Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет270/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

 
Адабиётлар. 
1.«Ўзбекистонда мактабгача таълим тизимини модернизациялаштириш - 
юксак маънавиятли келажак авлодни тарбиялаш негизидир» мавзусидаги 
республика илмий-амалий анжумани материаллари. - Т., 2009.


805 
2. Г. Хамидова., Ф.Нумонжонова. Мактабгача ёшдаги болалар 
интеллектуал қобилиятлари-ни интерактив методлар орқали ривожлантириш. 
Таълим, фан ва инновация, 2020/2.
3. Каримжанова Д.А. Ӯқув муассасаларида меъёрий ҳужжатларни юритиш. 
Ӯқув қулланма. Тошкент. 2021й. 
4. Каримжанова Д.А. Бозй ва инкишофи нутқ дар таълими савод. Ӯқув 
қулланма. Тошкент. 2021й. 


806 
ФИО автора: Gulmira Qosimova Otaquziyevna, 
Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahar kasb-hunar maktabi fizika fani o‘qituvchisi 
Название публикации: «FIZIKA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALAR» 
Annotatsiya: 
Ushbu 
maqolada 
fizika 
fanini 
o'qitishda 
innovatsion 
texnologiyalar mavzusida ma’lumotlar berilgan 
Kalit so‘zlar: O'qitish texnologiyasi, texnologiya atamasi, integratsiya, bilim 
berish va olishning samarali muhitini tashkillashtirish. 
 
O'qitish texnologiyasi - o'qitishning maqsadiga yetish uchun tanlab olingan 
metodlarni, vositalarni turli shaklda qo'llash, boshqacha aytganda, o’quvchilarga bilim 
berish tarbiyalash va rivojlantirishning unumli yo’lini ifodalaydi. Bunda xomashyo - 
o’quvchi hisoblanadi. Uni ishlatish - o'qitish jarayonini tashkil qilish. Mahsulot - yetarli 
bilimga ega bolgan, ta’lim-tarbiya olgan, ong jihatdan rivojlangan kasb-hunar, 
bitiruvchisi. Oliy maktabning yo‘nalishiga, guruhning darajasiga, o’quvchilarning 
xususiyatlariga, o‘quv predmetlarining o’rniga, ta’lim muassasasining moddiy-texnik 
bazasiga va unda yaratilgan sharoitga mos o'qitish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda 
amalga oshiriladi. 
O‘qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. 
O'qitishning muhitga mos kelishi - o’qitishni takomillashtirish va davr talabiga 
qaratilishi. boshqacha aytganda, ilmning yutuqlari bilan uning amalda qo’llanishi 
orasidagi farqni qisqartirish. 2. Muvofiqlik - o'qituvchi bilan o’quvchilarning minimal 
harakati bilan ta’lim -tarbiya ishida maksimal natijaga erishishi. 
3. Integratsiya - ta’lim-tarbiya ishini rivojlantirishga ijobiy ta’sir qilish maqsadida 
ko'pchilik ilmlarning yutuqlarini birlashtirish, bunda pedagogika bilan an’anaviy 
bog'langan psixologiya, sotsiologiya, fiziologiyalargina emas, balki informatika, 
statistika, iqtisodiyot, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlarning asosidan foydalanish. 


807 
4. Ilmiylik - o’qitishda yangi mazmun, metod, vosita va tashkillashtirish shakllarini 
qo'llash natijasini tadqiq qilishdir. 5. Jarayonlarni hamda ijobiy natijalarni takrorlanib 
turishi, har doim ta’lim-tarbiya berishni keyingi bosqichida yangi yutuqlarga 
erishishga intilishi hamda ta’lim olishi va o'qitishni yuqori mahorat bilan amalga 
oshirishiga oldindan sharoit yaratishdir. 6. O'quvchi yoki o’quvchi bilan o’qituvchining 
ish faoliyatini dasturlash. o'qitish jarayonini tashkillashtirishni aniq, ipidan-
ignasigacha rejalashtirish va aniqlashtirishdir. 7. O'quv vositalari va materiallaridan 
faol foydalanish. Bu esa, ma’lumotni faqatgina og'zaki usulda bermasdan, o'quv 
materiallari, texnik vositalari hamda kompyuter texnologiylarini qo'llash orqali amalga 
oshirishni nazarda tutadi. 8. Bilim berish va olishning samarali muhitini 
tashkillashtirish — bu ilmiy tadqiqotlar yutuqlariga asoslanadi. O'qitishning 
samaraliligi ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasining yetarli ta’minlanganlik 
darajasigagina emas, ulardan foydalanish bo'yicha ish-harakatlariga bog'liqdir. 9. 
O'qitish natijasini sifatli baholash — bu, talim-tarbiya ishining yuritilishida ko'p 
hollarda va yakuniy xulosa chiqarishda to'g'ri va obyektiv baholash, uning sifatini 
yaxshi bo'lishining birdanbir shartidir, albatta, bunga ko'p vaqt kerak. Agar o'qitish 
texnologiyasining mohiyatini to'g'ri tushunmasak, uni yaratish yo'lini bilmasak, 
faqatgina quruq baqirishga berilib, qorong'ida adashganday ahvolga tushib qolamiz. 
Bu esa hech qachon yaxshi natijaga olib kelmaydi. Shunday qilib, o'qitish 
texnologiyasini ishlab chiqishga qisqacha to'xtab o’taylik. O'qitishning didaktik 
maqsadini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish talab qilinadi: 1. O'qituvchiga 
yo'nalish beruvchi ustuvor maqsadlar: o'qitish jarayonida insonning bilish faoliyatini 
shakllantirish; keng fikrlash qobiliyatini tarbiyalash; jamiyatdagi o'zgarishlarni to'g'ri 
tushunishga o'rgatish; fan asoslarini mustaqil o'rganish ko'nikmalarini hosil qilish va 
boshqa. 
2. O‘quv rejasida va dasturida taklif qilingan o‘quv materiallarning mazmunini 
aniqlash; o'quv materialining tarkibini tuzish; har bir predmetning mazmuniga mos 
hayotda kerakli misollarni topish; o’quvchiga olgan bilimidan foydalanishga 
o'rgatuvchi ko'nikma va vazifalarni tuzish; o‘quv materialini o‘zlashtirishga 


808 
qo‘yiluvchi talablarni aniqlash; tekshirish va baholashning aniq va obyektiv 
ko'rsatkichlaridan foydaianish va boshqalar. Aytilgan didaktik maqsadlarning asosi 
me’yoriy hujjatlarda, boshqacha aytganda, bilim berish konsepsiyalarida, davlat ta’lim 
standartlarida, o'quv rejasi va dasturlarida, darslik va qo’llanmalarda o'z aksini topgan. 
Ular metodist-olimlar, tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqiladi, 
tegishli ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, bilim beruvchi o'quv yurtlariga taklif 
qilinadi. Bu hujjatlar bilan ta’lim muassalari jamoasi va o'qituvchilar ish olib borishadi. 
Ularga asoslanib o‘qituvchilar o'zlarining mavzuiy - taqvim rejasini tuzishadi. Unda, 
asosan, o'qiladigan mavzularning nomi, ularga ajratilgan soat, o'qitishda qo'llaniluvchi 
metodlar, vositalar, tashkiliy shaklning turi, mustaqil ish soatlari, uyga beriladigan 
vazifalar va foydalanadigan adabiyotlar ko'rsatiladi. Bunday reja tuzishning standart 
shakli yo'q. Biroq har bir o'qituvchi o'z ishini unumli bajarishi uchun, xohlagan 
shakldan foydalanishi mumkin. Mavzuiy - taqvim reja asosida o’qituvchi har bir gurah 
uchun dars rejasini tuzadi. Dars rejasining tuzilishi mutaxassisning o'quv rejasiga mos 
kelishi zarur. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет