535
Jahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlarning taklif va
tavsiyalari asosida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Minimal
iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish
to‘g‘risida”gi 544-son qarori qabul qilindi.
Amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Bundan
tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi
“Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy
himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-56-son qarori qabul qilindi.
O‘rta va uzoq muddatlarda kambag‘allikni qisqartirishning strategik
maqsadlarini belgilash maqsadida, Jahon banki va BMT Taraqqiyot Dasturi
ekspertlari bilan birga “2021-2030-yillarga qadar O‘zbekiston Respublikasida
kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashim lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning qashshoqlikni tugatish va kambag‘allikka qarshi kurashishni
asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag‘ishlangan
yechimlari judayam o‘rinli va dolzarbdir. Bugungi kunda O‘zbekistonda
kambag‘allikni kamaytirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ko‘zlangan
ezgu maqsadlarning ro‘yobi esa nafaqat yurtdoshlarimiz turmush farovonligini
yuksaltirishga, balki mamlakatimizning jahondagi rivojlangan davlatlar safiga
qo‘shilishiga mustahkam zamin yaratadi.
Достарыңызбен бөлісу: