“Kamalak jilosi” metodini boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga
muvofiqdir. Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham
foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda
qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq, katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni
turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k rangli chiziqqa
joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so’zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish vazifasi
beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu
metodni qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali son deb
oladigan bo‘lsak, ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la oladi.
“Kamalak jilosi” metodi orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va
sifatlar shakllanadi:
- o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi turkum doirasiga kirishini eslab qoladi;
- o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atrofmuhit va
tabiatga muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari shakllanadi;
733
- o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni jamlash,
fikrlash, zehnlilik va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod
alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar
tizimini shakllantirish;
hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli
bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan
chiqarish vazifasini topshirish;
o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash
maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib
o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan
tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay
olishni talab etadi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining
yuksak darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi
texnika va tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish
darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish
jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson va qiziqarli bo‘lgan usullarni tanlashi
va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan
tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi,
pedagogik texnologiyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
734
Adabiyotlar:
1. Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar,
2007.
2. Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5, 2004
yil.
3. Davydov, V.V. Ta'limni rivojlantirish muammolari / V.V. Davydov. - M., 2016
yil.
735
Достарыңызбен бөлісу: |