Название публикации: «TA’LIM TIZIMIDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH»
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’limda interfaol metodlardan foydalanish
mavzusida ilmiy ma’lumotlar berildi.
Kalit so‘zlar: Umumta’lim maktablarida interfaol usullarni qo’llash, ta’lim
sifati va samaradorligini ko’tarish, takomillashtirilgan standart va moderinizatsiya
qilingan dasturlarni o’zlashtirishni kafolatlash.
Maktablarning moddiy bazasi kun sayin mustahkamlanib bormoqda. Yangi –
yangi maktablarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash, zamonaviy asbob –
uskunalar,
jihozlar,
texnika
vositalari,
informatsion
axborot
vositalari,
kompyuterlashtirish, axborot – resurs markazlari bilan ta’minlanmoqda. O’qituvchilar
va o’quvchilarni ijtimoiy himoya qilish, tabaqalashgan holda moddiy, ma’naviy
rag’batlantirish mexanizmlari yaratilmoqda. Qisqa qilib aytganda, xalq ta’limi
xodimlariga har tomonlama jahon talablariga mos jihozlangan maktablarda
farzandlarimizga zamonaviy o’quv xonalar va laboratoriyalarda ta’lim berish uchun
barcha imkoniyatlar yaratilib berilgan. Bu haqda chet ellik ekspertlar ham o’zlarining
ijobiy fikrlarini bildirmoqdalar. Ana shunday sharoitda yangilangan innovatsion
pedagogika asosida dars o’tishga barcha o’qituvchilar tayyormi? Ular mas’uliyatni his
qilgan holda jonbozlik ko’rsatishyaptimi? Maktablarda hamon eski qolipdagi zerikarli
darslardan voz kechish uchun nima qilmoq, ishni qanday tashkil etmoq kerak?
Umumta’lim maktablarida interfaol usullarni qo’llash, ta’lim sifati va samaradorligini
ko’tarish, takomillashtirilgan standart va moderinizatsiya qilingan dasturlarni
o’zlashtirishni kafolatlash, o’quvchini faollikka, erkin fikr yuritishga o’rgatish, o’z
743
nuqtayi nazarini himoya qilishga erishtirish uchun nima qilmoq, qanday choralar
ko’rmoq kerak? Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun o’qituvchi faoliyatini
innovatsion asosda qayta ko’rib chiqish, interfaol ta’limni yo’lga qo’yish dolzarb
bo’lib qolmoqda. O’qituvchilarimiz bu vaziyatdan chiqishda ularni o’z faoliyatiga
tanqidiy yondashib, psixologik qayta ko’rib chiqib, ularni yangi sharoitda bolalarga
samimiy munosabatda bo’lish, ularni rivojlantirishda shaxsiy yondashuv, hamkorlik,
hamijodkorlik, individuallashish asosida, ularni ta’lim - tarbiya jarayoniga motivatsiya
hosil qilish orqali ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga barcha kuchlarini va
e’tiborlarini qaratishni talab etadi. Agar o’qituvchi o’zining faoliyatni kuzatib borsa,
tahlil qilsa, o’ziga baho bera olsa, o’z faoliyatiga tuzatishlar, yangiliklar kirita olish
imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu sababli ham respublikamizda interfaol metodlarni o’quv
jarayoniga qo’llash keng joriy etilmog’i kerak. O’quv jarayoni markazida o’quvchi
shaxsi, uning ehtiyoji bo’lmog’i lozim. O’quv jarayoni uning xohish, istagiga
qaratilgan, yo’naltirilgan bo’lmog’i talab etiladi. Shaxsga qaratilgan ta’lim o’quvchini
o’quv – biluv faoliyatini tashkil etishning harakatlantiruvchi, qiziqish, ehtiyojini,
xohish, istaklarini ro’yobga chiqaruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. Innovatsion,
interfaol ta’lim o’qituvchi va o’quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o’z shaxsini
rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi.
Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi
xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin:
- O’quvchi o’qitilibgina qolmay, mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga, o’zlashtirishga
o’rgatiladi.
- O’quvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza
yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. Bizga yot
fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z nuqtayi nazarini himoya eta olish ko’nikmalari
shakllantiriladi.
744
- O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, axborot –
resurs markazlaridan, internetdan, turli boshqa manbalardan izlash, topish, qayta
ishlash orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi.
- O’quvchining darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, konspekt yozish, qo’shimcha
adabiyotlar va manbalardan foydalanib, mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini
egallashga o’rgatiladi.
- Sinfdagi barcha o’quvchilarni o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishlari
kafolatlanadi. O’quvchining o’zlashtirganligini, olgan bilimlarini kundalik hayotda,
amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi.
- O’qituvchi – o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv
– biluv faoliyatlariga olib kira olsalar, barcha o’quvchilar deyarli bir xil natijalarga
erishadilar.
Interfaol metodda dars jarayoni tashkil etilganda:
1.O’quvchilarning o’zaro faolligi oshadi, hamkorlik, ham ijodkorlikda ishlash
ko’nikmalari shakllanadi.
2.O’quv reja, dastur, ta’lim mazmuni, darslik, standart, me’yor, qo’llanmalar bilan
ishlash malakalari shakllanadi.
3.Ta’lim mazmunini, matnini mustaqil mutoala qilish, ishlash, o’zlashtirish kundalik
shaxsiy ishlariga aylanadi.
4.O’quvchi erkin fikr bildirish, o’z fikrini himoya qilish, isbotlay olish, tasdiqlay
olishga odatlanadi. Eng muhimi o’quv jarayonida didaktiv motivlar vujudga keladi.
Ya’ni o’quvchining ehtiyoji, xohish, istagi qondiriladi, dars qiziqarli kechayotganligi
sababli, vaqt o’tayotganini bilmay qoladi. O’quv – biluv jarayonida o’quvchining
shaxsiy manfaatdorligi oshadi. Bu holat o’quvchini o’quv maqsadlariga intilishi va
erishishida yuqori bosqichga ko’taradi.
Keyingi vaqtlarda o’qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta’lim nima? Interfaol
metodda o’qitish nima uchun zarur? Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi
745
qanday? Uni ta’lim jarayoniga qanday olib kiriladi? Uning avvalgi usullardan farqi
nimada? degan savollar uchraydi. Bu savollarga aniq javob topish uchun shu kunlarda
umumta’lim maktablarimizda olib borilayotgan an’anaviy darslarni yana bir marotaba
tahlil etish joizdir. An’anaviy usul XVII asrda chex pedagog olimi Yan Amos
Komenskiy tomonidan taklif etilgan. U o’qitishning yagona klassik tizimini ishlab
chiqib, uni sinf – dars tizimi deb yuritadi. Keyinchalik bu tizim pedagogikada keng
tarqalgan.
An’anaviy maktab sinf – dars tizimi quyidagicha o’ziga xos an’analarga ega: -
Taxminan bir xil yoki yaqin yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin bolalar sinfni tashkil
etadi. - Sinf yagona reja, dastur, darslik, dars jadvali asosida ishlaydi. - Mashg’ulot turi
asosan yagona dars hisoblanadi. - Dars ma’lum bir o’quv predmeti, mavzuga oid bir
xil material ustida ishlaydi. - O’quvchilar faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, har bir
o’quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida o’quvchini sinfdan – sinfga
ko’chirishni ham u hal qiladi, ya’ni o’quvchilarning taqdirining hal etilishi o’qituvchi
qo’lidadir. - Darsliklar bilan ishlash uy ishini bajarishda uyda qo’llaniladi.
Достарыңызбен бөлісу: |