Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет181/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Nartov N.A. Geosiyosat.-M.:YuNITI, 2003.
2.”Geosiyosat fanidan amaliy mashg`ulotlar rejalari va uslubiy tavsiyalar”.T.:TATU, 
2006. 
3.Jalilov A., Xelford Makkinderning geosiyosiy qarashlari, //Jamiyat va boshqaruv, 
2006, 


547 
4.Sh. M. Sharipov, V. N. Fedorko, N. I. Safarova, V. A. Rafi qov.- Birinchi nashri. -T.: 
«O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 
5.Soliyev A., Qarshiboyeva L. Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari-T., 
2004. 


548 
ФИО автора: Qurbonova Dilnoza Faxriddinovna 
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar kafedrasi Lingvistika ingliz tili magistranti 
Название публикации: «INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MAQOLLARIDA 
SOMATIZM IFODALANISHI» 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarda somatizm 
tushunchasi ko‘rib chiqilgan. Ushbu tezisda mashhur yozuvchi va olimlarning 
maqollar ustida olib borgan ishlaridagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi 
o‘rni, ahamiyati keltirib o‘tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab 
o‘rganganimizda, ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqladik.
Kalit so’zlar: maqol, somatizm, leksik ma’nosi , grammatika, qiyoslash,
Abstract: This article examines the concept of somatization in English and 
Uzbek proverbs. In this thesis several ideas about proverbs and their peculiarities 
have been done by famous writes and researchers. This article will be useful in my 
own research as I develop a clear theoretical framework for the role of proverbs in in 
English and Uzbek cultures.
Faxr bilan aytamizki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi barcha 
rivojlangan davlatlar tan olgan va dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
mustaqil davlatlardan biridir. Respublikamizda bo‘layotgan jamiyatning barcha 
sohasidagi yangiliklar O‘zbekistonomizning yanada gullab yashnashiga olib 
bormoqda. Yurtimizda ayniqsa ta’lim sohasiga katta e’tibor berilayotgani yoshlar 
ta’lim-tarbiyasiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shmoqda. Bugungi kunda, 
O‘zbekistonda chet tillariga, ayniqsa ingliz tiliga bo‘lgan qiziqish va talabning ortib 
borishi natijisida ta’lim tizimida chet tillarini o‘qitish bo‘yicha yangi qaror va 
farmonlarning ijrosi davlatimiz miqyosida olib borilmoqda. Ayniqsa prezidentimiz 
shaxsan chrt tilini o’qitish borasida juda ko’p vazifalarni belgilab berdilar. Ushbu 
belgilangan vazifalarni amalga oshirish talablari asosida ta’lim oluvchi yoshlarni 
ma’naviy yetuk va jahon andozalari talablariga javob bera oladigan, mustaqil bilim 
olish, o‘rganish va ijodiy ishlash qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy 


549 
muammolarni mustaqil hal qiladigan yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tayyorlash oliy 
ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyo miqyosida 
barcha xalqlar o‘rtasida muhim aloqa vositasi hisoblanmish tilning ahamyati va o‘rni 
haqida gap ketganda uning dunyo hamjamiyatidagi foydalanish o‘rniga qarab 
ahamyat kasb etadi. Yuqoridagi faktorlardan kelib chiqqan holda biz respublikamiz 
miqyosida ingliz tiliga bo‘lgan e’tiborimiz davr talabi ekanligini chuqur anglagan 
holda har bir soha vakili ingliz tilini o‘rganishiga bo‘lgan talabini kundan kunga 
ortishini ko‘rishimiz mumkin va albatta ingliz tili kunlik ehtiyojimiz ekanligini 
allaqachon anglab ulgurganmiz. Bir qancha tilshunos olimlar hamda ilmiy 
tadqiqotchilar ingliz tilining ahamiyatidan kelib chiqqan holda har bir yo‘nalishda 
ularning vazifa va mohiyati haqida so‘z yuritar ekanlar ingliz tili va o‘zbek tilini 
qiyoslab, tahlil qilib o‘rganishni ta’kidlaydilar. Shu bilan birgalikda ingliz va o‘zbek 
maqollarida somatizm ifodalanishi ya’ni tana a’zolarining ishlatilishi, o‘rni hamda 
ularning ma’no va mazmuni to‘g‘risida so‘z yuritamiz. Qiyosiy tilshunoslik chet tili 
o‘qitishning lingvodidaktik asosini tashkil etadi. Shu sababdan yurtimizda xorijiy 
tillarni ona tili bilan qiyoslab o‘rganish va ularni tahlil qilish tilshunoslik uchun 
muhim masalalardan biridir. Hozirgi zamon tilshunosligida, shu jumladan qiyosiy 
tilshunoslikda va folklorshunoslikda maqollarni chuqurroq o‘rganish bugungi kun 
qiyosiy tilshunosligida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uning muhim xususiyati 
shundaki, u fanlararo xarakterga ega bo‘lib, ilm-fanning har bir sohasida tadqiq 
etilmoqda. Natijada paremiologiya, ya’ni maqollarni o‘rganish tilshunoslikda alohida 
soha sifatida paydo bo‘ldi. Maqollar xalq og‘zaki ijodining katta ahamiyat kasb 
etadigan janrlaridan biri bo‘ib, bugungi kunda maqollarni qiyosiy tilshunoslikda 
chuqur o‘rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyabdi. Mavzuning 
eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga qizishning 
o‘sishi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning 
ligvokuturologik va semantic xususiyatlarini har ikkala tilde qiyosiy o‘rganish 
asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks 
etganini ifodalab, xalqning mentalitetidagi o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarini 
isbotlab beradi. Mazkur masalani o‘rganish uchun ingliz va o‘zbek xalqining milliy 


550 
madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi 
xususiyatlarini tahlil etish lozim. Millatni o‘zligini ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlarni, 
xalqning madaniyatini ifodalovchi omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalq 
o‘g‘zaki ijodining eng muhim janrlaridan biri bo‘lmish maqollar tilshunoslik va 
folklorshunoslikda o‘rganilayotgan eng muhim mavzulardan biridir.
Bilamizki, xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu 
albatta xalq og’zaki ilodi maxsuli bo’lmish, o‘sha xalqning maqollari hisoblanadi. 
Har bir xalqning og‘zaki yoki yozma yodgorligini olib qaraylik, unda millat 
xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotir afsonalar, uzoq tarix qa’ridagi ibtidoiy 
tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan xosil bo‘lmish 
hayotiy hikmatlar qaymog‘i-insoniy tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz. Ingliz 
va o‘zbek xalq maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan 
ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, shakllanib, 
avloddan avlodga eng yaxshi ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi. 
O‘tmishda yaratilib va ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq 
donishmandlarining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga 
egadir. Xalq maqollar va hikmatli so‘zlar har bir xalqning ma’naviy boyligining 
qimmatbaho xazinasini tashkil etadi. Maqol atamasi arabcha – qavlun – gapirmoq, 
aytmoq so‘zidan olingan bo‘lib, aytilib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Barcha tomonidan deyarli bir xilda aytilib, bir xilda tushuniladigan 
ibora, ifodalar,asosan, maqol janrini tashkil qiladi. Ingliz tilida esa maqol atamasi 
asosan “proverb” so‘zi orqali ifodalanadi. Ba’zan ko‘plab adabiyotlarda: adages, 
dictums, maxims, mottoes, precepts, saws, truisms so‘zlari orqali ham maqol 
tushunchasi o’rnida ko’rishimiz mumkin. O‘zbek xalq maqollari singari ingliz xalq 
maqollari ham ingliz folklorning eng keng tarqalgan janrlaridan biridir. Semantik
tuzilishi, folklorda o‘rganilishi va yana boshqa jihatlari bilan o‘zbek maqollariga 
o‘xshash holda umumiy jihatlarni ko‘rsatadi. Maqollar insoniyatning turmush 
tajribalari zaminida tug‘ilgan va xalq donoligini ifodalaydigan qisqa, ko‘pincha 
she’riy formadagi hikmatli so‘zlar, chuqur ma’noli iboralar bo‘lib, o‘ta ixcham, 
pishiq va puxtaligi bilan xalq og‘zaki ijodidagi boshqa janrlardan farq qiladi. A.M. 


551 
Gorkiy xalq maqollarining roliga yuksak baho bergan edi. Bu borada “Eng ulug‘ 
donolik so‘zining soddaligidir” – deb yozadi u. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa 
bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar 
mavjud bo‘ladi deyilgan. Bu yerda olim maqol va qo‘shiqlarning shakliy 
ko‘rinishlariga, sermazmunligiga baho berib, ularni o‘zaro tenglashtiryapti. Lekin biz 
bu bilan qo‘shiq va maqol xuddi bir xil xususiyatga ega janr deb hisoblamasligimiz 
kerak. Qo‘shiq, yor-yor, o‘lan kabi lirik janrlarda voqelik shaxsning kechinmalari 
fonida ifodalansa, xalq maqollarida ana shu kechinmalar haqidagi xulosalar lo‘nda 
ifodalanadi. Demak, lirik janrlarda kechinmadan hukmga qarab, maqollarda hukmdan 
kechinmaga qarab intilish yetakchilik qiladi. Epik janrlar bo‘lmish xalq dostonlari, 
ertaklari, afsona va rivoyatlari, latifalar, rang- barang obrazlarning xattiharakati, 
kechinmalari orqali aks ettirilsa, maqollar voqelikning xulosasini hukmlar orqali aks 
ettiradi. Demak, maqolda voqealarning kechishi emas,balki ulardagi xulosa va hukm 
ifodalanadi. Binobarin, epik janrlarda yo‘nalish harakat va holatdan hukmga tomon 
yo‘nalgan bo‘lsa, maqollarda hukmdan harakat va holat tomon yo‘nalganlik 
boshchilik qiladi [3, 1990, B. 303]. Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatdan shu narsa 
ma’lum bo‘ladiki, hajman ixcham bo‘lgan maqollarda olam-olam kechinma bayoni 
ulkan dostonlarga jo bo‘luvchi voqealarni o‘z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, har 
bir maqolning mazmunidagi real voqelikdagi faktlar orqali ulkan hajmdagi asarlar 
yaratilishi mumkin. Xalq og‘zaki ijodi janrlari sirasida hajmi, tashqi shakliy xossalari 
hamda voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, 
topishmoq kabi janrlar mavjud bo‘lib, bu janrlar orasidagi o‘xshash jihatlarning 
ko‘pligi tufayli,ular orasidagi farqlarni chuqur anglash biroz muammo tug‘dirishi 
mumkin. Bugungi kunda barcha xalqlarning folklorida bu muammolarga duch 
kelishimiz mumkin. Xuddi o‘zbek tilidagi singari ingliz tilidagi maqollarda ham shu 
masalaga duch kelamiz. Ya’ni, ingliz tilida maqol “proverb”, matal “saying”, va 
topishmoq “riddle”lar bir – biriga yaqin xalq og‘zaki janrlari hisoblanadi. O‘zbek 
xalq maqollar singari ingliz xalq maqollari ham matal va topishmoqlardan quyidagi 
xususiyatlar orqali keskin farqlanib turadi. Bular quyidagicha: 1. Maqolda fikr aniq, 
tugal xulosa, lo‘nda hukm tarzida ifodalanadi. Matalda esa tugal fikr 


552 
ifodalanmaydi.Topishmoq shaklan maqollarga yaqin tursa ham, biroq voqelikni aks 
ettirish tarzi, asosan fikrni jumboqli shaklda yashirib ifodalash bilan maqollardan 
keskin farqlanib turadi. Bir qarashda maqol va topishmoqlarning yaqqol farqi sezilib 
turadi. Ammo maqol va matal o‘rtasidagi farqni darrov anglash biroz qiyinroq. Xalq 
og‘zaki ijodida maqol bilan bir qatorda matallar ham qo‘laniladi. Bu ikki terminning 
farqini bilish kerak.Matal maqollardan farq qiladi. Matal ko‘chma ma’noda 
ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turidir. Matal o‘z ma’nosini boshqa 
ma’noga ko‘chirgan so‘z birikmalaridan iborat bo‘ladi . Masalan,Aql -ko‘rga, ko‘z 
soqovga – til maqolini tahlil qiladigan bo‘lsak, ko‘r odam aqlli bo‘lsa yo‘lini topadi 
ya’ni dono kishi har doim o‘z yo‘lini topa oladi kabi hukm surilgan. Ingliz 
maqollarida tana azolari qatnashgan maqollar ham insoniyat axloqi va ruhiy 
tarbiyasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan.The hair is long, but the mind is short. 
Bu ingliz xalqi maqolida biz soch uzun bo‘lsada aql kaltadir ma’nosida insonlar 
tarbiyasi uchun xizmat qiladigan o‘z ma’no kuchiga ega hisoblanadi. Bu maqolda 
shunday ma’no anlanadiki. Soching qanchalik uzun bo‘lsa ham aqlning kaltaligini 
nazarda tutib, har joyda ham inson o‘z aql doirasida ish yuritishi va kamtarlikni 
bilag‘onlik qilmaslikka undaydayabdi. Quyidagi ingliz maqolida “Death is a shadow 
that always follows the body” esa biz o‘zbek tiliga tarjima qilganimizda o‘lim tanani 
kuzatuvchi soyadir ma’nosi hosil bo‘ladi. Yana bir ingliz maqolida tana a’zolari 
qatnashgan misolida esa ya’ni “Man consists of two parts, his mind and his body, 
only the body has more fun” deyiladi o‘zbek tilida “Inson ikki qismdan iborat, uning 
aqli va tanasi, faqat tana ko‘proq zavqlantiradi” tarjimasi hosil bo‘ladi. Lekin uning 
inson tarbiyasiga ta’sir qiluvchi omili esa aql va tana orqali mavjudlik va mavhumlik 
haqida fikr yuritiladi. “Put your hand in your conscience and see if it does not come 
out as black as pitch” ushbu maqolda esa o‘zbek tilida “Qo‘lingizni vijdoningizga 
qo‘ying va qarangki, u qora kabi chiqmaydi” tarjima ega bo‘lib, insonga tarbiyaviy 
jihatdan inson qalbi va vijdoniga qaralsa qo‘llari bajargan ishlar kabi yomonlikni 
emas yaxshilik qila olishga qodir pok tuyg‘ular borligi anglash mumkin ma’nosi hosil 
bo‘ladi. Ko‘rib chiqqanimizdek, o‘zbek va ingliz xalq maqollari juda ko‘p 
xususiyatlari bilan folklorning boshqa janrlaridan keskin farqlanib tursalar ham, 


553 
ko‘pchilikning ijod mahsuli sifatida, anonim yaratilishi, o‘g‘zaki holda jonli yashashi, 
keng variantlashishi va o‘ta ommaviyligi bilan xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari 
bilan umumiylik kasb etadi. Va shu o‘rinda ularning bir-biridan farqli jihatlarini 
o‘rganish ham maqollarning boshqa janrlardan alohida xususiyatlarga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. Bu esa maqollarning xalq paremik ijodida o‘ziga xos va alohida tadqiq 
qilinishi kerak bo‘lgan janr sifatida gavdalantiradi. 
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek maqollarida tana a’zolarining ishlatilishi va 
qo‘llanilishi hamda ularning lingvistik, leksik jihatdan ishlatilish holatlari o‘rganiladi 
va o‘zaro ma’no mazmun jihatdan farqlanadi. 
Uzoq tarixga nazar soladigan bo’lsak Alisher Navoiy, Bobur, Muqumiy, 
Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar xalqqa tushinilishi oson bo‘lsin deb 
xalq ijodidan samarali foydalanganlar. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularda aks 
etgan somatizm tushunchasini o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb 
muammosi bo‘lib kelmoqda. Ikki tilni qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi 
barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan 
shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til 
o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir 
bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. 
Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, 
funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, 
umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. SHu asnoda, 
maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik 
mavjud. SHu haqda G. L. Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni 
umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli 
xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta’minlaydi 
va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, 
maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli 
deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi 
bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto 
qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi1 . SHuni 


554 
aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, 
ham ma’no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan o‘xshashlik topsa 
bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz tilida somatizm ifodalangan 
maqollarga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, First think, then speak maqolini 
o‘zbek tilidagi muqobil varianti Avval o‘yla - keyin so‘yla maqoliga to‘g‘ri keladi, 
chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning grammatik 
tizimi ham ancha yaqin. SHu bilan birga, ma’lum bir tildan ikkinchi tilga berilgan 
o‘girishlarda maqollarning aynan o‘xshashini topish qiyin bo‘ladi. SHunda izohlarga 
yoki ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi. O‘zbek tilidagi maqollarning 
ingliz tilida yoki ingliz tilidagi maqollarning o‘zbek tilidagi muqobil variantini topish 
ancha mushkul, bu borada maqollarga o‘rni kelganda izoh berib o‘tish tarjimaga 
putur etkazmaydi balki uni to‘ldiradi va boyitadi. So‘zlaguvchi nodon bo‘lsa, 
eshitguvchi dano bo‘lsin maqolinining aynan nusxasi inglizchala yo‘q bo‘lgani holda 
bu maqolni uning yaqinroq ekvivalenti bilan berish mumkin. Lekin uni If speaker is 
fool listener should be wise deb tarjima qilinsa uning o‘zbekcha qoloriti saqlanib 
qoladi va bu hammaga tushunarli bo‘ladi. Xuddi shu so‘zlarni Qassob moy 
qayg‘usida, echki - jon qayg‘usida maqoliga ham qo‘llab uni The butcher grieves for 
bacon, and the goat - for its life qabilida berilsa ma’qul bo‘ladi. Qizi borning nozi bor 
maqolini ingliz tiliga Who has a daughter that has a whim qabilida berilsa Markaziy 
Osiyo xalqlari, xususan o‘zbek urfodatlaridan bexabar ingliz o‘quvchisi uni butunlay 
tushunmasligi mumkin. Ingliz tiliga uni Parents of the bride may be capricious (they 
can expose their own terms) deb ag‘darishdan boshqa chora yo‘q. Boshqa yo‘li: bu 
maqol mazmunini beruvchi boshqa maqol topish lozim deb hisoblaymiz. Bir-birlariga 
ma’no va stilistik vazifa jihatlaridan mos bo‘lib, so‘z tartibida kamdan-kam mos 
bo‘lsa, sonda kamdan-kam farq qiladilar, leksik tarkib jihatidan farq qiladigan 
muqobil variantlar. Ularning ko‘pchiligi shaklan milliy, mazmunan 
baynalmilaldirdar. Ular shakli bilan o‘zlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini 
tasdiqlasalar, mazmuni bilan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini 
namoyon qiladilar. Pigeon's milk- anqoning urug‘i. Every dog is a lion at home -har 
kim o‘z uyida bek.All bread is not baked in one oven-besh qo‘l baravar emas. No 


555 
pleasure without pain-gul tikansiz bo‘lmas. Biror kamyob, kimmatbaxo, orzu qilib 
etib bo‘lmaydigan narsani inglizlar «Pigeon's milk» (kabutarning suti), ruslar «Ptiche 
moloko» desalar, o‘zbeklar «anqoning urug‘i » (afsonaviy qush tuxumi) deydilar. 
Aslzoda jamiyat vakillari inglizlar va ruslar nazarida «Blue blood» (zangori kon), 
«Golubaya krov» hisoblansalar, o‘zbeklar tasavvurida «Ok suyak»dirlar. Odamlardan 
allaqachon barchaga ma’lum sirni yashirishning bexudaligini obrazli ifodalash uchun 
ruslar «SHila v meshke ne utonesh» maqoliga murojaat qilsalar, o‘zbeklar ushbu 
o‘rinda «Oyni etak bilan yopib bo‘lmas» maqolidan foydalanadilar. «Hamma odam 
bir xil emas» tushunchasini inglizlar obrazli tarzda «All bread is not baked in one 
oven» (barcha non bir tandirda yopilmaydi), o‘zbeklar «besh qo‘l baravar emas» 
deydilar. Ma’lumki har bir xalq o‘z e’tiqodi, milliy hususiyati, o‘ziga xos fantastik 
obrazlari, turli tuman ko‘chma manoli birikmalari uchun asos qilib olingan misollari 
bor. SHu kabi V.SHekspir asarlaridagi maqol va matalarda ham yuqoridagi jihatlar 
o‘z ifodasini topgan. Tillardan tillarga tarjima qilish mumkinligini asoslaydigan narsa 
jaxon xalqlari garchi turli tuman tillarda so‘zlashsalar, ammo ularning taffakkur 
qonunlari bir xildir. V.SHekspir asrlaridagi maqol va matallar ham o‘z davri 
turmushining xalq taffakkuri asosida yuzaga degan tushunchalarni o‘zida mujassam 
qiladi. E. V. Kuxareva arab va rus maqollari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, shunday 
xulosa qiladiki, aksariyat maqollar mavzu va xolatlarga nisbatan umumiylikka ega 
ekan. Bu umumiylikni paremiologlar turlicha asoslar ekanlar: bir guruh olimlar 
maqollardagi o‘xshashlikni etnik kelib chiqish va qarindoshligi bilan asoslasa, boshqa 
olimlar yangi maishiy va ma’daniy aloqalarning kirib kelishi va qabul qilinishida 
deydilar, uchunchi guruh olimlari esa tarixiy rivojlanish pog‘onalari natijasi va 
g‘oyalar uyg‘unligida deb asoslaydilar. “Universaliya” atamasi lotincha “universalis” 
so‘zidan olingan bo‘lib, “umumiy”, degan ma’nolarni anglatadi va u deyarli barcha 
tillardagi xususiyatlarni qamrab oladi. Universaliyalar ikki ko‘rinishda bo‘ladi: 
deduktiv universaliyalar – shunday til xususiyatlariki, ular barcha tillarda uchraydi va 
aniq ifodalanadi. Bularga asosan gaplarning har xil strukturaviy turlarining ishlatilishi 
kiradi; induktiv universiyalar esa deyarli barcha mashhur tillarda mavjud. Xulosa 
o’rnida inlanishlar shuni izohlaydiki, maqollar ta’rifi barcha xalq madaniyatiga mos 


556 
kelishi va ularni qoniqtirishi kerak ekan2 . Masalan: Love and cough cannot be 
hidden – Muhabbat va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi va Kasalni yashirsang, isitmasi 
oshkor qiladi maqollari turli madaniyatga xos bo‘lsa ham, ya’ni biri ingliz milliy 
madaniyatiga va ikkinchisi o‘zbek milliy madaniyatiga oid til birikmalari bo‘lsada, 
ulardagi mantiqiy mazmun deyarli bir xil ya’ni kasalni yashirsang isitmasi oshkor 
qiladi. Turli til va milliy madaniyatdagi universallik esa yuqoridagi maqollarda ochiq 
ko‘rinib turibdi. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет