Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке»



Pdf көрінісі
бет53/328
Дата19.01.2023
өлшемі12,18 Mb.
#61977
түріСборник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   328
Байланысты:
Зарина мақола 722 бет

Tayanch iboralar: Mahmud ibn Mamdud, Muzaffar Sayfuddin Qutuz, 
Mamluklar, Salibchilar muammosi, Rukniddin Zohir Beybars Bunduqdoriy, Kitbug‘a, 
Ayn-Jolut jangi. 
Ключевые слова: Махмуд ибн Мамдуд, Музаффар Сайфуддин Кутуз, 
Мамлюки, проблема с крестоноцами, Рукниддин Зохир Бейбарс Бундукдари, 
Китбуга, битва при Айн-Джолуте. 


169 
Key words: Mahmud ibn Mamdud, Muzaffar Saif ad-Din Qutuz, Mamluks, the 
problem with the Crusaders, al-Zahir Rukn al-Din Baibars al-Bunduqdari, the battle 
of Ain-Jalut.  
Islom tarixi qahramonlaridan biri bo‘lgan Sayfuddin Qutuz kim edi? 
U kishining asl ismi Mahmud ibn Mamdud bo‘lib, musulmon podshohlar 
oilasidan edi. Bu dunyo bunchalar tor bo‘lmasa! Sayfuddin Qutuz rahimullohning 
onasi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining opasi, otasi esa Jaloliddinning 
amakivachchasi edi
13

Jaloliddin Manguberdi ikki marta mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonganidan 
keyin Hind daryosi bo‘yida achchiq mag‘lubiyatga uchragan va Hindistonga chekingan 
edi. Oxir-oqibat u kurd millatiga mansub dehqon tomonidan ayanchli va fojeali 
sur’atda qatl qilingan edi. Mo‘g‘ullar Jaloliddinning qarindoshlarining ko‘pini 
o‘ldirgan, qolganini asir olgan edi. Sayfuddin Qutuz mo‘g‘ullar tirik qoldirib, qul 
bozorlarida sotganlar jumlasidan edi. Mahmudga Qutuz laqabini mo‘g‘ullar qo‘ygan 
edi. Mo‘g‘ul tilida “Qutuz” so‘zi “qopag‘on it” degan ma’noga dalolat qiladi
14

Qutuzda yoshligidanoq qat’iylik, quvvat va jasorat alomatlari ravshan bo‘lgani uchun 
mo‘g‘ullar unga bu laqabni qo‘yishgan edi. So‘ngra uni Damashq qul bozorida sotib 
yuborishgan, keyinchalik uni Ayyubiylardan biri sotib olib, Misrga olib ketgan edi. 
Undan bunga sotilib, oxiri podshoh Mu’iz Izzuddin Oybekka yetib kelgan edi. So‘ngra 
Qutuz uning armiyasiga bosh qo‘mondon bo‘ldi. U Misr hokimi bo‘lgandan so‘ng 
“Podshoh Muzaffar” (g‘olib podshoh) laqabini oldi. 
Qutuz qissasini o‘rganar ekanmiz, tarixning har doim takrorlanib turishining 
yaqqol guvohi bo‘lamiz. Fir’avn mulkining zavolidan qo‘rqib Bani Isroilning o‘g‘il 
farzandlarini qatl qildirdi. So‘ngra aynan o‘sha farzand (Muso alayhissalom)ni 
Fir’avnning o‘zi o‘z uyida o‘g‘il qilib, tarbiyalab ulg‘aytirdi. So‘ngra u sababli mulki 
zavol bo‘ldi. Mo‘g‘ullar ham musulmonlarning yosh-u qarisini qilichdan o‘tkazarkan, 
13
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk 
) كولملا لود ةفرعمل كولسلا(, I juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997.
14
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I 
juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997; Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut 
م راتتلا ةصق(
)تولاج نيع ىلإ ةيادبلا ن
, 238-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-tarjima, 2006. 


170 
ularning farzandlaridan birini qul qildi va Damashqda o‘zlariga qaytarib sotdi
15
. U 
boshqasiga sotildi, so‘ngra boshqasiga, hatto butunlay boshqa o‘lkaga borib qoldi. U 
yetti uxlab tushiga ham kirmagan bir diyorda edi. Mo‘g‘ullar o‘z mulkining zavol 
qiluvchi dushmanini o‘zlaridan uzoq bir yerga olib borib saqlab qo‘ygan edi. O‘sha 
damlar yosh qul bolakay bo‘lgan bir nochor yillar o‘tib shu yurtning voliysiga aylanadi 
va mo‘g‘ullarni mag‘lub etadi. 
Qutuz barcha mamluklar (Mamluklar arabcha “Mamolik” “qullar” yoki 
“bandalar” deganidir. Biroq “Mamolik” so‘zi islom tarixida istilohiy ma’no kasb etib, 
“Mamolik” deganda shunchaki qullar emas, balki muayyan asrdagi qullar jamoasi 
ko‘zda tutiladi.) singari kuchli diniy tarbiyada ulg‘aydi. Yoshligidanoq askariy bilimlar 
va jang uslublari, boshqaruv shakli va idora qilish yo‘llarini o‘rgandi. U kishi dinga 
muhabbatli, dinni qadrlovchi, jasur va mag‘rur bo‘lib yetishdi. Qutuz o‘ta sabr-
bardoshli edi. Bundan tashqari, u podshoh xonadonida tug‘ilgan va go‘dakligida 
amirlarga xos hayot kechirgan edi. Bu esa unga o‘ziga bo‘lgan ishonchni bergan edi. 
Boshqarish, hukm yurgizish va idora qilish ishlari unga begona emasdi. Ustiga-ustak 
uning oilasi mo‘g‘ullar oyog‘i ostida halok bo‘lgan hamda yoshligida mo‘g‘ullarning 
qilmishlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan edi. Bu esa mo‘g‘ullar fojeasini yaxshiroq 
tushunishiga katta turtki bo‘lganida shubha yo‘qdir. Bu omillarning barchasi to‘planib, 
Qutuzni qiyinchiliklarni yenga oladigan; dushmanlari har qancha ko‘p va kuchli bo‘lsa 
ham, ulardan umuman qo‘rqmaydigan mardlik timsoli bo‘lishiga olib keldi… 
Asosiy maqsadimizga to‘xtaladigan bo‘lsak, Qutuzning qarshisida salibchilar 
muammosi ham bor edi. Falastin, Livan va Suriyaning ko‘p qismlari, xususan, O’rtayer 
dengizi sohillari salibchilar tomonidan bosib olingan bo‘lib, Akko, Xayfa, Sayda, Sur, 
Bayrut, Lazikiya, Antokiya salib amirliklari qo‘l ostida edi. Bu salib amirliklarining 
orasida eng quvvatlisi Falastin yerlaridagi Akko amirligi edi. 
15
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I 
juz, 520. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997. 


171 
Qutuz Akkoga vafd(delegatsiya) yo‘lladi
16
.Vafd musulmonlar va salibchilar 
o‘rtasida muvaqqat tinchlik bitimi tuzishni o‘rtaga tashladi. Salibchilar tinchlik 
bitimini qabul qilishdi
17

Qutuz lashkarning boshiga yetuk qo‘mondon Rukniddin Zohir Beybars 
Bunduqdoriyni tayin qildi. Uning lashkarning oldingi saflariga qo‘yilishidan maqsad 
birinchi zarbada mo‘g‘ullarni yer tishlatish edi. Beybars boshchiligidagi kuchli 
jangchilar guruhini ancha oldinda yurishga amr qildi. Bundan maqsad musulmon 
qo‘shini sonini oz qilib ko‘rsatib, mo‘g‘ul razvedkachilarining ko‘zini shamg‘alat 
qilish edi. 
1260-yil 26-iyul kuni Beybars Misr hududlaridan oshib, Falastin yerlariga 
kirdi
18
. G‘azoda musulmon lashkari bilan Bayder boshliq mo‘g‘ul qo‘shini o‘rtasida 
to‘qnashuv sodir bo‘ldi
19
.G‘azodagi mo‘g‘ul guruhi musulmonlarga nisbatan ancha 
kuchsiz edi. Mo‘g‘ul qo‘mondoni Kitbuga va asosiy mo‘g‘ul lashkari G‘azodan 300 
km uzoqda, Livan yerlarida joylashgan Baalbekda edi
20
. Beybars boshliq qo‘shin 
G‘azodagi mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozondi
21

Kitbuga bu mash’um xabarni eshitib, qattiq jahli chiqdi. Bu – mintaqada 
mo‘g‘ullarning ilk bor yengilishi edi. U darhol qo‘shinni hozirlab, janubga – Falastin 
sari yo‘lga otlandi. 
Qutuz Ayn-Jolut vodiysini jang uchun eng qulay va munosib makon deb bildi. 
Bu vodiy yassi maydon bo‘lib, hamma tomondan o‘rta balandlikdagi adirlar bilan 
o‘ralgan, faqat shimoliy tomonigina ochiq edi. Xuddi taqasimon ko‘rinishda bo‘lib, 
atrofdagi adirlar buta va daraxtlardan iborat chakalakzor edi. Bu musulmon lashkariga 
16
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy.)نييبيلصلا و لوغملا دض كيلامملا داهج ( Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-
solibiyyin, 108-bet. Dar an-nashr, 1987; Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 295-bet. Qohira: 
Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-tarjima, 2006.
17
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy. Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-solibiyyin,108-bet. Dar an-nashr, 
1987. 
18
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 299-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006. 
19
Abdulloh Said Muhammad Safir al-G‘omidiy. Jihadul-mamalik didda-l mo‘g‘ul vas-solibiyyin,121 -bet. Dar an-
nashr, 1987. 
20
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 301-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006. 
21
Taqiyyiddin Abu-l Abbos Ahmad bin Ali bin Abdulqodir al-Ubaydiy Makriziy. as-Suluk lima’rifati duvalil-muluk, I 
juz, 516. Beirut-Lebanon : Dar al-kotob al-ilmiyah, 1997. 


172 
chakalakzorga yashirinish, pistirma qo‘yish hamda vodiyning o‘rtasida mo‘g‘ul 
lashkarini qurshab olish imkonini berardi
22
.
Kitbuga kelmasdan burun Qutuz vodiyga yetib keldi va musulmon askarini 
tartibladi. Vodiyning ochiq tomoni, ya’ni shimoliy qismiga Beybars boshchiligidagi 
kuchli guruhni joylashtirdi. Qutuz butun askarni vodiyning sharq, g‘arb va janub 
tomonidagi chakalakzorlarga berkitdi. 
Hijriy 658-yil 25-ramazon/1260-yil 10-sentabr juma kuni islom tarixida ulug‘ 
kun bo‘ldi. Mo‘g‘ul lashkari Beybarsning lashkarini bir hamladayoq qirib tashlaymiz 
deb hammalari jang maydoniga tushishdi. Bu Qutuzning rejasiga ayni muddao bo‘ldi. 
Rukniddin Beybars asta-sekin ortga chekinar, chekingan sari mo‘g‘ul lashkari uning 
o‘rnini egallab borardi. Musulmonlar “mag‘lubiyat” o‘yinini xuddi haqiqiydek o‘ynab 
berdilar. Kitbuga bor lashkari bilan vodiyga kirdi
23
.
Kitbuga bunday katta va qo‘pol harbiy xatoga qanday yo‘l qo‘ydi?! U juda mohir 
va malakali sarkarda bo‘lib, uzoq yillardan beri jang maydonida edi-ku! Oltmish yoki 
yetmish yoshni qoralagan tullak Kitbuga bundan 34 yil muqaddam o‘lgan Chingizxon 
mo‘g‘ul davlatini barpo qilishida ishtirok etgan shaxslardan biri bo‘lib, shundan beri 
jang maydonida edi. U Xulaguning ishongan tog‘i edi go‘yo. 
Jang davomida musulmonlarning holi og‘irlasha boshladi. Shunda Sayfuddin 
Qutuz o‘zi oldinga otilib chiqdi. Dubulg‘asini yerga urdi-da, bor ovozi bilan “Voo 
Islamoooh!!!” deya na’ra tortib, dushman tomon hamla qildi. Uning ortidan 
mardonavor askarlari ham dushmanga tashlandilar. Mo‘g‘ullarning qo‘mondoni 
Kitbuga qatl qilindi. Uning amirlari ham qatl qilindi
24
.
Mo‘g‘ullar Alloh taoloning oxirgi va mukammal dinini tan olib, musulmon 
bo‘lishdi va bora-bora yerlik musulmonlarga aralashib ketdilar. Bu ham insoniyat 
tarixida misli ko‘rilmagan ish bo‘lib, islomning buyuk g‘alabasi edi. Tarixda hech bir 
g‘olib xalq o‘zi mag‘lub qilgan xalqning diniga bu shaklda kirmagan edi
25
.
22
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 307-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006. 
23
Rog‘ib Sirjoniy. Qissatut-tatar minal-bidayati ila Ayn-Jolut, 322-bet. Qohira: Muassasa Iqro lin-nashr vat-tavzi vat-
tarjima, 2006. 
24
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi, II juz, 179-bet. – T.: Hilol nashr, 2017. 
25
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Olam va odam, din va ilm, 415-bet. – T.: Hilol nashr, 2019. 


173 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Ayn-Jalut g‘alabasi uzoq vaqtlardan beri 
musulmonlarni qiynab kelayotgan ruhiy tushkunlikni bartaraf qildi. Musulmonlardan 
oldin mo‘g‘ullarni hech kim yenga olmagan edi. Musulmonlar mo‘g‘ullar haqidagi 
tillarda doston bo‘lgan afsonalarni yo‘qqa chiqardilar. Dushmanning quvvati har 
qancha kuchli bo‘lsa-da, bir kun kelib, zavol topajagini tushunib yetdilar. Bu jangdan 
so‘ng islom ummati o‘z o‘rniga qaytdi. Hatto Fors diyorini o‘ziga qarorgoh tutgan 
Xulagu ulkan mo‘g‘ul lashkari bo‘lishiga qaramay Shomni qaytarib olishga haddi ham 
sig‘madi. Eng ahamiyatli jihatlardan biri shundaki, “Zahabiya qabilasi” ( Oltin 
O‘rda)ga mansub mo‘g‘ul boshliqlaridan biri iymonga keldi. U Xulaguning 
amakisining o‘g‘li va sarkarda Botuxonning ukasi, ya’ni Jo‘jixonning o‘g‘li – 
Chingizxonning nevarasi edi. Bu mo‘g‘ul boshlig‘i 1252-yil islomga kirgandan so‘ng 
Berka ismi bilan laqablandi. 1257-yil Oltin O‘rdaga bosh bo‘lgan Berkaxon mo‘g‘ullar 
davlatidan tashqarida, Kaspiy dengizining shimoliy mintaqalarida mustaqil ravishda 
hukm yurgizardi. U islomga kirgandan keyin uning qabilasidan ko‘pchilik islomni 
qabul qilishgan edi. Bir qarashda quvvat egasi bo‘lganlar zaiflarning diniga kirgan edi. 
Ayn-Jolut jangidan keyin esa Zahabiya qabilasining barchasi musulmon bo‘ldi. Ularga 
g‘alaba va islomning quvvati ta’sir qilgan edi. Ular vaqti kelib, Zohir Beybars hamda 
So‘g‘ut shahri hokimi Ertug‘rul ibn Sulaymonshoh bilan Xulaguning ziddiga ittifoq 
qurishdi. Natijada Shom, Turkiya va Falastinda mo‘g‘ul quvvatiga barham berildi. O‘z 
navbatida, bu omil Usmoniylar imperiyasining yuzaga kelishi uchun zamin hozirladi. 
Bundan tashqari, Shom hududlari salibchi amirliklardan tozalandi. Xususan, 
1266-yil Falastin shaharlari: Qaysariya, Xayfa, Husn, Arsuf, Safad ozod qilindi. Ayni 
shu vaqtda sarkarda Sayfuddin Qalovun Turkiyadagi Kilikiyani ozod qildi. Kilikiyada 
u kichik Armaniston podshosi Xaysum ustidan g‘alaba qozondi. Beybars 1267-1268-
yillarda Yofani, 1268-yil Antokiyani ozod qildi. 1285-yil Toroblus mamluklar sultoni 
Mansur Qalovun tomonidan ozod qilindi. 
Shuningdek, Qohira ilm-ma’rifat markaziga aylanib, Azharning mavqeyi 
ko’tarildi. Sultonlarga haqni ochiq va baralla so‘zlay oladigan olimlar yetishib chiqdi. 
Bu yutuqlar Ayn-Jolut jangining samaralaridan edi. Yillarcha boshi egilgan 
musulmonlar qisqa vaqt ichida boshlarini ko‘tarib yana aziz bo‘ldilar. 


174 


Достарыңызбен бөлісу:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   328




©emirsaba.org 2024
әкімшілігінің қараңыз

    Басты бет