanish yoʻlidagi katta muvaffaqiyatdir. Millatlararo
totuvlikni taʼminlovchi huquqiy asoslar yaratildi.
Xalqimizning bunday qadriyatlari nafaqat anʼanalarda, yurtdoshlarimiz tarbiyasida,
balki, qonunlarimizda ham mustahkamlanib qoʻyildi.
“ Oʻzbekiston xalqi, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini taʼminlash
maqsadida oʻzining muxtor vakillari siymosida Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasini qabul qiladi” – deb Konstitutsiyaning muqaddima qismida yozib
qoʻyilgan[2.270-b]. Hattoki qonunimizning kirish qismidayoq milliy bagʻrikengligi
haqida soʻz ketganligi, qadriyatlarimizning chuqur ildiz otganligidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “ Oʻzbekiston xalqini millatidan qatʼi
nazar, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi” 8-moddasida va
“Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deb 18-moddasida belgilab
qoʻyilgan.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining oʻz ona
tillarida oʻqishi, taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ular kerakli
darsliklar va oʻquv qurollari bilan yetarli miqdorda taʼminlandilar. Ayni paytda
diyorimizda yashayotgan 130ga yaqin millat va elatlarning farzandlari mamlakatimiz
oʻquv yurtlarida va maktablarda 7 tilda taʼlim olmoqdalar: tojik, qirgʻiz, rus, oʻzbek,
qoraqalpoq, qozoq va turkman. Teleradio eshittirish va koʻrsatuvlarni efirga 12 tilda
uzatmoqdalar, gazeta va jurnallar 10ta tilda chop etilmoqda. Bu esa Oʻzbekistonda
millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Madaniyat vazirligi qoshida 1989-yilda millatlararo Madaniyat Markazi tashkil
etildi. Uning tarkibida qozoq, arman, koreys, tojik, ozarbayjon kabi millatlarning 12
540
ta markazlari faoliyat koʻrsayishni boshladi. 1992-yilda Oʻzbekiston
Respublikasining Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “ Baynalmilal Madaniyat”
Markazi tashkil qilindi. Bu markaz Oʻzbekiston hududida yashovchi milliy
guruhlarning maʼnaviy sohadagi ehtiyojlarini qondirishga oid masalalarni yechishga
yordam berishi lozim. Oʻzga millatlarning milliy bayramlari ham bu markazlar
tomonidan tashkillashtiriladi. Jumladan, ruslarning “Масленница рождество”,
tatarlarning “Sabantoʻy”, uygʻurlarning “Sayl”, xitoylarning “Chunuze” yangi yili,
koreyslarning “Soller”, va “Ovol-tano” singari anʼanaviy bayramlari
nishonlanmoqda[3.61-b]. Xususan, bizning “Navroʻz” bayramimizda ham oʻzga
millat vakillari ishtirok etmoqda. “Biz yagona oila farzandlarimiz”, “Oʻzbekiston-
umumiy uyimiz” shiori ostida 130dan ortiq millat va elat vakillari ishtirokida
festivallar boʻlib oʻtmoqda. Aynan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 4-
moddasida koʻrsatilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat
qiladigan barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat
qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Oʻzbekiston aholisining 80 foizini oʻzbek, 4.9 foizini tojik, 3.8 foizini ruslar, 3.6
foizini qozoqlar, va 7,7 foizini boshqa turli millat kishilari tashkil qiladi.
Yurtimizda oʻzga millatlar vakillarining madaniyatini hurmat qilinishining
belgisi sifatida Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Sergey
Yesenin tugʻilgan kunining 100 yilligi, Qozoq madaniyati Markazi Qozogʻistonning
Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda buyuk qozoq shoiri Abay tavalludining
150 yilligi, Qirgʻiz madaniyati Markazi Qirgʻizistoning Oʻzbekistondagi elchixonasi
bilan birgalikda “Manas” Qirgʻiz xalq eposining 1000 yilligi keng nishonladi. Bu
sanalar Oʻzbek xalqining ham katta bayramlariga aylandi. Milliy madaniyat
markazlari, fanlar akademiyasi va boshqa qator oliy oʻquv yurtlari ishtirokida ilmiy-
amaliy konferensiyalar oʻtkazildi. Bu oʻzga millat vakillariga boʻlgan cheksiz hurmat
va eʼtibor namunasidir. Bularga javoban, Yurtimizdagi Ukraina madaniyat Markazi
“Taqdirimiz – yagona” mavzusida davra stoli tashkil etdilar. Vatanimizdagi rus
millatiga mansub yurtdoshlarimiz “Oʻzbekiston -umumiy uyimiz” mavzusida suhbat
oʻtkazdilar.
541
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 -2021-
yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini Rivojlantirishning besh ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni
taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinchlikni yanada
mustahkamlash, millatlararo barqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yilda
Prezidentimizning “ Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik
aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul
qilindi[4.64-b].
Bulardan hozirgi kunda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik gʻoyasi
dunyodagi eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi yaqqol namoyon boʻlganini bilish
mumkin.
Oʻzbek xalqi millatlararo totuvlik bilan birga diniy bagʻrikenglikka ham alohida
eʼtibor qaratilgan. Bu esa bugungi kunda yurtimizda 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat
koʻrsatayotgani natijasidir. Oʻzbekiston aholisining 88 foizi islom dinga, 10 foizdan
ziyodi boshqa dinlarga va 1,8 foizi hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaydi. Asli
koʻpmillatli boʻlgan Oʻzbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik,
buddaviylik va boshqa konfessiyalarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. 1991-yil “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi. Bu qonun diniy
bagʻrikengligimiz muhim belgisidir. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir
inson xohlagan dinga eʼtiqod qilishi yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga
ega. Diniy qarashlar majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi”, deyilgan.
Qonunimizda ham koʻrinib turganidek, qadriyatlarimiz oliy darajada ekanini
bildiradi. Nafaqat hozir, balki oʻtgan asrlarda ham bizning yurtimizda bunday
qarashlar mavjud boʻlgan. Buni esa ilk manbalarda, qadimdan yurtimizda
zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi ideologik tizimga ega
boʻlgan din vakillari tinch totuv yashab kelganini koʻrish mumkin. Toshkentdagi
“Rim-Katolik” cherkovi xristianlarga boʻlgan yuksak izzatimiz nishonasidir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessoyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimiz aholisi balki, butun Markaziy Osiyo
542
davlatlari tomonidan ijobiy fikrlar bilan kutib olindi. Prezidentimiz oʻz nutqida
“Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.
Bularning bari Oʻzbekiston oliy qadriyatlar beshigi ekanining yorqin namunasidir.
Xulosa qilib aytganda, oʻzbek xalqi olis oʻtmishdan hozirgacha shakllanayotgan
qadriyatlarning betakrorligi va oliyhimmatligi, oʻzbek xalqining umumiy belgisidir.
Oʻzbek xalqi boshqa millat va elat vakillari bilan tinch totuv yashayotgani, oʻzga
dindagi kishilar bilan doʻstona munosabatlar oʻrnatayotgani, ularning bagʻrikengligi
va yuksak tarbiyasining natijasi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Shunday ekan, oriyatli,
bagʻrikeng ota-bobolarimizga munosib avlod vakillari boʻlib yetishmogʻimiz,
insoniylikning belgisi boʻlgan bagʻrikenglik tamoyillariga amal qilmogʻimiz
barchamizning burchimizdir.
Достарыңызбен бөлісу: |