Kalit so'zlar: O’zbek tili, audiovizual materiallar, yangilik dasturlari, maqolalar,
podkastlar, til o’tganish ko’nikmalari.
Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib, xalqaro
maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgani uchun dunyo xalqlarining o‘zbek
tiliga bo‘lgan qiziqishlari ham ortib bormoqda. Jahonning qator nufuzli oliy ta’lim
muassasalarida o‘zbek tili xorijiy til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan,
764
o‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya,
Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya,
Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi
davlatlarning 60 ga yaqin universiteti va 100 dan ziyod maktabida o‘rganilmoqda.
O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va
tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda.
Natijada, o‘zbek tili chet tili sifatida
o‘qitiladigan xorijlik talabalarga o‘zbek tilida sifatli ta’lim berish, ularning o‘zbek tilini
tez va oson o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida o‘zbek tilida ilmiy metodik bazani
shakllantirish va uni boyitish zaruriyati paydo bo‘lmoqda. Bu esa ayni vaqtda o‘zbek
tilini o‘qitishdagi ustuvor masalalardan biriga aylandi va metodik ta’minot –
kontentlarni yaratishni shart qilib qo‘ydi.
Biz yangi o‘ta rivojlangan texnologiyalar dunyosida yashayapmiz. Bugungi
kunda sun’iy aqlga ega turli-uman yangidan yangi qurilmalar, texnik vositalar
yaratilmoqda. Ular nafaqat ishlab chiqarishga, balki xonadonlarimizga, hatto
zamonaviy ta’lim tizimiga ham jadallik bilan kirib kelmoqda. Ta’limning boshqaruv
tizimi, ta’lim jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilmoqda – o‘qitishning yaxlit elektron
tizimi yaratilmoqda. Dunyo ta’lim tizmida zamonaviy texnika va texnologiyalar
yordamida audio-video va media-axborot mahsulotlarini yaratish va ulardan samarali
foydalangan holda til o‘rgatish ham allaqachon kafolatli ta’limning ajralmas qismiga
aylanib ulgurdi.
Darslarda audio-video va media-axborot materiallardan foydalanish ta’limda
audiovizual metod deb ham yuritiladi. Audiovizual (murakkab tarkibli) metod
ta’limning audiovizual vositalari (diafilmlar, o‘quv filmlari, kinofilmlar, animatsion
filmlar, videoroliklar, slaydlar, kliplar)dan va texnik vositalar (radio, televideniye va
axborotning elektron vositalari: kompyuter, planshet va smartfonlar)dan keng
foydalanishni nazarda tutadi.
Audiovizual materiallardan til o‘rgatish darslarining istalgan bosqichlarida,
nutqiy faoliyatning barcha turlarini shakllantirishda, ayniqsa, nutqni eshitib tushunish
va gapirishga o‘rgatishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Shunisi xarakterliki,
darslarda qo‘llanadigan audiovizual materiallar, xususan, videolar tilni jonli
765
kontekstda taqdim eta oladi. Darsni real dunyo bilan bog‘lay oladi va tilni harakatdagi
muloqot vaziyati bilan ko‘rsatadi. Bu esa talabalarning arsenalida mavjud bo‘lgan til
materiallarini boyitishga xizmat qiladi. Video materiallar talabalarga nafaqat ona tilida
so‘zlashuvchilarning jonli nutqini taqdim etadi, balki ular muloqotga kirishgan til
egalarining imo-ishoralarini va yuz ifodalarini ko‘radi, xullas, til o‘rganuvchilarni
o‘rganilayotgan til vaziyatiga olib kiradi. Shuningdek, videolar til o‘rganishdagi
madaniy to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi.
Yaratilajak darsda qo‘llanishi nazarda tutiladigan audio-video va media-axborot
materiallar o‘tilishi rejalashtirilgan darslarning mavzusi va mazmuniga mos kelishi,
ulardan tizimli va oqilona foydalanish texnikasini ishlab chiqish o‘ta muhimdir.
Shundagina ular darsning uzviy mazmuniy qismiga aylanadi va ularning samarad
orligi
yanada oshadi. Shuningdek, audiovizual materiallarning samarasi til o‘rganuvchi
talabalarning kommunikativ madaniyati
va intellektual salohiyati qay darajada
shakllantiri
lganiga ham qarab belgilanadi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlar mavhum va yangi tushunchalarni og'zaki
va vizual shaklda taqdim etilganda osonroq o'rganadilar. Boshqa tadqiqotlarga ko'ra,
vizual axborot vositasi odamlarga matnli axborot vositalariga qaraganda tushunarli
bo'ladi va keyinchalik eslashga yordam beradi. 2009-yilda o'tkazilgan Willingham
tadqiqotida u o'z fikrini bildirish uchun oddiy savolni so'raydi: "Nega talabalar
televideniyedagi hamma narsani eslashadi va biz o'rgatgan narsalarni unutishadi?"
"Chunki vizual media o'quvchilarga tushuncha va g'oyalarni saqlab qolishga yordam
beradi",. - deb javob beradi amerikalik tadqiqotchi Willingham. Shuningdek, filmlar,
hujjatli filmlar, teleko'rsatuvlar va musiqa kabi bir tomonlama aloqa vositalarining
imkoniyatlarini kengaytiradigan o'quv muhitini yaratish uchun texnologiyaning hal
qiluvchi rolini qayd etadi.
Audiovizual materiallardan nutqning to’rtala ko’nikma shakllarida ham
foydalanish mumkin. Buning uchun me’yor va yosh-xususiyatlarini chegaralab, bilim
darajasini ham aniqlab olish muhimdir. Masalan, biz boshlang’ich sinf yoshidagi
o’quvchilarga siyosiy yangiliklar haqidagi videoni qo’yib ko’rsatolmaymiz.
766
Shuningdek, universitet talabasini ham bolalar uchun mo’ljallangan kichik
ko’rsatuvlarni tomosha qilishga majburlay olmaymiz. Shunday ekan, har bir audio-
vizual materialni taqdim etishdan oldin uni kimga namoyish etmoqchi va qanday
uslubda yetkazmoqchi ekanligimizni belgilab olishimiz lozim.
Tinglab tushunish (Listening skill) ko’nikmasini rivojlantirish uchun biz
o'quvchilar bilan audio materiallar, jumladan radioeshittirishlardan, turli mavzulardagi
podkastlar, estrada qo’shiqlar
i, monolog va dialoglardan foydalanishimiz mumkin.
Bunda ular eshitish orqali raqamlarni, joy nomlarini, ismlarni, soat vaqtlarini topishlari
yoki bo’sh kataklarni, tushirib qoldirilgan so'zlar bilan gaplarni to'ldirishlari kerak
bo'ladi. Ushbu vazifalar til o’rganuvchilarning eshitib tushunish qobiliyatini
rivojlantirish bilan bir qatorda, ularning nutqiy ko’nikmasi, ya’ni so’zlashuv
mahoratini ham oshirishga xizmat qiladi.
O
'zbek tilida taqdim etiladigan matnlar orqali biz xorijliklarda o’qish mahorati
(reading skill) ni oshirishimiz, bunda ham media manbalaridan foydalanishimiz
mumkin. Jumladan, o’zbek tilidagi gazeta va jurnallar, masalan, “Xalq so’zi”,
“Hurriyat” kabi qator bosma nashrlarda berilayotgan, xabar, yangilik va maqolalarni
o'qish, tahlil va tahrir qilish orqali
til oʻrganuvchilarning ham o'qish mahorati ortadi,
ham o’zbek tilida fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Yozish mahorati (writing skill) ni oshirishda ham biz media mahsulotlariga
tayansak bo'ladi. O’quvchilarga turli kichik sahna asarlari uchun ssenariy tayyorlashni
yoki gazeta uchun ularning o'zlari maqola, xabar yoki yangiliklarni o’zbek tilida o'zlari
yozishlari haqida topshiriq berish mumkin. Bundan tashqari, o’zbek tilidagi bir qancha
bosma nashrlarni o’qib, tushungan mazmuni bo’yicha kichik
bayon yozishni topshirish
ham yozuv ko’nikmasini rivojlantirishda samarali bo’ladi. Internet nashrlari, ijtimoiy
tarmoqlar haqida ham xuddi shunday fikr yuritsak to’g’ri bo’ladi. Xorijlik o’quvchilar
bajonidil You Tube tarmog’ida o’z videolarini, boshqa ijtimoiy tarmoq va
messenjerlarga ma’lumotlar joylashlari va bir-birlarining virtual sahifalariga shaxsiy
munosabatlarini yozishlari mumkin. Bu esa albatta ularning yozuv ko’nikmasini
767
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Birgina talab, yo’naltiruvchi o’qituvchi til
o’rganuvchilarga har bir fikrni badiiylashtirilgan me’yorlar asosida yozishlarini
ta’kilashi lozim.
Gapirish mahoratini rivojlantirishda ham medianing barcha turlaridan bemalol
foydalanish mumkin. Misol uchun, filmlarni shunchaki tomosha qilish emas, balki,
oʻzlarini aktyor va aktrisalardek tutishlari, shuningdek, ular kabi rol ijro etib, ularning
aksentini o'zlashtirgan holda
faollarni qaytarishlari kerak bo'ladi. Shu jumladan,
o'quvchilar o'zlari axborot dasturi yoki ko'rsatuv tayyorlashi, o'zlari gapirib hamda
syomka qilib, uni ijtimoiy tarmoqlarga ham joylashlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, ommabop audio-vizual materiallar (filmlar, musiqa,
YouTube) til o’rganuvchi har bir shaxs uchun tanish vosita bo'lib, ular e'tiborni jalb
qilishga va muhokama qilinayotgan nazariyalar va tushunchalarga o’quvchilarning
qiziqishini saqlab qolishga yordam beradi. Chunki ular nazariya va tushunchalarni
amalda ko'rishlari mumkin. Majoziy ma'noda
, nazariya va tushunchalar ekrandan
sakrab chiqadi. O’quvchilar o'zlari o'rganayotgan nazariyalar va kontseptsiyalar
yordamida vositalarni tahlil qilib, analitik ko'nikmalarini oshirishi mumkin. Darsda
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish o'quvchilarga televizor ko'rayotganda,
musiqa tinglashda yoki do'stlari bilan kinoda bo'lganida tushunchalar va yangi
misollarni ko'rish imkonini beradi. Shu boisdan ham, o’zbek tilining chet tili sifatida
o'qitilishida ommaviy axborot vositalari materiallaridan foydalanish eng samarali
usullardan biri hisoblanadi.
768
Достарыңызбен бөлісу: |