983
ФИО автора: Doliyeva Dilnura Alisher qizi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti
Neft va gaz fakulteti, Gaz jihozlaridan foydalanish yo'nalishi
2-kurs talabasi
Название
публикации:
«GAZ
BALLON
BILAN
JIHOZLANGAN
AVTOMOBILLARGA XIZMAT KO‘RSATISH USTAXONASIDA MEHNAT
XAVFSIZLIGI»
ANNOTASIYA: Ushbu maqolada transport vositalarida ishlatiladigan gaz
balonli ichki yonuv dvigatellariga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida agregat va
uskunalarga qo‘yiladigan talablar, mexnatni muxofaza qilish bo‘yicha bajariladigan
ishlar va ustaxonada mehnatni muxofaza qilish, ustaxonani yoritish bo‘yicha
ko‘rsatmalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: ichki yonuv dvigateli, yonilg‘i turlari, gaz yonilg‘isi, yoritish,
ustaxona maydoni, solishtirma quvvat, yoritilganlik koeffisiyenti.
O‘zbekistonda bugungi kunda dunyo hamjamiyatini xavotirga solayotgan va
barqaror
rivojlanishga
atrof-muxitga
munosabatlarni
yaxshilanishiga
xavf
tug‘dirayotgan, global iqlim o‘zgarishi ta’siri kamaytirish bo‘yicha keng qamrovli
ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston 1993 yilda BMT ning iqlim
o‘zgarishi haqidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Uni bajarish bo‘yicha ishlar
doirasida toza rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqarishga joriy etishga, avtomobil
transportini ekologik toza yonilg‘iga o‘tkazishga, transport vositalarining ekologiyaga
zararli ta’sirini kamaytirishga doimiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Maxkamasining 2013 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining 2013-
2017 yillarda atrof-muhitni muxofaza qilish bo‘yicha harakat Dasturi haqida”gi qarori
bu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Ushbu
qarorga muvofiq atrofmuhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan issiq gazlar chiqindisini
kamaytirish, neft-gaz, kimyo va energetika tarmoqlarining korxonalarini qayta qurish,
ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha qator
loyihalar amalga oshirildi.
2019 yil 18 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2035
yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi” da mavjud ekologik muammolarga
alohida to‘xtalib o‘tilgan. Jumladan, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining oldini olish
984
bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida avtotransport vositalarining ekologiyaga ta’sirini
kamaytirish masalasi yechimi sifatida, avtotransport vositalarining standartlarini joriy
etish hamda Yevro-6 motor yonilg‘isi standartlarini kiritish belgilab qo‘yilgan. Global
iqlimni 1,5 0S darajasida cheklash yer, energetika, sanoat tizimlariga va binolar,
transport va shaharlarga tegishli “tezkor va uzoqqa boradigan” o‘tish jarayonlarini
talab qiladi. Insonning faoliyatidan chiqqan karbonat angidrid (SO2) chiqindilari 2030
yilga kelib 2010 yilga qaraganda taxminan 45% ga qisqartirilishi kerak, ya’ni 2050
yilga qadar “aniq nol” ga erishish kerak deb ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, texnika
fanlari doktori, prof. T.S.Xudoyberdiyev raxbarligida ichki yonuv dvigatellarni O‘rta
Osiyo sharoitida ishlatish samaradorligini oshirishga katta xissa qo‘shdi. Hozirgi
kunda uning rahbarligida O‘zbekistonning yangi avtomobillarini yaratish, dvigatellarni
silindr- porshen guruhi detallarining issiqlikka bardoshliligini orttirish, ularni gaz
ѐnilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha qator ishlar davom ettirilmoqda. S.M.Qodirovning
“Traktor dvigatellarini unumli ishlatish” nomli kitobida avtomobillar, traktorlar va yo‘l
qurilish mashinalari dvigatellarining ishlash jarayoni, dvigatel detallarining issiq iqlim
sharoitida zo‘riqishi, dvigatel ko‘rsatkichlarini belgilovchi ekspluatatsion omillar
atroflicha o‘rganilgan.
B.I.Bozorovning “Ekologicheskaya bezopasnost avtotransportnix sredstv”
nomli kitobida avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini belgilovchi asosiy
xususiyatlari
keltirilgan.
Q.M.Siddiqnazarov,
U.V.Axmedov
“O‘zbekiston
avtotransporti o‘tmishda va istiqlol yillarida” ushbu kitobda avtotransport va
ekologiya, avtotransportni paydo bo‘lishi, mustaqillik yillarigacha O‘zbekiston
avtotransporti kabi ma’lumotlar keltirilgan [9]. N.G.Pevnev, A.P.Yelgin,
L.N.Buxarov, “Texnicheskaya yekspluatasiya gazobalonnix avtomobiley”. Ushbu
kitobda gaz ballonli avtomobillarni ishlatish va gaz yonilg‘isidan avtomobillar uchun
yoqilg‘i sifatida foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan [10]. Panov Yu.V.
“Ustanovka i yekspluatasiya gazoballonnogo oborudovaniya avtomobiley” [11].
Ushbu qo‘llanmada avtomobillarga gaz ballon uskunalarini o‘rnatish usullari va
jihozlari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. B.I.Bazarovnig “Nauchniye osnovi energo-
ekologicheskoy effektivnosti ispolzovaniya alternativnix motornix topliva” nomli
dissertasiya ishida transport vositalari uchun alternativ yoqilg‘ilardan foydalanishning
ekologik samaradorligi asoslari keltirilgan va asoslab berilgan [12]. Avtotransport
korxonalarida servis xizmat ko‘rsatish jarayonida mehnatni muxofaza qilish jarayoni
Respublikamiz olimlari tomonidan atroflicha tahlil etilgan.
Sanitariya-maishiy binolar qurish, yakka tartibdagi himoya vositalaridan
foydalanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda kasbiy kasallanishlarni
985
hamda zaharlanishlarning oldini olish, mehnatkashlar sog‘lig‘ini saqlash masalalarini
hal etadi, shuningdek mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va ishlab chiqarish
madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena tadbirlarini ishlab chiqadi.
Mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasining hamma talablari
bajarilishini nazorat qilish Respublikamiz sog‘likni saqlash vazirligiga qarashli
sanitariya epidemiyaga qarshi xizmatlari tashkilotlari hamda muassalari zimmasiga
yuklatilgan. Ular avtoservis korxonalarini loyihalash, qurish yoki rekonstruksiya qilish
yoki texnik qayta jihozlash va ulardan foydalanish bosqichida sanitariya nazoratini
amalga oshiradi.
Avtotransport korxonalarida ishlayotgan ishchilar va xodimlar yaxshi ishlari
uchun avvalo uni qurshab turgan muhitni muayyan sharoiti zarur bo'ladi.Tashkil
etilayotgan yoqilg‘i apparaturalarini ta’mirlash korxonasida inson organizmiga ishlab
chiqarishni har xil zararli omillari ta’sir ko‘rsatadi. Zararli omillar fizik, kimyoviy,
biologik va psixofiziologik bo’lishi mumkin. Ularning hammasi inson organizmiga
bevosita texnologik jarayonlar, mehnat tartibotlari hamda atrof-muhit orqali ta’sir
qiladi. Barcha zararli omillar ishchilar organizmining tashqi ta’sirlariga qarshilik
ko‘rsatilishini susaytiradi, mehnat qobilyatini kamayishi yoki butunlay yo‘qolishiga
olib keladi.
Mehnat gigiyenasi va ishlab chiqarish sanitariyasi ishlovchilarga zararli
omillarni yo‘qotuvchi yoki kamaytiruvchi tashkiliy hamda sanitariya texnik tadbirlar
va vositalar majmuidir. Agar ishlab chiqarish omillarining ta’siri muayyan sharoitda
ishchilarning kasallanishi va mehnat qobilyatini yo‘qolishiga olib kelsa, ular
hisoblanadi. Ko‘ngilsiz hodisalar va kasbiy kasallanishlar ishchilarning sog‘ligiga
zarar yetkazibgina qolmasdan, balki iqtisodiy ziyon ham yetkazadi: ish vaqtini
yo‘qotilishiga, jihozlarni va asbobuskunalarni to‘xtab qolishiga, mahsulot ishlab
chiqarishning kamayishiga, shuningdek ijtimoiy sug‘urta va zararlar o‘rnini qoplashlar
bo‘yicha to‘lovlar ko‘rinishidagi bevosita harajatlarga olib keladi. Bu zararlarni
Respublika miqyosida hisoblaydigan bo‘lsak, har yiliga bir necha milliard so‘mni
tashkil qiladi. Mehnat gigiyenasi ishchilar organizmiga mehnat jarayonini atrofdagi
ishlab chiqarish muhitining ta’sirini o‘rganadi hamda mehnatning sanitariyagigiyena
sharoitini yaxshilashga doir tavsiyanomalarni ishlab chiqadi. Bu tavsiyanomalar
ishlovchilar sog‘ligini saqlash va yaxshilash haqidagi fan bo‘lsa, sanitariya amalga
oshirishga yordam beradigan amaliy faoliyatdir.
Gaz apparaturalarini ta’mirlash ishlarini detallarini qismlarga qo‘l kuchi bilan
ajratganda birinchidan ishchilar ko‘p kuch sarflashadi, ikkinchidan gaz apparatularini
ta’mirlashda extiyot bo‘lish kerak aks xolda atrofdagilarga va ishchilarga shikast
yetkazishi mumkin. Shuning uchun qismlarga ajratishda stendlardan foydalaniladi, bu
986
stendlardan foydalanilgan elektr uzatmalari, elektrodvigatel va boshqa elektr jihozlari
izolyatsiyalangan bo‘lishi lozim. Gaz apparatularini ta’mirlash vaqtida stenddan gaz
balonlarini va apparatlarini chiqib ketmasligini ta’minlovchi yordamchi jihozlarni
ishlatish lozim, yordamchi jihozlarsiz ishlash mumkin emas. Gaz balonlarni stentdan
otilib ketishini oldini olish uchun ularni mahkam qotiradigan to‘siqlar o‘rnatilgan
bo‘lishi lozim. Ta’mirlanadigan detallarni dastgohida doimiy maxkam ushlab turish
uchun turli xil moslamalardan foydalanish kerak.
Xulosa o‘rnida quyidagilarni aytish mumkin:
1. Ishlab chiqarish sanitariyasi korxonalar, ishlab chiqarish binolari va
xonalarning hududini sanitariya jihatidan obodonlashtirish, sanitariya texnikasi
uskunalarini o‘rnatishdir.
2. Gaz apparaturalarini ta’mirlash ustaxonasida tortuvchi shamollatish
qurilmasi, payvandlash dastgohi ustida va misgarlik dastgohi ustida tortuvchi zont
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
3. Gaz apparaturalarini ta’mirlash ishlarini qilish apparatlarini ishlatishda ruxsat
etilgan elektr toklarini ishlash kerak bo‘ladi. Shuning uchun apparatda ampermeti,
xamda ko’rsatish jixozlari bыlishi lozim. Ampermeti nosoz bo‘lganda apparatni
ishlatish qat’iyan ta’qiqlanadi.
Достарыңызбен бөлісу: |