761
g) o'z nutq madaniyatini takomillashtirish imkoniga ega bo'ladilar.
Mashqlar o'quvchilarning anglash va bora-bora o'quv faoliyatlarini yaxshilaydi:
ayrim dalillarni yodlab olish yo'li bilan ham puxta o'zlashtira boshlaydilar. Shunday
ham bo'ladiki, ko'p yozish yo'li bilan ko'p yozish tufayli o'quvchida ayrim so'z
shakllarini yoki tinish belgilarini to'g'ri qo'llab ketaverish ko'nikmasi shakllanib qoladi.
Mashqlar qat'iy bir tizim asosida o'tkaziladi. Dastlab, o'quvchilar matn ustida
ishlaydilar, so'z va gaplarni guruhlaydilar. Bular grammatik shakllarni anglash
mashqlari hisoblanadi.[4]
Maktablarda bunday mashqlarning misollar tanlash, chizmalar ustida ishlash,
matnni
shaklan
o'zgartirish
kabi
turlari
o'tkaziladi.
"Sayohat" metodi. Sayohat metodi ko'proq tarix, geografiya, biologiya, adabiyot
fanlarida ko'proq qo'llanib, ona tili o'qitishda nisbatan oz qo'llansa ham mohiyat e'tibori
bilan ona tili o'qitishda o'ziga xos o'rin tutadi. Sayohat ko'proq insho yozish uchun
material beradi, shuning uchun o'quvchi, masalan, muzeyda insho mazmuniga mos
bo'lgan
predmet
va
uning
belgilariga
alohida
e'tibor
beradilar,
ana
shu tushunchalarni ifodalovchi so'zlarni yozib olish lozim. 5-sinf o'quvchilari bilan
"Shevaga xos so'zlar" mavzusini o'rganishda sayohat metodidan foydalanish mumkin.
Har bir o'quvchi bilan alohida ishlash natijasida o'rganilganlarni ko'proq takrorlash va
mustahkamlash mumkin bo'ladi.
Достарыңызбен бөлісу: