Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»


Jurnalistik faoliyat havfsizligi va daxilsizligini taminlashning huquqiy



Pdf көрінісі
бет51/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Jurnalistik faoliyat havfsizligi va daxilsizligini taminlashning huquqiy 
asoslari: milliy va xalqaro tajriba: 
Jurnalist - O’zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot 
vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma’lum 
mavzudagi axborotni to’plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug’ullanuvchi 
shaxsdirJurnalist jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida shaxs daxlsizligi 
kafolatidan foydalanadi. Tanqidiy materiallar e’lon qilganligi uchun jurnalistni ta’qib 
qilishga yo’l qo’yilmaydi. Jurnalist o’z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish 
chog’ida: 
• axborot to’plash, uni tahlil etish va tarqatish; 
• axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish; 
• davlat siri yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, 
materiallar va axborotdan foydalana olish; 
• jurnalist tekshiruvi o’tkazish; 
• o’zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini 
yoki taxallusini qo’yib tarqatish, ularda o’z fikr-mulohazasini ifodalash; 
• jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo’lish; 


165 
• ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan, zarur texnika 
vositalaridan foydalangan holda yozib olish; 
• sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan 
hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo’lish; 
• e’lon qilishga tayyorlangan ma’lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat 
qilish; 
• basharti qonunni buzishga olib keladigan bo’lsa, ommaviy axborot vositasi 
tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish; 
• o’zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan 
fikrga kelsa, unga imzo qo’ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga 
bermaslikni) talab etish; 
• axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish; 
• taqdim etgan xabarining mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e’lon qilishi 
oqibatida o’ziga yetkazilgan ma’naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali 
talab qilish; 
• jamoat birlashmalariga, shu jumladan, jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish 
huquqlariga ega. Jurnalist o’ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan 
ham foydalanadi. O’zbekiston Respublikasining jurnalisti Chet elda jurnalistlik 
faoliyatini O’zbekiston Respublikasining va o’zi akkreditatsiya qilingan mamlakatning 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi hududida 
akkreditatsiya qilingan Chet el jurnalisti axborot to’plash va tarqatishda O’zbekiston 
Respublikasi jurnalisti bilan teng huquqlarga ega. Chet el jurnalisti O’zbekiston 
Respublikasi hududida jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog’ida O’zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etishi shart.
Kelgusida amalga oshiriladigan 
ishlar bir talay. Hali-xamon “biz erkaklar klubimiz” degan eskicha qarashda 
qolayotgan ko‘plab uyushmalarda ayollar soni kamligicha qolmoqda. Shubhasiz, 


166 
ayrim mintaqalarda urfga kirib qolgan yanglish odatlarga barham berish muhim vazifa 
bo‘lib turibdi. Erkak va ayolga turlicha maosh to‘lash, ish va oila hayotini 
uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklar, malaka oshirish va lavozimga tayinlanish 
imkoniyatining kamligi, ishxonalarda ayollarga bepisand bo‘lish, ularni qo‘rqitish, 
kaltaklash va OAV yangiliklarida gender masalasining bir tomonlama yoritilishi bilan 
bog‘liq tashvishlar - bularning barchasi jurnalistlar uyushmalari ko‘tarishi lozim 
bo‘lgan dolzarb masalalardir. 
XULOSA
Huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishni o‘z oldiga strategik 
maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekistonning har bir fuqarosidan, xoh u ayol, xoh erkak 
bo‘lsin, bugun, birinchi navbatda, azmu-shijoat, ijtimoiy faollik, mas’uliyat va yuksak 
huquqiy madaniyat talab etiladi. Oilada, ishxonada, mahallada, turli darajadagi davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarida, tadbirkorlik va siyosat jabhasida millatimizning 
ayolu-erkaklari yurtimizning ertangi kuniga teng ravishda mas’uldirlar. Bunday 
mas’uliyatni shakllantirishda, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, ayolu-
erkalarning qadr-qimmatini teng ta’minlashda milliy OAV va jurnalistlar oldida qator 
vazifalar turibdi. Ularni bajarish davomida OAV xodimlarining o‘zi ham gender 
muvozanatiga rioya qilishi, tahririyatlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning 
ijodiy, kasbiy va tashkiliy salohiyati to‘la-to‘kis namoyon bo‘lishi uchun barcha 
sharoitlarni yaratish zarur bo‘ladi. O‘zbekiston OAV bu boradagi jahon ilg‘or 
tajribalarini o‘zlashtirgani holda milliy taraqqiyotga yuz tutish jarayonida milliy 
jurnalistikamizga xos bo‘lgan ilg‘or an’analarni ham rivojlantirishi, xotin-qizlarimiz 
hayotida, kasbiy faoliyatida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, ularning ruhiyati va 
ertangi kunga bo‘lgan chuqur ishonchini tasvirlovchi ixcham portret, suhbat, esse, 
lavha, tahliliy materiallar berib borish davr taqozosidir. OAV chiqishlarida dialogning 
ustivorligi, ularning muayyan auditoriyaga yo‘naltirilganligi, erkak va ayollar 
timsollarining teng ravishda va teng kesimda gavdalantirilishi jurnalistlarning gender 
savodxonligi va madaniyatidan darak beradi. Mazkur o‘quv qo‘llanmada jamlangan 
OAVning gender borasidagi tajribasi tahlili va tavsiyalar jurnalistlarda gender 


167 
sezgirligi, savodxonligi va madaniyatini oshirishda amaliy ko‘mak beradi, degan 
umiddamiz.


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет