Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari



Pdf көрінісі
бет293/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari 
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.:O’zbekiston, 1999. - 48 b.
2. Азизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство. 
Учеб.пособие.- Тошкент. ТДПУ 2003. - 192 с.
3. http://nafisaxaytullayeva.blogspot.com/
4. http://www.aci.uz/uz/news/uzaaa/article/110/
5. http://matematika.uz/
6. 
http://uz.infocom.uz/
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


885 
ФИО автора: Raupova Raxima Xolmatovna,
Farg'ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan
kasb-hunar maktabi Fizika o’qituvchisi 
Название публикации: «QATTIQ JISMLARNING MEXANIK XOSSALARI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qattiq jismlarning mexanik xossalari, 
Moddalarning issiqlikdan kengayishi, Qattiq jismning deformatsiyasi, deformatsiya va 
qattiq jismning tuzilishi, materialning mustahkamligi, moddaning plastikligi, 
moddaning mo’rtligi, issiqlikdan kengayish, chiziqli kengayish, suyuqliklarning 
issiqlikdan kengayishi, suv zichligining temperaturaga bog’liqligi, suv muzlaganida 
kengayishi va uning oqibatlari. Mexanika bolimida qattiq jism deformatsiyasiga 
toxtalib otilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki jism na faqat tashqi kuch, balki qizitish 
va sovitish natijasida ham oz shaklini, va demak ichki energiyasini o’zgartirishi 
mumkin.
Kalit so’zlar: deformatsiya, elastiklik, energiya, moddaning plastikligi, 
moddaning qattiqligi. 
Tashqi kuchlar ta’sirida, qizitilganda yoki sovitilganda jism hajmining va 
shaklining o’zgarishiga qattiq jismning deformatsiyasi deyiladi. Deformatsiyalovchi 
sabab olingandan song jism o’zining dastlabki holatini to’la tiklasa elastik 
deformatsiya, tiklamasa plastik deformatsiya deyiladi. Moddalar elastiklik va plastiklik 
xossalariga ega boladi. Masalan, po’lat, rezina, teri, mis, mum-plastik moddalardir. 
Deformatsiya va qattiq jismning tuzilishi. Deformatsiya natijasida kristall panjara 
tugunlarida joylashgan zarralarining bir birlariga nisbatan siljishlari roy beradi. Bu esa 
zarralar ortasida vujudga kelgan ozaro ta’sir kuchlari muvozanatining buzilishiga olib 
keladi. Natijada zarralarni dastlabki ornilariga qaytarishga harakat qiluvchi ichki 
elastiklik kuchlari Fel- vujudga keladi. Har qanday deformatsiyani amalga oshirish 
uchun ish bajariladi yoki issiqlik miqdori beriladi. Deformatsiyalangan jism ichki 
energiyasining ozgarishi tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan ish yoki berilgan issiqlik 
miqdoriga teng boladi. Misol uchun elastik ravishda chozilgan yoki siqilgan 
sterjenning potentsial energiyasi quyidagicha ozgaradi. Turli xil qurilmalarni 


886 
loyihalashda materiallarning mustahkamligini hisobga olish kerak. Materiallarning 
mustahkamligi deb, u buzilmasdan chidashi mumkin bolgan yukka (ogirlikka) aytiladi. 
Mahkamlik chegarasi σm deb normal mexanik kuchlanishning yuk chidashi mumkin 
bolgan eng katta qiymatiga aytiladi; Elastiklik chegarasi σe deb σ ning deformatsiya 
va unga qoyilgan kuch orasidagi proportsionallik saqlanadigan chegaradagi 
qiymatiga,ya’ni Guk qonuni bajariladigan chegaradagi qiymatiga aytiladi.
Moddaning plastikligi Juda ko’p moddalarning plastikligi ularning elastiklik 
chegarasidan juda katta boladi. Bunday moddalarga qayishqoq moddalar deyiladi. Ular 
ham elastik, ham plastik deformatsiyaga ega boladi. Bundaylarga mis, ruh, temir va 
boshqalar misol boladi. Mum,loy,plastilin kabi elastik deformatsiya sohasi mavjud 
bolmagan moddalarga esa plastiklar deyiladi. Mahsulotning sinishga qarshilik qilish 
qobiliyati nafaqat moddaning sifatiga, balki mahsulotning shakliga va korinishiga ham 
bog’liq boladi. Masalan tayoqchani chozishdan ko`ra bir tomonlama siqish yordamida 
tezroq sindirish mumkin.
Moddaning murtligi. Uncha katta bolmagan deformatsiya natijasida bolaklanib 
ketadigan jismga murt jism deyiladi. Misol uchun shisha, chinni idishlar murt 
hisoblanadi. Choyan, marmar, kahrabo judayam yuqori mortlikka ega. Polat, mis, 
qorgoshinlar esa murt bolmagan moddalar hisoblanadi. Murt moddalarning elastiklik 
va mustahkamlik chegarasi qariyib bir xil. Shuni ta’kidlab otish lozimki u yoki bu 
moddadan ma’lum maqsadda foydalanishda uning murtligiga e’tibor beriladi.
Moddaning qattiqligi. Texnikada moddalarning qattiqligi ham muhim ahamiyatga 
ega boladi. Ikkita material berilgan bolsa ularning qaysinisi ikkinchisining sirtida 
chizib iz qoldira olsa osha qattiq hisoblanadi. Metallarni arralash va kesish uchun 
ishlatiladigan moddalar, qayta ishlanadiganlariga nisbatan qattiqroq bolishi kerakligi 
shubhasiz.Hozirgi 
paytda 
bu 
maqsadlarda 
ota 
qattiq 
qotishmalardan 
foydalaniladi.Tabiiy moddalar ichida eng qattigi olmosdir.
Texnikada suyuqliklarning ham issiqlikdan kengayishini hisobga olish zarur. 
Yopiq idishda saqlanadigan suyuqlik qizdirilganda portlab ketishi mumkin. Shuning 
uchun ham turli idishlar suyuqliklar bilan toldirilganda yoki juda qattiq yopilmaydi, 
yoki suyuqlik hajmining ortishi hisobga olinib boshliq qoldiriladi. Suv zichligining 


887 
haroratga bog’liqligi. Ko’pgina suyuqliklar harorat ortishi bilan suyuqliklarning 
zichligi kamayadi. Lekin suv bundan mustasno. Suv ozining eng katta zichligiga 40Cda 
erishadi. Bunga sabab muz kristall panjarasining o`ziga xos xususiyatga ega 
ekanligidir. Agar suyuq holatda H2O molekulalari bir-biriga jips joylashsa
kristallanishda molekulalar orasidagi masofa ortadi va muz kristali molekulalari 
orasida boshliq vujudga keladi. Natijada muz holatidagi suvning hajmi ortadi.
Suvning zichligi 40
0
Cda eng katta qiymatiga erishadi va muzdagidan ham katta 
boladi. SHuning uchun ham muz suvda suzib yuradi. Harorat 40C dan kotarilganda 
ham, pasayganda ham suyuqlikning zichligi kamayadi va demak hajmi ortadi. Suv 
zichligi ozgarishining tabiatga ta’siri. Yer shari sirtining sakson foizini suv qoplab 
turgani uchun ham, uning issiqlikdan kengayishining oziga xos xususiyati ob-havoga 
katta ta’sir korsatadi. Bunga suv havzalarida turli haroratli suv qatlamlarining tinimsiz 
orin almashuvi yaqqol misol boladi. Suvning harorati 40C ga etguncha issiqroq 
suvning zichligi sovuqroq suvning zichligiga nisbatan kichikroq boladi va shuning 
uchun ham issiqroq suv yuqoriga kotarilib, sovuqrogi pastga tushadi. Haroratning 0dan 
40C gacha bolgan oraligida esa teskari hol roy beradi. Endi yuqoriroq haroratli suv 
pastga tushadi, sovuqrogi esa yuqoriga kotarilib yanada sovuydi va muzlaydi. Shu 
sababli suv havzalarining yuqori qatlami muzlab qoyi qatlamlari muzlamaydi. Natijada 
suv havzasi tubigacha muzlamay undagi baliqlar va boshqa jonzotlar hayoti saqlanib 
qolinadi. Suvning muzlaganda kengayishi va uning oqibatlari. Yuqorida qayd 
etilganidek suv muzlaganda uning molekulalari orasidagi masofa, va demak muz 
holatidagi suvning hajmi ham ortadi.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет