Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет95/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Название публикации: «VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI 
AHAMIYATI» 
Vitaminlar – ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo’lib, butun organizmda 
moddalar almashinuvini boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik 
jarayonlarni normal kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalarni tuzilishi, 
funksiyasi, miqdoriy o’zgarishlarini o’rganuvchi fan vitaminologiya deyiladi.
Vitaminning organizmga kirib kelishini umuman to’xtashi avitaminoz kasalligini, 
ularning yetarlicha kirib kelmasligi-gipovitaminoz kasalligini keltirib chiqaradi.
Gipovitaminozga xos kasalliklarni kelib chiqishi organizmda fermentlar faoliyatini
pasayishi tufayli yuz beradi, chunki ko’p vitaminlar fermentlarning kofaktorlari yoki 
kofermentlari funktsiyasini bajaradi. Odam va hayvonlarda uchraydigan gipo- va 
avitaminozlarning kelib chiqishi ikki xil omillarga bog’lik bo’ladi. Bu omillarni
ekzogen va endogen omillar deyiladi. Endogen omillar deganda, ozuqa tarkibida
muayyan vitaminning yetishmasligi yoki umuman bo’lmasligi tufayli yuzaga
chiqadigan gipo- va avitominoz kasalliklari haqida fikr yuritiladi.
Endogen omillar bilan bog’lik gipo - va avitaminoz kasalliklari o’ziga xos
sabablarga bog’lik holda kelib chiqadi. Ular jumlasiga:
1. 
Ba’zi fiziologik xolatlarda vitaminlarga bo’lgan extiyojni oshishi. Bunga 
xomiladorlik, laktasiya, tireotoksikoz va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
2. 
Ichakda mikrofloraning rivojlanishi ya’ni infeksion jarayonlar tufayli 
vitaminlarni parchalanib ketishi.


281 
3. 
Ichakni sekretor va motor funktsiyasini izdan chiqishi tufayli
vitaminlarni so’rilishini susayishi.
4. 
Jigar, oshqozon osti bezi kasalliklari tufayli o’t yo’lini to’sib qo’yilishi
natijasida yog’lar so’rilishini va bu orqali yog’da eruvchi vitaminlarning so’rilishini
izdan chiqishi.
Shu mulohazalardan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, tibbiy amaliyot
uchun gipo- va avitaminozlarning ekzogen va endogen tavsifga ega ekanligini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ekzogen tavsifli gipo- va avitaminozni davolash va 
oldini olish uchun ratsionni tegishli vitaminlar bilan boyitish lozim bo’ladi.
Vitaminlar eruvchanligiga qarab yog`da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut 
etiladi.
I. Suvda eruvchan vitaminlar:
1. 
B
1
vitamini – tiamin, antinavrit.
2. 
B
2
viatmini – riboflavin, o`sish vitamini .
3. 
B
6
vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.
4. 
B
12
vitamini – kobalamin, antianemik.
5. 
PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.
6. 
B
c
vitamini – folat kislota, antianemik.
7. 
B
3
vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.
8. 
H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o`sish omili.
9. 
C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.
II. Yog`da eruvchan vitaminlar:


282 
1. 
A vitamini – retinol, antikseroftalmik.
2. 
D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.
3. 
E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko`payish vitamini.
4. 
K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.
Qora smorodina mevalari tarkibida B, P vitaminlari, A provitamini (karotin 3 
mg% gacha), qand moddasi, pektin moddalari, fosfor kislotasi, efir moyi, K guruhi 
vitamini, karotin moddalari mavjud. U kaliy tuzlariga boy bo'lib, fosfor va temir 
tuzlari ham bor. Smorodina barglarida fitonsidlar, magniy, marganets, oltingugurt, 
kumush, mis, qo'rg'oshin, efir moyi va C vitamini (250 mg%) mavjud . C vitaminiga 
to'xtaladigan bo'lsak, qora smorodina bu borada boshqa o'simliklar orasida yetakchi 
hisoblanadi. Odamning askorbin kislotasiga bo'lgan bir sutkalik ehtiyojini 
ta'minlash uchun 15-20 dona smorodina mevasini iste'mol qilishning o'zi yetarli 
bo'ladi. Shuningdek ushbu o'simlik mevasi va barglaridan tibbiy maqsadlarda ham 
foydalaniladi. 
Qora smorodina tarkibidagi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar 
miqdoriga ko'ra barcha mevalardan o'zib ketgan. Olib borilgan tadqiqotlar 
jarayonida qora smorodina mevalari diabet paydo bo'lishining oldini olish 
xususiyatiga ega ekani aniqlangan. Smorodinani aynan shu xussiyatlari uchun turli 
kasalliklarda 
darmonsiz 
bo'lib 
qolgan 
organizmni 
mustahkamlash 
va 
sog'lomlashtirishga mo'ljallangan funktsional ozuqa mahsulotlariga qo'shishadi. 
Shuningdek qora smorodinada saraton xastaliklari va Alsgeymer kasalligi paydo 
bo'lishiga to'sqinlik qiluvchi, yurak va tomir xastaliklaridan himoyalovchi hamda 
ko'zning o'tkirligini uzoq vaqt saqlashga yordam beruvchi xususiyatlar borligi ham 
aniqlangan. Bundan tashqari, uning barg va mevalari buyrakdagi toshlarni chiqarib 
tashlashda, jigar va nafas olish yo'llari xastaliklarida foydalaniladi. Smorodina 
mevasini iste'mol qilish ateroskleroz xastaligida juda katta foyda beradi. 
Smorodina tarkibidagi C vitamini organizmning normal hayot faoliyati uchun 
juda muhim. Ushbu vitamin hamda antotsianidinlar juda kuchli antioksidlovchi 
xususiyatga ega. Shu bilan birga smorodinada yallig'lanishga qarshi va 
dezinfeksiyalovchi qobiliyat ham bor. Uning suvi anginani davolashda qo'llaniladi. 


283 
Xalq tabobatida ushbu mevadan giyohli choy damlamasi hamda diareya va 
haroratni tushirish uchun dorilar tayyorlanadi. Qora smorodina olimlar tomonidan 
salomatlik uchun eng foydali bo'lgan meva sifatida tan olingan. U immunitetni 
hamda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatini 
oshiradi. Qora smorodina yaxshigina tiklovchi vosita ham hisoblanadi, xususan 
uning sharbati darmonsiz va yaqinda jarrohlik amaliyotidan o'tgan bemorlarga katta 
yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Ro’zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: 
mohiyati va qo’llanilishi / Metod.qo’ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 
2013.
2.Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne‘matov I. Nazariy va amaliy 
o’quv mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalari to’plami / Met.qo’ll.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida innovatsion ta‘lim texnologiyalari
seriyasidan – T.: TDIU, 2013.


284 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет