Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет326/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328
 Kalit so‘zlar: Global, Renessans, Yangi O‘zbekiston, Strategiya, G8 
mamlakatlari, Indeks, Suniy intellekt, IT, Osiyo yo‘lbarslari, BMT. 
“Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda
ilm va ta’lim o‘rganish bilan muhit yaratilsa,
bobolarimizga munosib hayot va 
 kelajakni qura olamiz!” 
SH.M. Mirziyoyev. 
 
Hozirgi globallashuv davrida jahonning turli mintaqalarida kechayotgan 
voqealar, o‘zgarishlar, yangilik va turli notinchliklar har bir insonni albatta sergaklikka 
va zamonga kengroq nazar bilan boqishga undaydi. Jahonning eng yuksalgan davlatlari 
o‘zining taraqqiyot yo‘lida ildamlab ketayotgan bir vaqtda, hali hamon o‘z rivojlanish 
yo‘lini topa olmayotgan davlatlar orasida tobora ulkan tafovutlar vujudga kelmoqda. 
Ayrim mamlakatlar kuchli ocharchilikni, inqirozlarni boshidan o‘tkazmoqda, ayrimlari 
esa boshqalarning boylik va mol-mulklariga ko‘z olaytirib turli siyosiy o‘yinlarni 
amalga oshirmoqda. Quvonarli jihati shundaki, jonajon vatanimiz O‘zbekiston mana 
shunday zamonda o‘zining mustahkam rivojlanish strategiyasini amalda tadbiq etgan 


989 
holda rivojlanayotgan mamlakatlar reytingida yuqori o‘rinlarda bormoqda. Bunga 
sabab 
muhtaram 
prezidentimiz 
Shavkat 
Miromonovich 
Mirziyoyevning 
mamlakatamiz miqyosida olib borayotgan odil siyosatlaridir. Mamlakatimiz hayotida 
so‘ngi 5 yilga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ko‘pdan-ko‘p o‘zgarishlar va 
yangilanishlarni ko‘rishimiz mumkin. Xalqimizning hayot tarzini, ularning turmush 
kechirishini yaxshilash va jamiyatdagi har bir insonni qadr-qimmatini yuksaksaltirish, 
munosib hayot kechirishi uchun tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 
Aytish joizki, O‘zbekiston 2030-yilga kelib dunyoning eng rivojlangan 50 ta 
mamlakatlari qatoridan o‘rin olishni maqsad qilgan. Bu yo‘lda jamiyatimiz hayotida 
ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ya’ni, yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun 
davlatimiz uzoq yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot yo‘lini mustahkam belgilab olgan. 
Prezidentimiz ilk rahabarlik yillaridan xalqimizning hayotini va ularning manfaatlarini 
chuqur isloh qilishni ko‘zlab bir qator muhim vazifalarni amalga oshirdilar. Bunga 
yaqqol misol qilib 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb 
nomlanganligini aytishimiz mumkin. Shu yildan boshlab jamiyatimiz hayotiga yangi 
termin va iboralar kirib kela boshladi. “Xalq qabulxonalari”, “Temir daftar”, 
“Mahallabay” va shu kabi boshqa yangi terminlar xalqimiz tiliga o‘zlasha bordi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy rivojlanishning birinchi bosqichi sifatida 
2017-2021- yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” ni qabul qildilar. Bunda 
asosiy yo‘nalishlar etib quydagilar belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari. 
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo‘nalishlari. 
3. Iqtisodiyotni 
rivojlantirish 
va 
liberallashtirishning 
ustuvor 
yo‘nalishlari. 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari. 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash 
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.[1] 


990 
Ushbu strategiyadagi vazifalarni qay tarzda amalga oshganligini ko‘rish 
uchun statistik ma’lumotlarga yuzlanamiz. O‘zbekiston xalqaro reytinglar va 
indekslardagi ko‘rsatkichlari 4 yillik sarhisobda (2016 va 2019) dunyo mamlakatlari 
ichida 168-o‘rindan 44-o‘ringacha yuqorilaganini ko‘rishimiz mumkin va Braziliya, 
Serbiya kabi mamlakatlarni ortda qoldirdi. Economic Freedom (Iqtisodiy Erkinlik) 
reytingida ham 152-o‘rindan 108-o‘ringacha ya’ni 44 pog‘ana ko‘tarilganini ham 
aytishimiz mumkin. Mana shunday yuqori ko‘rsatkichlarni davom ettirib yana ham 
yuqori natijalarga erishish maqsadida “Harakatlar strategiyasi” dan “Taraqqiyot 
strategiyasi” ga o‘tilmoqda. “Taraqqiyot strategiyasi” da ham “Harakatlar strategiyasi” 
dagi ustuvor yo‘nalishlar mustahkamlab o‘tilgan. O‘zbekiston xalqaro maydondagi 
o‘rnini yuksaltirish va mustahkamlash uchun juda ham katta ishlarni amalga 
oshirmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, mustaqilligimiz yillarida Birinchi prezidentimiz 
Islom Abdug‘aniyevich Karimov “O‘zbekiston kelajagi-buyuk davlat” tamoyili 
asosida xalqimizni milliy tiklanish sari yetaklagan bo‘lsalar, hozirda prezidentimiz 
Shavkat Mirziyoyev milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari olg‘a boshlamoqdalar. 
Darhaqiqat, yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqi sifatida bugungi kun yurtimiz aholisini 
ajdodlarga munosib avlod bo‘lish va ular erishgan yutuqlarni davomiyligini saqlagan 
holda O‘zbekiston bugun o‘z oldiga Yangi O‘zbekiston va bunda g‘oyat ulkan maqsad 
III Renessansni barpo etishni qo‘ydi va bu yo‘lda mamlakatimiz yoshlari asosiy qurol 
sifatida e’tirof etilmoqda. Ona tilimizga g‘oyat notanish Renessans so‘zi lug‘aviy 
fransuzcha “qayta tug‘ilish” degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z o‘zbek tiliga esa 
“Uyg‘onish davri” sifatida tarjima qilingan. 
Nega aynan renessans? Yurtimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tmishda 
mamlakatimiz hududida ikkita uyg‘onish davrini ya’ni renessansni ko‘rishimiz 
mumkin. Bular IX va XII asrlarda ilk renessans va o‘rta asr renessansi ya’ni Amir 
Temur va temuriylar davrida XIV asr oxirgi choragi va XVI asr birinchi choragini o‘z 
ichiga oladi. Birinchi uyg‘onish davrida yurtimizdan Imom al-Buxoriy, al-Termiziy, 
Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Marg‘inoniy, Farg‘oniy, Motrudiy, Qoshg‘ariy 
kabi o‘nlab olim va mutaffakkirlar yetishib chiqgan. Ikkinchi renessans davrida esa 


991 
o‘lkamizdan Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Kamoliddin Behzod, Qozizoda Rumiy, Koshoniy, 
Ali Qushchi, Ulug‘bek kabi buyuk allomalarimiz yetishib chiqgan. Ushbu ikki 
renessans davrida yurtimiz butun dunyoga dong taratgan insonlarni yetishtirib 
chiqargan va yurtimiz osha davrlarning har javhada yuksalgan ilg‘or mamlakatlar 
qatorida bo‘lgan. Bu davrlarni, bunday odamlarni sanab o‘tar ekansiz laoqal siz ham 
o‘sha davrlarda, o‘sha insonlar qatorida bo‘lgingiz keladi. Biz o‘z tariximizda huddi 
shunday, kerak bo‘lsa bundan ham qudratli renessansni bo‘lishini istasak, albatta III 
renessansni bunyod etishimiz kerak. Buning uchun hozrda yurtimizda ko‘plab shart-
sharoitlar yaratilib kelinmoqda.
Yangi O‘zbekiston III Renessans poyderi – bu biz yoshlar.
Prezidentimiz o‘zlarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarlarida “Yoshlar 
– kelajak bunyodkori” ekanligini ta’kidlab o‘tganlar. Shunday ekan biz yuqorida sanab 
o‘tgan allomalarimiz va ular erishgan yutuqlarga erishish uchun harakat qilimog‘imiz 
darkor. Bu shunchaki so‘z bo‘lib qolmog‘i emas, birinchi navbatda biz bunday ulkan 
ma’sulyatni his qila bilishimiz kerak. Hozir dunyoning rivojlangan mamlakatlarining 
yutug‘i nimada deb o‘ylaysiz? Yoshlarga qaratilgan e’tibor va ishonch, ularga 
berilayotgan imkonyatlar, investitsiyalar. Lekin bir savol tug‘iladi, nima uchun va 
qachongacha biz chet mamlakatlar erishayotgan yutuqlarga havas qilib yashashimiz 
kerak. Biz o‘zi kimmiz, kimlarnining avlodimiz, tomirlarimizda kimlarning qonlari 
oqmoqda. Biz havas bilan qarayotgan mamlakatlarimiz axir bizning vatandoshlarimiz 
yutuqlaridan foydalanib shu darajaga kelmaganmi? Ko‘zimizni ochaylik, 
mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, bizlar uchun qilinayotgan ishlar ham 
albatta boshqalar tomonidan havas qilarli darajada. Insonning ehtiyojlari hech qachon 
tugamaydi. Shunchaki yaratilayotgan imkoniyatlardan yetarlicha foydalana olish 
kerak. Axir Buxoriylar, Beruniylar, Xorazmiylar, Navoiy va Ulug‘beklar davrida biz 
orzu qilgan komputerlar, smartfonlar, umuman elektr bo‘lmagan zamonda ular 
shunday natijalarga erishganlarku. Bu shunchaki misol tariqasida lekin bulardan 
albatta o‘rnak ola bilishimiz darkor. To‘g‘ri, zamon ruhi bilan aytganda smartfonlar, 
aqlliy gatjetlar bu taraqqiyot mahsulidir. Biz bularning ko‘proq hamma aytgan ijobiy 
tomonlaridan foydalansak maqsadga muvofiq bo‘ladi. 


992 
Prezidentimiz nima uchun Yangi O‘zbekistonni azmu shijoatli yoshlar bilan 
quramiz demoqdalar? Yangi O‘zbekiston strategiyasi kitoblarida keltirilgan, “ BMT 
ning Yoshlar strategiyasi” da “ Yoshlar siymosida eng qimmatli va o‘ta muhim 
resurslar mujassam topgan bo‘lib, unga har qancha investitsiya kiritsa arziydi, chunki 
bu sarmoyalar bir necha barobar ziyoda bo‘lib qaytadi”. Buning yorqin ifodasini 
ko‘plab misollarda ko‘rishimiz mumkin. 
XIX asrda Yaponiyada bo‘lib o‘tgn “Meydzi islohatlari” davrida bir narsaga 
e’tibor qaratsak o‘sha davrlarda yapon xalqi o‘zining metin irodasini namoyish 
qilgan.[2] Biz uchun ahamiyatli jihati o‘sha davrlardan yaponlar bolalarning ma’naviy 
ongini, ularda milliy vatanparvarlik ruxini shakllantirishga va bolalarni ilmli qilib, 
ilmiy yutuqlar evaziga mamlakatni rivojlantirish eng asosiy maqsad bo‘lgan. Insonlar 
yoshlik paytlaridan kuchli tartib-intizomga o‘rgatilib borilgan. Janubiy Koreyada ham 
ta’limga qaratilgan e’tibor qanday ekanligi ko‘pchiligimizga sir emas. Bu davlat 
“Osiyo yo‘lbarslari” qatoridan ham o‘rin olgan. O‘tgan asrning 50-yillaridan ushbu 
mamlakat innavatsion rivojlanish yo‘liga o‘tgan va tabiiy boyliklar deyarli yo‘q 
mamlakat yoshlarga qaratilgan e’tibor tufayligina shunday darajaga erishgan desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Yevropaning ko‘plab mamlakatlari Shvetsiya, Finlandiya, 
Norvegiya, Daniya va rivojlangan G8 (Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, 
Germaniya, Italiya, Yaponiya, Kanada) mamlakatlarida bolalar ta’limiga, ularning 
ham huquqiy ham ma’naviy dunyo qarashini oshirishga juda katta e’tibor qaratiladi va 
uning mahsuli biz va siz ko‘rib turgan indekslardir. 
Darhaqiqat, bolalarning dunyo qarashini oshirish, davlatning milliy go‘yasini, 
maqsadini, mamlakat qonunlarida belgilangan huquq va burchlarini ularning ongiga 
singdirish birinchi navbatli vazifa bo‘lmog‘i lozim. Negaki, qanchadan-qancha shart- 
sharoitlar yaratilgani bilan undan foydalana bilmaslik behuda harakatlar mujmuidir. 
Bu bilan nima demoqchiman, biz ham oldimizga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun 
birinchi navbatda poydevorni, ya’ni, fundametni mustahkam o‘rnatishimiz kerak. 
Maqsadimizning quroli yoshlarmi, birinchi navbatda ularni kichikligidan to‘g‘ri 
tarbiyalay boshlashimiz kerak. Bunda ota-onalarning ro‘li katta, ammo ba’zi ota-
onalarimizning o‘zida ko‘nikma bo‘lmaganligi ham ishni biroz chigallashtiradi. Lekin, 


993 
yurtimizda buning ham imkoni yaratilgan ya’ni yosh oilalarni Oila maktablarida bepul 
ta’lim berilib ularga huquqiy va hayotiy saboqlar o‘rgatilmoqda. Yana qo‘shimcha 
tarzda qilinishi kerak bo‘lgan masalalarga maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini 
ham qayta va zamonaviy tarzda tashkil etmog‘imiz lozim. Negaki, shu yoshlarni 
kichikligidan ularni ma’rifatli, o‘z huquqlaridan to‘g‘ri foydalana oladigan qilib 
tarbiyalasak, ularning zamonaviy bilim ko‘nikmasini, davlatimiz milliy g‘oyasini, 
umuman olganda III Renessans maqsadini singdira olsak, albatta o‘zimiz ko‘zlagan 
maqsadlarga erisha olamiz. Shu jumladan ma’rifatli avlodni to‘g‘ri tarbiyalasak, 
bugungi kundagi davr balosi bo‘lmish yoshlarning ektstramistik guruhlar safiga kirib 
qolishi, erta turmush, korrupsiya, giyohvandlik va ichkilikbozlikni oldini olgan 
bo‘lamiz. O‘zimiz oldimizga qo‘ygan maqsadlarga tezroq erishamiz. Fuqarolarning 
ongini oshirish va o‘zgarishlarga bo‘lgan qarashlari to‘g‘risida Prezidentimiz ham ko‘p 
to‘xtalib o‘tganlar. 2019-yil 9-yanvar PF-5618-sonli “Fuqarolarning huquqiy ongini 
oshirish to‘g‘risidagi” farmonida ham bu masalalar yoritilgan. Shu o‘rinda yuqorida 
aytgan fikrlarimizga, ya’ni, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassalarining o‘rni 
to‘g‘risida bir misol keltirsam, Yaponiya mamlakatida maktabgacha ta’lim tizimiga 
shu qadar e’tibor qaratilganki, hatto, maktabgacha ta’lim tizimi ham ikki bosqichdan 
iborat. Birinchi bosqichda yosh chaqaloq olti oylik davridan bog‘chaga majburiy qabul 
qilinadi va 4 yoshigacha ushbu bosqichda tarbiyalanadi. Ikkinchi bosqichda esa bola 4 
yoshidan 6 yoshigacha tarbiyalanadi. Bu davrlarda ularga qonuniy huquq va burchlari, 
milliy vatanparlik go‘yalari singdiriladi va jarayonlar soddalashtirilgan darslik 
sistemasi asosida amalga oshiriladi. Unda aytib o‘tganimizdek bolalarga yoshlikdan 
mamlakat qonunlari va maqsadlarining mazmunlari tushuntiriladi.[3] Shunday ruxda 
voyaga yetgan shaxs albatta yetuk kadr bo‘lib yetishadi. Agar biz ham shunday xorij 
metodlaridan foydalana olsak yaxshi natijalarga erisha olamiz. Maktabgacha ta’lim 
muassasalari jamiyatda shu qadar o‘rinli ekan, konstitutsiyamizga yoshlarga oid yana 
bir qator huquqlarni asosiy prinsip tarzida kiritsak foydadan yiroq emas. Ya’ni biz 
yoshlarga ishonyabmizmi, bu borada asosiy qomusimizda ko‘proq to‘xtalishimiz 
kerak. Konstitutsiyani soddalashtirilgan tarzda darslik sifatida o‘quvchilarga 
boshlang‘ich sinflardan o‘rgatilib borilsa katta yutuqlarga erishamiz va bir qator 


994 
muommolarni osongina yechimini topamiz. Negaki, fuqarolari o‘z huquq va burchlarni 
yaxshi bilgan mamlakatlarda davlat aralashuvi va uning ortiqcha ishi ham kamayadi. 
Hozirda yurtimiz yoshlari hayotida albatta tub o‘zgarishlar, kattadan-katta 
imkoniyatlar yaratilmoqda. Eng muhim loyihalardan biri sifatida yoshlar hayotida 5 
muhim tashabbus doirasida yo‘lga qo‘yilgan ishlarni aytib o‘tishimiz mumkin.
1. Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa 
turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga 
xizmat qiladi. 
2. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularni sport sohasida qobilyatini 
namoyon qilishlari uchun sharoitlarni namoyon qilishga yo‘naltirilgan. 
3. Aholi va yoshlar o‘rtasida komputer texnalogiyalari va internetdan 
samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
4. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng 
targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. 
5. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.[4] 
Ushbu tashabbus doirasida mamlakatimiz hududida bir qator loyiha va 
tadbirlar, festivallarni o‘tkazish tizimli yo‘lga qo‘yib kelinmoqda. Misol qilib aytsak 
hozir ko‘plab yoshlarimizni o‘z atrofida birlashtirayotgan “Yosh kitobxon” loyihasi 
har yili hududlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilib kelinmoqda. Albatta loyihaning 
mazmuni o‘sib kelayotgan yosh avlodni ulkan tafakkurga ega qilib tarbiyalashda katta 
ahamiyatga ega. Negaki, aqlan yetuk, dunyo qarashi keng bo‘lgan inson jamiyat 
hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lmaydi. Dono xalqimizda shunday 
maqol bor, “Bilagi zor birni yiqar – bilimi zor mingni yiqar”. Bu bilan biz yoshlarni 
qanchalik bilimli qilib tarbiyalasak hozir va kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
to‘siqlardan osongina o‘ta olamiz. Shu qatorida “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi 
kitob” tanlovini o‘tkazilayotganini ham aytib o‘tish joiz.
Hozir axborot texnalogiyalar asrida yashayotganimiz, soxaga oid suniy 
intellekt, internet, IT, robototexnika kabi terminlar insonlar hayotiga kirib kelayotgani 
har birimizni zamon bilan ham nafas yashashga chorlaydi. O‘zbekistonda ham 


995 
innavatsion texnalogiyalarni kengroq joriy qilish maqsadida bir qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. Hududlarda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun bepul markazlar 
tashkil etilayotganini ham ko‘rishimiz mumkin. Bu sohada eng katta qilinayotgan 
ishlardan biri sifatida prezidentimiz tomonidan respublikada “Bir million dasturchi” 
loyihasini yo‘lga qo‘yilganligidir. Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi 
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ancha keng ko‘lamli. Kam taminlangan 
va boquvchisini yo‘qatgan, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan talaba 
yoshlarga yengillik yaratish maqsadida ularning kontrakt summasi to‘lab berilmoqda. 
Viloyatlarda, tumanlarda sportga qiziquvchi yoshlar uchun sportning turli 
yo‘nalishlarida birinchiliklar, “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda. 
Aynan mana shunday tadbirlarda faol va o‘zini istedodini ko‘rsata olgan yoshlar xalq 
orasidan ajratib olinmoqda. Bularning barchasi albatta yoshlar uchun. Yoshlarni, 
birinchi navbatda aholini bandiligini taminlash ham hozirda eng muhim masalalardir. 
Maktablardan o‘quvchilarni bir kasbga o‘rgatish tashabbusi ham ayni o‘rnli. Kasbga 
bo‘lgan qiziqishi yuqori yoshlarga 18 yoshdan o‘z tadbirkorligini boshlashlari uchun 
ularga katta imtiyozda kredit pullari berilmoqda. Aynan aholi tadbirkoligini va ishlab 
chiqarishini ta’minlash ham dolzarb mavzularimizdan. Negaki, prezidentimiz aytib 
o‘tganlaridek biz xalqni boy qilsak, davlatimiz boy bo‘ladi. Yuqorida ta’lim soxasidagi 
amalga oshirilayotgan ishlarga qo‘shimcha tarzda mamlakatamizda yangi, xususiy va 
chet el universitetlarining filiallarini ochilishi ham talaba yoshlar safini kengaytirishga 
xizmat qilmoqda. Prezident maktablari, Temurbeklar maktablari yoshlarni albatta 
kuchli ilm-ma’rifatli qilib tarbiyalashda katta ro‘l o‘ynamoqda. Bunga misol, prezident 
maktabi o‘quvchisi Maqsadbek Fayzullaev 17 yoshida dunyoning Top-300 
universitetlarining 11 tasiga o‘qishga qabul qilindi va umumiy hisobda 312 ming dollar 
grantni qo‘lga kiritdi. Bu albatta havas qilirli natija. Umuman olganda bunday 
yutuqlarimiz kundan-kunga oshib bormoqda. 
Yuqoridagi fikrlarim bilan nima demoqchiman, biz hozir oldimizga g‘oyat 
ulkan maqsad qo‘ydik va ushbu maqsadga olib boruvchi yo‘lda asosiy lokomativ 
yoshlar. Shunday ekan biz yoshlarni davlatimiz rivojiga hissa qo‘sha oladigan, 
ma’rifatli, bilimli kadr qilib tayorlashda birinchi navbatda maktabgacha ta’lim 


996 
tizimidan to‘g‘ri tarbiyalay boshlashimiz va davlatimiz maqsadlarini ularning ongiga 
ulug‘ vazifa sifatida singdira bilishimiz kerak. Niholga kichikligida qanday ishlov 
bersang, kelgusida huddi shu yo‘sinda qad ko‘taradi degan naql bejiz emas. Buxoriy, 
Temur, Navoiy kabi bobolarimiz yetti-sakkiz yoshlaridan Qur’onni yod ola bilganlar 
va ularning buyuk inson bo‘lib yetishishi ham aynan yoshlikdagi to‘g‘ri tarbiyadir. Biz 
hozirgi yoshlarimizni poydevorini yaxshi qo‘ya olsak, albatta ular III Renessansda 
Yangi O‘zbekistonning poydevori bo‘la oladi va prezidentimiz tomonidan 
yaratilayotgan imkonyatlardan oqilona foydalanaoladi. Oldimizdagi maqsadlar, 
strategiyamiz va undagi yo‘nalishlarda belgilangan marralarga yetishishda biz 
yoshlarning o‘rnimiz katta. Yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan barcha 
imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan ma’rifatli yetuk, har javhada yutuqlarga erisha 
oladigan yoshlar, albatta, III Renessansni barpo etadi. Aziz yoshlar, tengdoshlar keling 
birlashaylik, Yangi O‘zbekistonni birga quraylik va yurt boshimiz ishonchini oqlaylik! 
Biz o‘zgaga havas qilib emas, havas qildirib yashamog‘imiz kerak. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет