782
Musavvir ijodidagi har bir asar biz uchun ma’naviy manbaa va
mahorat darsi sifatida hizmat qiladi. Uning Hirotda ijod qilgan vaqtida
chizgan Alisher Navoiy tasviri alohida ahamiyatga ega. Bu sur’at orqali
biz so’z mulkining sultoni, bobomiz mir Alisher Navoiyning hayotiy
qiyofasini ko’ramiz. Musavvir buyuk shoirni yoshi o’tgan keksalik
davrida, asoga suyangan holatda tasvirlagan bo’lib, u bizga yetib kelgan
shoir qiyofasining eng ishonchli ko’rinishi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Mahmud Muzahhib XVI asrning o’rtalarida Buxoroda juda barakali
ijod qiladi. Mahmud Muzahhib tomonidan o’sha yillarda o’ttizga yaqin asarlarini
ishlaganligi dunyo miniatyurashunos olimlariga ma’lum. Biroq afsuski, ular hali
to’planib, bir alohida kitob shaklida nashr etilmagan. Uning asarlari dunyoning turli
muzeylari va shaxsiy kolleksiyalarini bezab turibti va ularni taxlil qiluvchi yosh
ijodkorlarni kutmoqda.
Xulosa: Kamoliddin Behzod ijodining davomchisi, Buxoro miniatyura
maktabining asoschilaridan biri, kompozitsiya tuzishning moxir ustasi, portret
ishlashning yuqori cho’qqisini egallagan, o’zidan bebaxo
meros qoldirgan Mahmud
Muzahhibning hayoti va ijodni chuqur o’rganish va xalqimizni undan xabardor qilish
uchun izlanishlar olib borish yoshlar oldidagi vazifa bo’lin qolmoqda.
Достарыңызбен бөлісу: