Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет227/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Kalit so‘zlar: Iqtisodiyot,rivojlanish,ta’lim, monopoliya,savdo,jahon,qurulish,xususiylashtirish 
investitsiya,mulk,investor,huquq,davlat,islohat 
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda iqtisodiyotning o‘rni juda kata hisoblanadi. 
Mamlakat iqtisodiyotining rivojalnish va tanazzul sabablari bevosita ta’lim sohasi bilan uzviy bog‘lik 
bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy tomondan olib qaralganda ta’lim sohasidan foyda olish mushkuldek 
tuyuladi. Buning sababi esa ta’limdan keladi foydaning muddati uzoq hisoblanadi. Hozrgi kundagi 
tadbirkorlar uchun esa bugungi kunda rivojlanayotgan qurulish sohasi kabi tezda amalga 
oshmaydi.O‘zbekistonda qurulish eng oson ish hisoblanadi buning sababi esa insonlar hali 
qurilmagan uyga pul to‘laydilar.Qurulish qilayotgan tadbirkorga esa material olib kelib qurib qo‘yish 
qoladi holos.Hamma narsa bor investitsiya ham tayyor bundan oson ish qoladimi keyin.Insonlar 
tabiatida bir ajoyib tuyg‘u bor ya’ni sabrsizlik.Insonlar kutishni yoqtirishmaydi. Ular bilmaydilarki 
barcha go‘zal narsalar chiroyli sabr orqali kelishini. Shuning uchun ham mamlakatimizdagi ko‘plab 
tadbirkorlar ta’lim sohasiga kamdan-kam holatdagina pul tikadilar. Iqtisodiyotni rivojlanishining 
asosiy sabablaridan biri bu ta’lim hisoblanadi.Hozrgi kunda mamlakatimizda xususiylashtirish 
rivojlanib bormoqda.Iqtisodchilarda shunday gap bor “Birinchi chopgan ot tezroq chopadi va unga 
hech kim yeta olmaydi”. 
Hayot tanlovlardan iborat hisoblanadi. Iqtisodiyot esa rag‘batlarning ushbu tanlovga va hayot 
shakliga ta’sirini o‘rganadi. Iqtisodiyotni rivojlantiruvchi juda ko‘p omillar mavjud. Eng avvalo 


683 
qonun ustuvorligi va mulk daxlsizligidir. Bu ikki narsani nima tashkil qiladi degan savolga esa 
investitsional o‘zgarishlar bularni shakllantirishi mumkin. Ya’ni investitsional o‘zgarishlar 
iqtisodiyotnibir tizim asosida shakllantiradi. Shu tizim bo‘yicha ketayotgan iqtisodiyotda qonun 
ustuvor va sud huquq tizimi erkin va mulk daxlsizligi bo‘lsa hoh investor bo‘lsin hoh mamlakatning 
ichki ishlab chiqaruvchisi bo‘lsin albatta bular rag‘batni yuzaga keltiradi. Iqtisodiyotni esa rag‘bat 
boshqaradi. 
Hozrgi kunda har bir sohada juda katta islohatlar amalga oshirilmoqda. Mana shunchalik 
chegalaralar ochilyapti qanchadan-qancha sharoitlar yaratilyapti ammo insonlarda shunday gaplar 
bor “Vatanimizga nima uchun ko‘plab investor kelmaydi ?”, deb aytadi Bunga esa bir necha sabablar 
bor Qo‘shni davlatlarning tinch emasligi va istalgan paytda urush bo‘lish havfi bo‘lsa investorni 
foydasiga albatta ziyon bo‘ladi va foydasidan ajrab qo‘lishi mimkinligi sababidan ham investorlar 
kam hisoblanadi.
Bu tabiy holat. Bu narsa nima uchun boshqa mamlakatlarda bo‘lmayapti. Misol uchun Janubiy 
Koreya respublikasi va uning yonidagi davlat Shimoliy Koreya bor. Har ikki davlat orasida juda ko‘p 
nizolar bo‘lib turadi. Ammo iqtisodiyoti kundan kunga rivojlanib bormoqda. Nima uchun Janubiy 
“Koreyaga investorlar juda ko‘p keladi O‘zbekistonga esa yo‘q ? ” degan savol tu‘giladi. 
U yerda mulk daxlsizligi va investorlarning o‘rganishlari o‘z o‘rnida amalga oshiriladi. 
Iqtisodiyot insonlarning kelib-ketishiga bog‘liq emas balki bitta shakllangan tizimga bog‘liq 
hisoblanadi. Koreyada prezident bir marotaba saylanadi va u o‘z o‘rnidan ketsa ham asosiy bo‘lgan 
narsalar o‘zgarmaydi. Bizni mamlakatimizda esa yangi hokim kelsa ham avvalgisi qilgan ishlarni va 
yerlarni olib qo‘yish huquqiga ega hisoblanadi. Agar mulk daxlsizligi bor mamlakatlarda urush yoki 
tabiiy ofat bo‘lsa ham mamlakat albatta investorga qaytarib beradi. Bizda esa hali hamon ishonch 
yo‘q.Bizda sud tizimi hali erkin bo‘lmagani uchun mulk daxlsizligi yaxshi rivojlanmaganligi uchun 
oddiy insonlardan ham yerlarini tortib olinish holatlari kuzatilyotganli barcha ijtimoiy tarmoqlarda 
yaqqol ko‘rinib turgan bo‘lsa investorlarda ham ishonch bo‘lmaydi.O‘zining aholisiga shunday 
munosabatda bo‘lyapti qolganlarga ham shunday qilishi mumkin degan tushunchalar albatta bo‘ladi.
Buning uchun sud erkinligi va investitsional tizim yaxshilansagina iqtisodiy rivojlanish 
bo‘ladi.Prezidentimizning farmoni bilan sud huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud 
hokimiyati organlariga ishonch oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni qabul qilinishi ham 
sud tizimini erkin va barqarorlashtirish uchun juda katta islohatlarga sabab bo‘ldi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda eng katta narsalar xuxusiylashtirishga borib taqaladi. 
Xususiylashtirish orqali juda ko‘p muammolarni hal qilsa bo‘ladi. 


684 

Birinchi navbatda sanoat mahsuldorligini oshirishga erishsa bo‘ladi. 

Davlatning harajatlari kamayadi, sababi ko‘plab kirma va ko‘rxonalar davlat 
tasarrufidan chiqganidan keyin davlat qandaydir firma yoki korxonaga pul to‘lamaydi 
va unga sarflayotgan pulini ta’limga va boshqa ijtimoiy sohani rivojlantirishga 
sarflaydi.

Savdo ochilishiga ham aynan xususiylashtirish sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz hali hamon Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmagan. Juda ko‘plab davlatlar 
ya’ni 164 nafar davlat bu tashkilotga a’zo hisoblanadi. Jahon savdo tshkiloti (WTO,World Trade 
Organization) bu savdo tashkilotining asosiy maqsadlaridan biri bu o‘zini himoya qilishni 
kuchaytirish va proteksionizm qo‘llanilishini bekor qilishdan iborat. Proteksionizm siyosati bu-
panalash,himoya qilish (davlatning ichki bozorini chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab 
chiqaruvchilarning tashqi bozorga chiqishlarini rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat 
hisoblanadi) deganidir. Bu tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan 
cheksiz imkoniyat eshigi hisoblanadi. O‘zaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning o‘z savdo 
siyosatlarini olib borishda mas’uliyat yuklaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad –jahon bozorida 
muvaffaqiyatli faoliyat yurutishda tavorlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar, eksport va 
importlarga ko‘mak berishdir. Jahon savda tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarga bir qancha talablar 
qo‘yiladi. Shuning uchun ko‘p mamlakatlar bu tashkilotga a’zo bo‘lishi mushkuldir.Sababi arzon va 
sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalari bilan raqobat qila olmagan milliy korxonalar 
tanazzulga yuz tutishi ham haqiqatdir.O‘zbekiston 1995-yilda ariza topshirgan bo‘lishiga qaramasdan 
2017-yildan boshlab ijobiy siljish kuzatilmoqda.
Xitoy xalq respublikasi ham 2001 yilda bu tashkilotga a’zo bo‘lgan hisoblanadi. Jahon savdo 
tashkilotiga a’zo bo‘ladigan bo‘lsa eng avvalo monopolistlar ziyon ko’radi. Monopolist bu-yagona 
sotaman (iqtisodiyotning ma’lum bir sohasida tanho hukmronlik bozorini tashkil etish shakli) degan 
ma’noni anglatadi. Iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili bu importning oshishidir. 
Importning oshishi esa eksportni ham oshishiga olib keladi.Iqtisodiyot hech qachon bir joyda to‘xtab 
qolmaydi va har doim rivojlanishda davom etadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak ham ishlab 
chiqarish resurslarining cheklanganligi va insonlarning ehtiyojlarining cheksizligi har doim o‘z aksini 
topib kelgan. Bir narsani amalga oshirish uchun boshqa narsalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi 
bazan. Iqtisodiyotda barcha harajatlar muqobil qiymat hisoblanadi. Juda ko‘p harajatlar pulda 
hisoblanadi ammo bular ham muqobil qiymat deb yuritiladi. Iqtisodiyotda tabiiy boyliklar yaxshimi 
yoki yomon degan jumla bor. Tabiyki albatta yomon deb yurtiladi. Buning sababi esa insonlarni tabiiy 
boyliklar dangasa qilib qo‘yadi. Insonlarni faqat bitta sohaga jalb qiladi holos. Ilm olishga bo‘lgan 
qiziqish va harakatga ham to‘sqinlik qiladi bu boyliklar. Sababi boylik bor ilm olib nima qilaman 
degan tushuncha ham paydo bo‘ladi.Ammo biz bilamizki yotib yesang tog‘ turmydi degan gap bor. 


685 
Tabiiy boyliklari yo‘q davlat albatta aqlga e’tiborni ko‘proq beradi va shu orqali rivojlanish yo‘lini 
tanlaydi.
Paxta,neft,oltin bizni boyligimiz emas bizni boyligimiz aql bo‘lishi kerak. Misol uchun 
oladigan bo‘lsak, Singapur davlatini bilimdan boshqa boyligi yo‘q va uning iqtisodiyotini ham 
ularning bilimi tashkil qiladi. U Malayziyadan ajralib chiqqanda ularda hech qanday tabiiy boylik 
ham boshqa narsalar ham bo‘lmagan. Ukraina davlatini olaylik u intelektual mahsulot eksporti 
bo‘yicha TOP 25 talik davlatlar ichiga kiradi vaholanki u sobiq Ittifoq davlartkaridan ajralib 
chiqqanidan so‘ng boshqa mustamlaka davlatlar qatorida juda kuchsiz va himoyasiz edi. Oradan yillar 
o‘tib hukumatning IT va ilm fanga bergan e’tibori natijasida IT sohasidan kelgan daromad 
mamlakatda birinchi bor qurol eksportidan oshib ketadi va iqtisodiyotni ko‘taradigan asosiy 
tarmoqlardan biriga aylanadi.
Davlatimiz rahbarining 2019-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasing “Yashil” 
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlashi to‘g‘risidagi qarori qabul qilingani ham juda katta 
islohatlarga sabab bo‘ldi. Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiy bazaviy 
tarmoqlarni modernizatsiya va diversifikatsiya hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar amalga oshrilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki mamlaktimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun 
xususiylashtirishga va ta’lim sohasini tubdan isloh qilishga ko‘proq e’tibor qaratilishi kerakligini 
ko‘rsatadi.Rivojlanish uchun boylik ro‘l o‘namaydi, rivojlanish uchun neft yoki gaz ham ahamiyat 
kasb etmaydi. Buning uchun esa sud tizimini yanada isloh qilish va mulk daxlsizligi hamda 
mamlakatdagi institutlar o‘rnini beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.Iqtisodiyotni rivojlantirish bu ta’lim 
orqali bo‘lsa juda katta yutuqlarga erishish mumkin. 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет