Tayanch iboralar: Mahmud ibn Mamdud, Muzaffar Sayfuddin Qutuz,
Mamluklar, Salibchilar muammosi, Rukniddin Zohir Beybars Bunduqdoriy, Kitbug‘a,
Ayn-Jolut jangi.
Ключевые слова: Махмуд ибн Мамдуд, Музаффар Сайфуддин Кутуз,
Мамлюки, проблема с крестоноцами, Рукниддин Зохир Бейбарс Бундукдари,
Китбуга, битва при Айн-Джолуте.
169
Key words: Mahmud ibn Mamdud, Muzaffar Saif ad-Din Qutuz, Mamluks, the
problem with the Crusaders, al-Zahir Rukn al-Din Baibars al-Bunduqdari, the battle
of Ain-Jalut.
Islom tarixi qahramonlaridan biri bo‘lgan Sayfuddin Qutuz kim edi?
U kishining asl ismi Mahmud ibn Mamdud bo‘lib, musulmon podshohlar
oilasidan edi. Bu dunyo bunchalar tor bo‘lmasa! Sayfuddin Qutuz rahimullohning
onasi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining opasi, otasi esa Jaloliddinning
amakivachchasi edi
13
.
Jaloliddin Manguberdi ikki marta mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonganidan
keyin Hind daryosi bo‘yida achchiq mag‘lubiyatga uchragan va Hindistonga chekingan
edi. Oxir-oqibat u kurd millatiga mansub dehqon tomonidan ayanchli va fojeali
sur’atda qatl qilingan edi. Mo‘g‘ullar Jaloliddinning qarindoshlarining ko‘pini
o‘ldirgan, qolganini asir olgan edi. Sayfuddin Qutuz mo‘g‘ullar tirik qoldirib, qul
bozorlarida sotganlar jumlasidan edi. Mahmudga Qutuz laqabini mo‘g‘ullar qo‘ygan
edi. Mo‘g‘ul tilida “Qutuz” so‘zi “qopag‘on it” degan ma’noga dalolat qiladi
14
.
Qutuzda yoshligidanoq qat’iylik, quvvat va jasorat alomatlari ravshan bo‘lgani uchun
mo‘g‘ullar unga bu laqabni qo‘yishgan edi. So‘ngra uni Damashq qul bozorida sotib
yuborishgan, keyinchalik uni Ayyubiylardan biri sotib olib, Misrga olib ketgan edi.
Undan bunga sotilib, oxiri podshoh Mu’iz Izzuddin Oybekka yetib kelgan edi. So‘ngra
Qutuz uning armiyasiga bosh qo‘mondon bo‘ldi. U Misr hokimi bo‘lgandan so‘ng
“Podshoh Muzaffar” (g‘olib podshoh) laqabini oldi.
Qutuz qissasini o‘rganar ekanmiz, tarixning har doim takrorlanib turishining
yaqqol guvohi bo‘lamiz. Fir’avn mulkining zavolidan qo‘rqib Bani Isroilning o‘g‘il
farzandlarini qatl qildirdi. So‘ngra aynan o‘sha farzand (Muso alayhissalom)ni
Fir’avnning o‘zi o‘z uyida o‘g‘il qilib, tarbiyalab ulg‘aytirdi. So‘ngra u sababli mulki
zavol bo‘ldi. Mo‘g‘ullar ham musulmonlarning yosh-u qarisini qilichdan o‘tkazarkan,
13
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk
) كولملا لود ةفرعمل كولسلا(, I juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997.
14
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I
juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997; Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut
م راتتلا ةصق(
)تولاج نيع ىلإ ةيادبلا ن
, 238-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-tarjima, 2006.
170
ularning farzandlaridan birini qul qildi va Damashqda o‘zlariga qaytarib sotdi
15
. U
boshqasiga sotildi, so‘ngra boshqasiga, hatto butunlay boshqa o‘lkaga borib qoldi. U
yetti uxlab tushiga ham kirmagan bir diyorda edi. Mo‘g‘ullar o‘z mulkining zavol
qiluvchi dushmanini o‘zlaridan uzoq bir yerga olib borib saqlab qo‘ygan edi. O‘sha
damlar yosh qul bolakay bo‘lgan bir nochor yillar o‘tib shu yurtning voliysiga aylanadi
va mo‘g‘ullarni mag‘lub etadi.
Qutuz barcha mamluklar (Mamluklar arabcha “Mamolik” “qullar” yoki
“bandalar” deganidir. Biroq “Mamolik” so‘zi islom tarixida istilohiy ma’no kasb etib,
“Mamolik” deganda shunchaki qullar emas, balki muayyan asrdagi qullar jamoasi
ko‘zda tutiladi.) singari kuchli diniy tarbiyada ulg‘aydi. Yoshligidanoq askariy bilimlar
va jang uslublari, boshqaruv shakli va idora qilish yo‘llarini o‘rgandi. U kishi dinga
muhabbatli, dinni qadrlovchi, jasur va mag‘rur bo‘lib yetishdi. Qutuz o‘ta sabr-
bardoshli edi. Bundan tashqari, u podshoh xonadonida tug‘ilgan va go‘dakligida
amirlarga xos hayot kechirgan edi. Bu esa unga o‘ziga bo‘lgan ishonchni bergan edi.
Boshqarish, hukm yurgizish va idora qilish ishlari unga begona emasdi. Ustiga-ustak
uning oilasi mo‘g‘ullar oyog‘i ostida halok bo‘lgan hamda yoshligida mo‘g‘ullarning
qilmishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan edi. Bu esa mo‘g‘ullar fojeasini yaxshiroq
tushunishiga katta turtki bo‘lganida shubha yo‘qdir. Bu omillarning barchasi to‘planib,
Qutuzni qiyinchiliklarni yenga oladigan; dushmanlari har qancha ko‘p va kuchli bo‘lsa
ham, ulardan umuman qo‘rqmaydigan mardlik timsoli bo‘lishiga olib keldi…
Asosiy maqsadimizga to‘xtaladigan bo‘lsak, Qutuzning qarshisida salibchilar
muammosi ham bor edi. Falastin, Livan va Suriyaning ko‘p qismlari, xususan, O’rtayer
dengizi sohillari salibchilar tomonidan bosib olingan bo‘lib, Akko, Xayfa, Sayda, Sur,
Bayrut, Lazikiya, Antokiya salib amirliklari qo‘l ostida edi. Bu salib amirliklarining
orasida eng quvvatlisi Falastin yerlaridagi Akko amirligi edi.
15
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I
juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997.
171
Qutuz Akkoga vafd(delegatsiya) yo‘lladi
16
.Vafd musulmonlar va salibchilar
o‘rtasida muvaqqat tinchlik bitimi tuzishni o‘rtaga tashladi. Salibchilar tinchlik
bitimini qabul qilishdi
17
.
Qutuz lashkarning boshiga yetuk qo‘mondon Rukniddin Zohir Beybars
Bunduqdoriyni tayin qildi. Uning lashkarning oldingi saflariga qo‘yilishidan maqsad
birinchi zarbada mo‘g‘ullarni yer tishlatish edi. Beybars boshchiligidagi kuchli
jangchilar guruhini ancha oldinda yurishga amr qildi. Bundan maqsad musulmon
qo‘shini sonini oz qilib ko‘rsatib, mo‘g‘ul razvedkachilarining ko‘zini shamg‘alat
qilish edi.
1260-yil 26-iyul kuni Beybars Misr hududlaridan oshib, Falastin yerlariga
kirdi
18
. G‘azoda musulmon lashkari bilan Bayder boshliq mo‘g‘ul qo‘shini o‘rtasida
to‘qnashuv sodir bo‘ldi
19
.G‘azodagi mo‘g‘ul guruhi musulmonlarga nisbatan ancha
kuchsiz edi. Mo‘g‘ul qo‘mondoni Kitbuga va asosiy mo‘g‘ul lashkari G‘azodan 300
km uzoqda, Livan yerlarida joylashgan Baalbekda edi
20
. Beybars boshliq qo‘shin
G‘azodagi mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi
21
.
Kitbuga bu mash’um xabarni eshitib, qattiq jahli chiqdi. Bu – mintaqada
mo‘g‘ullarning ilk bor yengilishi edi. U darhol qo‘shinni hozirlab, janubga – Falastin
sari yo‘lga otlandi.
Qutuz Ayn-Jolut vodiysini jang uchun eng qulay va munosib makon deb bildi.
Bu vodiy yassi maydon bo‘lib, hamma tomondan o‘rta balandlikdagi adirlar bilan
o‘ralgan, faqat shimoliy tomonigina ochiq edi. Xuddi taqasimon ko‘rinishda bo‘lib,
atrofdagi adirlar buta va daraxtlardan iborat chakalakzor edi. Bu musulmon lashkariga
16
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy.)نييبيلصلا و لوغملا دض كيلامملا داهج ( Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-
solibiyyin, 108-bet. Dar an-nashr, 1987; Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 295-bet. Qohira:
Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-tarjima, 2006.
17
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy. Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-solibiyyin,108-bet. Dar an-nashr,
1987.
18
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 299-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006.
19
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy. Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-solibiyyin,121 -bet. Dar an-
nashr, 1987.
20
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 301-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006.
21
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I
juz, 516. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997.
172
chakalakzorga yashirinish, pistirma qo‘yish hamda vodiyning o‘rtasida mo‘g‘ul
lashkarini qurshab olish imkonini berardi
22
.
Kitbuga kelmasdan burun Qutuz vodiyga yetib keldi va musulmon askarini
tartibladi. Vodiyning ochiq tomoni, ya’ni shimoliy qismiga Beybars boshchiligidagi
kuchli guruhni joylashtirdi. Qutuz butun askarni vodiyning sharq, g‘arb va janub
tomonidagi chakalakzorlarga berkitdi.
Hijriy 658-yil 25-ramazon/1260-yil 10-sentabr juma kuni islom tarixida ulug‘
kun bo‘ldi. Mo‘g‘ul lashkari Beybarsning lashkarini bir hamladayoq qirib tashlaymiz
deb hammalari jang maydoniga tushishdi. Bu Qutuzning rejasiga ayni muddao bo‘ldi.
Rukniddin Beybars asta-sekin ortga chekinar, chekingan sari mo‘g‘ul lashkari uning
o‘rnini egallab borardi. Musulmonlar “mag‘lubiyat” o‘yinini xuddi haqiqiydek o‘ynab
berdilar. Kitbuga bor lashkari bilan vodiyga kirdi
23
.
Kitbuga bunday katta va qo‘pol harbiy xatoga qanday yo‘l qo‘ydi?! U juda mohir
va malakali sarkarda bo‘lib, uzoq yillardan beri jang maydonida edi-ku! Oltmish yoki
yetmish yoshni qoralagan tullak Kitbuga bundan 34 yil muqaddam o‘lgan Chingizxon
mo‘g‘ul davlatini barpo qilishida ishtirok etgan shaxslardan biri bo‘lib, shundan beri
jang maydonida edi. U Xulaguning ishongan tog‘i edi go‘yo.
Jang davomida musulmonlarning holi og‘irlasha boshladi. Shunda Sayfuddin
Qutuz o‘zi oldinga otilib chiqdi. Dubulg‘asini yerga urdi-da, bor ovozi bilan “Voo
Islamoooh!!!” deya na’ra tortib, dushman tomon hamla qildi. Uning ortidan
mardonavor askarlari ham dushmanga tashlandilar. Mo‘g‘ullarning qo‘mondoni
Kitbuga qatl qilindi. Uning amirlari ham qatl qilindi
24
.
Mo‘g‘ullar Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini tan olib, musulmon
bo‘lishdi va bora-bora yerlik musulmonlarga aralashib ketdilar. Bu ham insoniyat
tarixida misli ko‘rilmagan ish bo‘lib, islomning buyuk g‘alabasi edi. Tarixda hech bir
g‘olib xalq o‘zi mag‘lub qilgan xalqning diniga bu shaklda kirmagan edi
25
.
22
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 307-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006.
23
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 322-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006.
24
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi, II juz, 179-bet. – T.: Hilol nashr, 2017.
25
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm, 415-bet. – T.: Hilol nashr, 2019.
173
Xulosa qilib aytish mumkinki, Ayn-Jalut g‘alabasi uzoq vaqtlardan beri
musulmonlarni qiynab kelayotgan ruhiy tushkunlikni bartaraf qildi. Musulmonlardan
oldin mo‘g‘ullarni hech kim yenga olmagan edi. Musulmonlar mo‘g‘ullar haqidagi
tillarda doston bo‘lgan afsonalarni yo‘qqa chiqardilar. Dushmanning quvvati har
qancha kuchli bo‘lsa-da, bir kun kelib, zavol topajagini tushunib yetdilar. Bu jangdan
so‘ng islom ummati o‘z o‘rniga qaytdi. Hatto Fors diyorini o‘ziga qarorgoh tutgan
Xulagu ulkan mo‘g‘ul lashkari bo‘lishiga qaramay Shomni qaytarib olishga haddi ham
sig‘madi. Eng ahamiyatli jihatlardan biri shundaki, “Zahabiya qabilasi” ( Oltin
O‘rda)ga mansub mo‘g‘ul boshliqlaridan biri iymonga keldi. U Xulaguning
amakisining o‘g‘li va sarkarda Botuxonning ukasi, ya’ni Jo‘jixonning o‘g‘li –
Chingizxonning nevarasi edi. Bu mo‘g‘ul boshlig‘i 1252-yil islomga kirgandan so‘ng
Berka ismi bilan laqablandi. 1257-yil Oltin O‘rdaga bosh bo‘lgan Berkaxon mo‘g‘ullar
davlatidan tashqarida, Kaspiy dengizining shimoliy mintaqalarida mustaqil ravishda
hukm yurgizardi. U islomga kirgandan keyin uning qabilasidan ko‘pchilik islomni
qabul qilishgan edi. Bir qarashda quvvat egasi bo‘lganlar zaiflarning diniga kirgan edi.
Ayn-Jolut jangidan keyin esa Zahabiya qabilasining barchasi musulmon bo‘ldi. Ularga
g‘alaba va islomning quvvati ta’sir qilgan edi. Ular vaqti kelib, Zohir Beybars hamda
So‘g‘ut shahri hokimi Ertug‘rul ibn Sulaymonshoh bilan Xulaguning ziddiga ittifoq
qurishdi. Natijada Shom, Turkiya va Falastinda mo‘g‘ul quvvatiga barham berildi. O‘z
navbatida, bu omil Usmoniylar imperiyasining yuzaga kelishi uchun zamin hozirladi.
Bundan tashqari, Shom hududlari salibchi amirliklardan tozalandi. Xususan,
1266-yil Falastin shaharlari: Qaysariya, Xayfa, Husn, Arsuf, Safad ozod qilindi. Ayni
shu vaqtda sarkarda Sayfuddin Qalovun Turkiyadagi Kilikiyani ozod qildi. Kilikiyada
u kichik Armaniston podshosi Xaysum ustidan g‘alaba qozondi. Beybars 1267-1268-
yillarda Yofani, 1268-yil Antokiyani ozod qildi. 1285-yil Toroblus mamluklar sultoni
Mansur Qalovun tomonidan ozod qilindi.
Shuningdek, Qohira ilm-ma’rifat markaziga aylanib, Azharning mavqeyi
ko’tarildi. Sultonlarga haqni ochiq va baralla so‘zlay oladigan olimlar yetishib chiqdi.
Bu yutuqlar Ayn-Jolut jangining samaralaridan edi. Yillarcha boshi egilgan
musulmonlar qisqa vaqt ichida boshlarini ko‘tarib yana aziz bo‘ldilar.
174
Достарыңызбен бөлісу: |